Erkin Xoʻjayev
Erkin Normatovich Xoʻjayev | |
---|---|
Tavalludi |
10-iyul 1938-yil Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | iqtisodchi olim |
Sohasi | iqtisodiyot |
Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | iqtisodiyot fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Erkin Normatovich Xoʻjayev (1939-yil 27-iyun, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari nomzodi (1969), professor (1992).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkin Xoʻjayev 1939-yil 27-iyunda tugʻilgan[1]. 1962-yilda Samarqand davlat universitetini tugatgan. 1957—1958-yillarda Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi ishchisi, 1962—1964-yillarda Samarqand tibbiyot instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1964—1966-yillarda Samarqand shahar yoshlar uyushmasining birinchi kotibi, 1966—1976-yillarda Samarqand davlat universiteti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi aspiranti, oʻqituvchisi, dotsenti, 1976—1990-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi mudiri, dotsenti, 1990—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi aʼzosi va iqtisodiy islohotlar, byudjet siyosati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasi raisi, 1992—1994-yillarda Samarqand kooperativ instituti rektori, 1994-1996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[2][3], 1996—2004-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Moliya va kredit“ kafedrasi professori vazifasida faoliyat koʻrsatgan . 2004-yildan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti „Moliya va sugʻurta xizmatlari“ kafedrasi professori[1]. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tadbirkorlik uyushmasining birinchi prezidenti (1991-1995), Oʻzbekiston-Eron doʻstlik jamiyatining vitse-prezidenti (1990-1996) sifatida ham faoliyat olib borgan[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkin Xoʻjayev 120 dan ilmiy ishlar muallifi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faxriy professori (1992). Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining muxbir aʼzosi (1993)[1][4].
Unvona va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi“ faxriy unovni (1989);
- „Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni;
- „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni;
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011);
- „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil“ esdalik nishoni (2021);
- „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil“ esdalik nishoni (2022)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ „Посланники СамГУ“ (2020-yil 18-sentyabr).
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Президентининг 16.11.1994 йилдаги ПФ-1000-сон Фармони,“.
- ↑ „Эркин ХОДЖАЕВ: «Путь страны – путь народа»“ (2021-yil 23-avgust).
- 10-iyulda tugʻilganlar
- 1938-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston mustaqilligiga 20 yil nishoni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlanganlar
- Oʻzbekiston olimlari
- Iqtisodchilar
- Fan nomzodlari
- Professorlar
- Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari
- Oʻzbekistonning Erondagi elchilari
- Oʻzbekistonlik iqtisodchilar