Kontent qismiga oʻtish

Eron kosmik agentligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eron kosmik agentligi (ISA, forscha : سازمان فضایی ایران) — 2009-yilda Eronni orbital kuch-qudratga ega mamlakatga aylantirgan agentlik hisoblanadi[1]. Eron 1958-yil 13-dekabrda tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish qoʻmitasining (COPUOS) 24 ta asoschi aʼzolaridan biridir. 

ISA 2004-yil 28-fevralda Eron parlamenti tomonidan qabul qilingan Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi vazifalari va vakolatlari to‘g‘risidagi qonun (2003-yil 10-dekabr)ning 9-moddasiga muvofiq tashkil etilgan. Tasdiqlangan nizom asosida ISA kosmik texnologiyalarni tinch maqsadlar yoʻlida qoʻllash boʻyicha Erondagi barcha harakatlarni qamrab olish va qoʻllab-quvvatlashga maʼsuldir.

Konsullikning asosiy vazifalari kosmosdan ezgu maqsadlarda foydalanishga qaratilgan kosmik texnologiyalar qoʻllanishi siyosatini ishlab chiqish, milliy tadqiqot sunʼiy yoʻldoshlarini ishlab chiqarish, uchirish va ulardan foydalanish, koinotga oid davlat va xususiy sektor dasturlarini tasdiqlash, xususiy va kooperativ sektorlar hamkorligini rivojlantirish, kosmosdan samarali foydalanish, kosmik masalalarda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikka oid koʻrsatmalarni aniqlashdan iborat.

Kengash tomonidan belgilangan strategiyalarga amal qilish va amalga oshirish uchun ISA Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligiga qarashli avtonom organizatsiya bilan biriktirildi. Bir vaqtning o‘zida kosmik agentlik prezidenti Aloqa va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari hamda Koinot Oliy Kengashi kotibi lavozimlarini egallaydi[2].

2015-yilda Eronning kosmik dasturi xalqaro bosimlardan so‘ng Prezident Ruhoniy tomonidan xufyona to‘xtatilgan edi[3]. Keyinchalik hokimiyat tepasiga Prezident Raisi kelgach, 2021-yilda dastur qayta tiklandi[4].

2014-2015 yillarda kosmik agentlik uchun ajratilgan budjet 1,865,583 rial (71,753,192 $) edi. Boshqa aloqador tashkilotlarga esa alohida mablagʻlar ajratilgan. Eron kosmik tadqiqotlar markazi 2015-yil oxiri uchun qoʻshimcha 1.751.000 rial (67.346.100 $) sarmoya oldi[5].

2008-yil uchun sarflangan budjet 3,9 milliard AQSh dollarini tashkil etganiga qaramay[6] bu „siylov“ faqat bir yil yoki uzoqroq muddatga berilganmi, aniq emas edi.

Prezident Hasan Ruhoniy davrida Eron Kosmos Agentligi uchun 2017-yil tikilgan budjet 4,6 million AQSh dollarigacha tushib ketdi[7].

Sunʼiy yoʻldosh kosmik raketalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nur sunʼiy yoʻldoshining uchirilishi

Eron balandligi 22 m, yadro diametri 1,25 m boʻlgan, ikkita suyuq yoqilgʻi pogʻonasi, bir va ikki kamerali, ikkinchi pogʻonada SLV koʻtarilish massasiga ega 26 tonnadan oshadigan Safir sunʼiy yoʻldosh raketasini ishlab chiqdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kosmik ishlar boʻyicha boshqarmasining yillik yigʻilishida taqdim etilgan texnik hujjatlarga koʻra, bu barcha suyuq yoqilgʻi dvigatellariga ega ikki bosqichli raketa sanaladi. Sunʼiy yoʻldosh raketasining birinchi bosqichi ortilgan yukni maksimal 68 kilometr balandlikka koʻtarishga qodirligi texnikaning mukammal darajada yaratilganligining isboti edi[8].

Safir-1B Safir ning ikkinchi avlodi boʻlib, 60 kg ogʻirlikdagi sunʼiy yoʻldoshni elliptik orbitagacha 300-400 km/soat tezlikda bemalol chiqara oladi. Yangi avlod raketasi dvigatelining quvvati 32 tonnadan 37 tonnagacha oshirilgan.

2010-yilda Semurgʻ nomli ogʻir sunʼiy yoʻldoshlarni orbitaga olib chiqadigan yanada kuchli raketa ixtiro qilindi[9][10]. Semurgʻ raketasi 27 metr uzunlik va 85 tonna massaga ega. Uning birinchi bosqichi har biri 29 000 kilogramm gacha boʻlgan toʻrtta asosiy dvigatel bilan ishlaydi. Itarish kuchi ning 1/5 qismi munosabat nazorati uchun ishlatiladi. Semurgʻ 350 kilogramm massaga ega foydali yukni 500 kilometrlik past Yer orbitasiga qoʻndirish imkoniyatiga ega. 2015-yilda Isroil OAVlari Semurgʻ ekipajli kosmik kema yoki sunʼiy yo‘ldoshni koinotga olib chiqishga qodirligini xabar qilishgandi[11][12]. Raketaning birinchi parvozi 2016-yil 19-aprelda amalga oshirildi[13].

2021-yilning 1-fevralida Eron 220 kg og‘irlikdagi sunʼiy yo‘ldoshlarni tashishga qodir bo‘lgan Zuljanah nomli so‘nggi sunʼiy yo‘ldosh raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini maʼlum qildi..Kosmik raketa uch bosqichdan iborat boʻlib, har biri 75 tonna tortish kuchiga ega 2 ta qattiq yonilgʻi dvigateli va soʻnggi tipdagi suyuq yoqilgʻi bilan jihozlangan[14].

2013-yilning 2-fevralida Eron Kosmos agentligi rahbari Hamid Foziliy yangi sunʼiy yo‘ldosh tashuvchisi boʻlgan Qoqnus Semurgʻ dan keyin katta hajmli yuklarni tashish uchun ishlatilishi haqida xabar berdi[15][16].

Soroush 1 va 2

[tahrir | manbasini tahrirlash]

ISA kelajakda 8 va 15 tonnali foydali yuklarni kosmosga joylashtirish quvvatiga ega Soroush 1 va 2 deb nomlangan yangi avlod raketalarini barpo qilishni rejalashtirmoqda.

Kosmik markazlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eron kosmik agentligining muhim obyektlar joylashuvi xaritasi

Eron kosmik agentligining asosiy markazi suborbital Shahab 3s raketasi uchirilgan Shohrud shahrida joylashgan36°25′0″N 55°01′0″E / 36.41667°N 55.01667°E / 36.41667; 55.01667 (Iranian Space Agency Emamshahr)

Qum—34°39′0″N 50°54′0″E / 34.65000°N 50.90000°E / 34.65000; 50.90000 (Iranian Space Agency Qom) koordinatalarida joylashgan boshqa uchirish maydonidir[17].

Mamlakat Kavoshgar-1 deb nomlangan birinchi Safir toifali suborbital raketasining ochilish marosimi munosabati bilan 2008-yil 4-fevralda oʻzining ilk sunʼiy yoʻldoshlar uchirish markazini taqdim etdi. Markaz 35°14′02″N 53°55′16″E / 35.234°N 53.921°E / 35.234; 53.921 (Iranian Space Agency Satellite Launch Center Semnan) koordinatalaridagi Semnan shahrida barpo qilingan. Bino boshqa tuzilmalar qatori yer osti qoʻmondonlik markazi, kuzatuv stansiyasi va ishga tushirish maydonchasini oʻz ichiga oladi.

2010-yilning dekabr oyida sunʼiy yoʻldoshni orbitaga kiritishda birinchi kosmik markazning geografik noqulayliklari sabab ikkinchi uchirish maydonchasini oʻrnatish boʻyicha tadqiqotlar olib borilganligi eʼlon qilinib,2016-yil Imom Humayniy nomidagi yangi milliy kosmodrom[18] Semnan shahri yaqinida barpo qilindi[19].

Ushbu yangi port Amerikaning Kennedi kosmik markazi yoki Boyqoʻngʻir kosmodromiga oʻxshash Eron kosmik missiyalarini uchirish uchun foydalanildi[20][21]. 2011-yilning mart oyida Jeynʼs Information Group olgan sunʼiy yoʻldosh tasvirlari tahlili asosida Eron kosmik markazlari agressiv tarzda murakkab obyektlarni juda tez sur’atlar bilan qurayotgani va bu mamlakatda koinotga boʻlgan ishtiyoqni yuqori darajda oshib borayotganligini koʻrsatishi haqida xabar berdi[22].

Eron Mudofaa Vazirligi generali Ahmad Vohidiyning soʻzlariga koʻra, 2013-yilning iyun oyida Eron oʻzining birinchi kosmik monitoring markazini Markazi viloyatidagi Delijon shahri yaqinida ochdi. Imom Jaʼfar Sodiq nomini olgan ushbu yangi markaz asosan elektro-optik va radio tizimlaridan foydalangan holda havoda oʻtayotgan kosmik jismlar va sunʼiy yoʻldoshlarni kuzatish va aniqlash uchun foydalaniladi [23][24].

Kosmik dasturda inson

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1990-yil 21-iyunda Sovet va Eron prezidentlarining sammiti chogʻida Eron birinchi marta koinotga odam yuborish niyatini bildirdi. SSSR Prezidenti Mixail Gorbachyov oʻsha paytdagi prezident Akbar Hoshimi Rafsanjoniy bilan "Mir" kosmik stansiyasiga sovet-eron ekipajlarining qoʻshma parvozlarini amalga oshirish toʻgʻrisida prinsipial kelishuvga erishdi, lekin Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin kelishuv amalga oshmay qoldi.

Oradan deyarli 20 yil oʻtgach,Eron axborot agentligi 2005-yil 21-noyabrda eronliklarning kosmik kema va kosmik laboratoriya yaratish rejalari bilan bir qatorda kosmik dasturlarda fazogirlar koinotga yuborilishi kerakligini bu esa, sohada yangidan-yangi kashfiyotlar ochilishiga imkoniyat tugʻdirishi mumkinligi haqidagi daʼvolarini yoritadi[25].

Eron Aerokosmik Sanoat Tashkiloti rahbari Reza Tahpur 2008-yil 20-avgustda Eron 10 yil ichida koinotga insoniy missiyani amalga oshirish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Bu maqsad Eron Islom Respublikasini 2021-yilga kelib mintaqaning yetakchi kosmik kuchiga aylantirish uchun keyingi 10 yil davomidagi eng muhim ustuvor yoʻnalish sifatida taʼriflandi[26][27].

2010-yilning avgust oyida prezident Ahmadinjod Eronning birinchi kosmonavti 2019-yildan kechiktirmay Eron kosmik kemasi bortida koinotga jo‘natilishi kerakligini eʼlon qildi[28]. Mamlakat kosmik dasturining inson missiyasiga koʻra, birinchi suborbital kosmik parvoz 2016-yilda orbital kosmik parvozga tayyorgarlik sifatida 200 kilometrdan past balandlikda amalga oshirildi

2015-yilning 17-fevralida davlat astronavtlarni koinotga olib chiqishga qodir bo‘lgan ekipajli kosmik kemaning soxta prototipini namoyish qildi[29]. Eron maʼmuriyatining maʼlum qilishicha, ushbu dastur 2017-yilda nomaʼlum muddatga toʻxtatilgan[30]. 2021-yildan beri hozirgi kosmik kema 2026-yilgacha koinotga odam yuborishga tayyorlanmoqda[31].

Kosmik stansiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoyning norasmiy internet manbalariga ko‘ra, boʻlajak Xitoy Kosmik Stansiya dasturida Eronning ishtiroki muhokama qilingan. Bu ishtirok shunchaki astronavtlarni 60 tonnalik kosmik stansiyaga yuborishdan iboratgina boʻlib qolmay, kosmik laboratoriya modulini ishlab chiqishga hissa qoʻshishdan ham iborat boʻlishi mumkin. Kosmik Parvozlar boʻyicha Xalqaro Hamkorlik tashkilotining rasmiy oshkor etishicha,Xitoyning Eron bilan hamkorlikdagi Shenchjou 7 kosmik kemasi ishga tushirilgan[32].

Oyga chiqish dasturi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011 va 2012-yillarda G‘arb OAVlari Eron 2025-yilgacha Oyga kosmonavt qo‘ndirish niyatida ekanligini eʼlon qilgan edi. Biroq, bugungi kunda davlatda oʻrtacha koʻtaruvchi raketa va yetarli texnologiyalar yetishmovchiligi sababli Oyga odam joʻnatishga qodir emas[33][34][35][36][37][38].

Dastur atrofidagi gʻarb muhokamalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eronning kosmik dasturi AQSh va Yevropa tomonidan uning harbiy salohiyatidan xavotirga tushish bilan qoralandi. Baʼzi tahlilchilar Eronning kosmik texnologiyalar sohasidagi nisbatan tez oʻsishishini Sovet Sputnik dasturi bilan taqqoslashdi. Bu taraqqiyot Eronning harbiy sohalarda ham salohiyatini oshirishi juda yuqori edi. Eronning kosmik dasturi boʻyicha harbiy xavotirlar Safir raketasining ilgʻor 2-bosqichi tufayli kuchaygan[39][40][41][42][43][44]. Ozod Yevropa radiosi uchun suhbatda ishtirok etgan mustaqil ekspertlar AQSh va Yevropaning turli daʼvolariga qo‘shilishmaydi. Stokgolm Xalqaro Tinchlik Tadqiqot Instituti ning taʼkidlashicha, kosmik raketa dasturi raketalarning rivojlanishiga hissa qoʻshishi mumkin, ammo bu qitʼalararo ballistik raketalar kabi uzoq masofali raketalarni ishlab chiqish uchun yorliq emas. Xalqaro Strategik Tadqiqotlar Instituti vakili Maykl Ellemanning taʼkidlashicha, Mayk Pompeo kabi AQSh tomonidan bildirilgan daʼvolar Eron dasturining ICBM dasturiga qoʻshgan hissasini qoʻpol ravishda boʻrttirib koʻrsatmoqda, fikrlar esa bu shunchaki assosiz siyosiy bayonot boʻlib,Eron salohiyatini notoʻgʻri baholash yoʻlidagi gʻarazlik deyiladi. ST Analytics tahlilchisi Markus Shillerning fikricha, Eron 2 000 km dan ortiq maydonda kosmik raketalarni yaratishga urinayotgani haqida hech qanday maʼlumot yoʻqligi islom respublikasi qisqa va oʻrta masofali raketalarning takomillashuvi ustida ishlayotganini ko'rsatadi[45].

Amerika toʻsqinligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Nyu-York Times gazetasi AQSh bir necha yillar davomida Eronning kosmik dasturi va dastur yoʻlidagi davlatning har qanday saʼy-harakatlarini sabotaj qilayotgani haqida xabar berdi[46].

  1. „Iran Launches Satellite in a Challenge for Obama“. New York Times (2009-yil 3-fevral). 2020-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-dekabr.
  2. „More significant role for Iran's space administration“. Parviz Tarikhi (2010-yil 11-noyabr). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 17-yanvar.
  3. „Iran Just Cancelled Its Space Program“. 2016-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 24-sentyabr.
  4. „Gov't fully supports development of space industry: Raisi“ (en). iranpress.com (2021-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  5. Budget Bill of 1393 (لايحه بودجه سال 1393 كل كشور). Secretariat of Planning and Supervision, Office of President, December 2013. 
  6. „اختصاص ۳ هزار و ۹۶۰ میلیارد تومان برای سازمان فضایی ایران“ (2008-yil fevral). Qaraldi: 2011-yil 17-yanvar.
  7. „Cuts and Extensions in Iran's ICT 2017/18 Budget“ (2016-yil 13-dekabr). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-dekabr.
  8. „Our website is currently undergoing scheduled maintenance“. 2015-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-mart.
  9. „Iran unveils three new home-made satellites“. Payvand.com (2006-yil 22-noyabr). 2010-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-fevral.
  10. „Iran launches spacecraft carrying animals / Space program breakthroughs signal the dawn of a new era of national development: Ahmadinejad“. Tehran Times. 2010-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-fevral.
  11. „Israeli TV shows 'Iranian missile' that 'can reach far beyond Europe'“. The Times of Israel. 2016-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  12. „Israel News - is Iran on Its Way to Sending a Man to Outer Space? - JerusalemOnline“. 2015-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  13. Eshel. „Simorgh First Launch – an Iranian Success or Failure? | Defense Update“. defense-update.com (2016-yil 24-aprel). 2016-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-oktyabr.
  14. „Iran launches satellite carrier with solid fuel engine“ (2021-yil fevral).
  15. „Details and revealing of Nahid Satellite, Launch of Nahid with Safir B-1 (Persian)“. mehrnews.com (2013-yil 2-fevral). 2013-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-fevral.
  16. „Ahmadinejad to unveil Nahid Satellite soon (English)“. mehrnews.com (2013-yil 2-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-noyabr.
  17. „Iran builds new space center to launch satellites - Yahoo News“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-iyun.
  18. „Iran's Imam Khomeini space center is 80 percent complete“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-iyun.
  19. „Imam Khomeini Space Center - Iran“. YouTube. 2016-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 24-yanvar.
  20. „تاسيس پايگاه ملي پرتاب ماهواره درجنوب شرق کشور - مشرق نیوز“. mashreghnews.ir (2011-yil 15-iyun). 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-fevral.
  21. „اختصاص ۴ ميليارد تومان اعتبار براي ساخت ابررايانه ملي“. Ihrc.ir. 2011-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-fevral.
  22. „Iran accelerates space and missile launch projects – Jane's Defence Weekly“. Articles.janes.com (2011-yil 18-mart). 2012-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-fevral.
  23. „Archived copy“. 2013-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
  24. „خطا | خبرگزاری فارس“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-iyun.
  25. „Iran plans manned space mission in 10 years“. Reuters (2008-yil 21-avgust). 2010-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-fevral.
  26. „First Iranian in space within decade“. Ynetnews (2008-yil 20-avgust). 2008-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-avgust.
  27. „Iran to send first astronaut into space within 10 years“. RIA Novosti (2008-yil 20-avgust). 2008-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-sentyabr.
  28. „Iran aims to send man into space by 2019“. BBC News (2010-yil 23-iyul). 2018-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
  29. „Photos: Iran displays manned spacecraft prototype“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-fevral.
  30. Gladstone, Rick. „Iran Drops Plan to Send Human into Space, Citing Cost“. 2017-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-iyun.
  31. „توسعه صنعت فضایی شتاب می‌گیرد/اعزام انسان به فضا توسط ایران تا سال۱۴۰۴“ (fa). ایرنا (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
  32. „权威发布:神舟飞船将从神八开始批量生产“. 新华网 (2008-yil 26-sentyabr). 2008-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 26-sentyabr.
  33. „Dispatching Iranian astronaut to below 200 km orbit“. Iranian Space Agency (2011-yil 31-may). 2013-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-dekabr.
  34. „Will Iran get to the Moon?“. 2016-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-aprel.
  35. „Report: Iran Attempt to Launch Monkey into Space Fails“. Space.com (2011-yil 12-oktyabr). 2016-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-sentyabr.
  36. „Iran Space Agency to launch a monkey into space – space – 03 August 2012 – New Scientist“. 2015-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-sentyabr.
  37. Harding, Robert C.. Space Policy in Developing Countries: The Search for Security and Development on the Final Frontier. Routledge, 2012 — 131-bet. ISBN 978-0-415-53845-9. 
  38. Lele, Ajey. Asian Space Race: Rhetoric or Reality?, 2013, Springer, 2012 — 33-bet. ISBN 978-8132207320. 
  39. „Iran's Space Program: The Next Genie in a Bottle?“. Meria.idc.ac.il. 2011-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-fevral.
  40. „Biak Spaceport: The Emerging Iranian Space Program“. Biak-spaceport.blogspot.com. 2012-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-fevral.
  41. „Iranian missiles have 'worldwide reach': Russia“. Spacewar.com. 2012-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-fevral.
  42. „Iran Launches First Homegrown Satellite“. CBS News (2009-yil 3-fevral). 2009-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 30-may.
  43. „Travel News – Iran claims first launch of its own satellite“. Asemangasht.com. 2012-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-fevral.
  44. „Iran launches rocket capable of carrying satellite“. The Daily Telegraph (2008-yil 17-avgust). 2018-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  45. „Is Iran Using Space Launches to Develop Long-Range Missiles?“.
  46. Sanger, David E.; Broad, William J.. „U.S. Revives Secret Program to Sabotage Iranian Missiles and Rockets“ (en-US). The New York Times (2019-yil 13-fevral). Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.