Kontent qismiga oʻtish

Ernest Thompson Seton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ernest Thompson Seton
Tavalludi 14-avgust 1860-yil
Buxoro
Vafoti 23-oktyabr 1946-yil(1946-10-23)
(86 yoshda)
Taxallusi Ernest Seton-Tompson
Kasbi yozuvchi, rassom va zoolog
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi AQSh va Kanada
Yoʻnalish Nasr
Faoliyat yillari 2002 - 2022

Ernest Thompson Seton (talaffuzi: Ernest Tompson Siton) (14-avgust, 1860 — 23-oktabr, 1946) – kanadalikamerikalik yozuvchi va rassom. Ernest Thompson Seton tabiat va hayvonlar haqida yozgan taʼsirchan hikoyalari bilan shuhrat qozondi. Uning hayvonlar haqidagi hikoyalar toʻplami rus tiliga N. Chukovskiy tomonidan tarjima qilingan va bu hikoyalar oʻz navbatida ruschadan oʻzbekchaga oʻgirilgan. Oʻzbek kitobxoni orasida Thompson Setonning keng tarqalgan hikoyalar toʻplami „Yovvoyi yoʻrgʻa“dir. Bu asarni oʻzbek tiliga Togʻay Murod tarjima qilgan.

Ernest Thompson Seton 1860-yil 14-avgustda Angliyaning South Shields portida tugʻilgan. 1866-yil, 6 yoshida oilasi bilan Kanadaga koʻchib borgan. Thompson Seton hikoya yozish bilan birga shu hikoyalariga oʻzi rasm chizgan.[1] Masalan, „Wild Animals I Have Known“ („Men bilgan yovvoyi hayvonlar“) (1898) va „Biography of an Arctic Fox“ („Arktik tulkining biografiyasi“) (1937) kitoblariga rasmlarni Thompson Setonning oʻzi chizgan. U 1930-yil Kanadadan New Mexicoga koʻchib borgan va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashagan.

U òzining xohishiga kòra adirga dafin qilingan. Uning asarlari davrimizning eng dolzarb muammosi bòlmish tabiatni asrash muammosini hal etishda dasturlamal bòlgani haqida Toģay Murod òz fikrini bayon qilgan.

  1. "Ernest Thompson Seton". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.