Kontent qismiga oʻtish

Farhod Magometov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Farhod Magometov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Farhod Abdualiyevich Magometov
Tavallud sanasi 11-yanvar 1962-yil (1962-01-11) (62 yosh)
Tavallud joyi Oʻzbekiston SSR Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
?—? Sovet Ittifoqi Tekstilshik ? (?)
?—? Sovet Ittifoqi Boʻston ? (?)
1979 Sovet Ittifoqi Paxtachi ? (0)
1980 Sovet Ittifoqi Paxtakor 0 (0)
1981—1984 Sovet Ittifoqi Dinamo (Samarqand) 100 (12)
1985—1986 Sovet Ittifoqi Paxtakor 75 (3)
1987—1988 Sovet Ittifoqi Meliorator 57 (12)
1989—1990 Sovet Ittifoqi Yoshlik/Soʻgʻdiyona 50 (5)
1990—1993 Sovet Ittifoqi / Oʻzbekiston Paxtakor 98 (3)
1994—1996 Oʻzbekiston Navbahor 74 (9)
Milliy terma jamoa
1992—1996 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 20 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Farhod Abdualiyevich Magometov (1962-yil 11-yanvar) – oʻzbek futbolchisi, himoyachi. 1992—1996-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida toʻp surgan, 1994-yilgi Osiyo oʻyinlari chempioni. 2008-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan[1].

Mehnat faoliyatini 1970-yillarda Namanganning Tekstilshik jamoasida boshlagan. Keyinchalik Jizzaxning Boʻston, Gulistonning Paxtachi, Toshkentning Paxtakor klublari safida toʻp surgan. 1981—1984-yillarda Samarqandning Dinamo jamoasida 100ta oʻyin oʻtkazib, 12 ta gol urgan. 1985—1986-yillarda yana Paxtakor safida oʻynab, 75 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 1987—1988-yillarda Qiziloʻrdaning „Meliorator“ jamoasida oʻynagan. Keyinchalik Jizzaxning „Yoshlik“ (keyinchalik "Soʻgʻdiyona"), yana Toshkentning "Paxtakor" jamoasi tarkibida oʻynagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, "Paxtakor" safida, 1994—1996-yillarda esa Namanganning "Navbahor" klubida faoliyatini davom ettirgan va shu klubda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Oʻzbekiston terma jamoasi safida 20 ta oʻyin oʻtkazgan[2]. 1994-yili Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni boʻlgan.

2008-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori lavozimida ishlagan.[3][4]

  • 1ChempionOsiyo oʻyinlari chempioni: 1994
  • 1ChempionOʻzbekiston chempioni (2 karra): 1992, 1996
  • 2Kumush medal sovrindoriOʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori:1993
  • 3Bronza medali sohibiOʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (2 karra): 1994, 1995
  • Oʻzbekiston kubogi gʻolibi (2 karra): 1993, 1995

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Ofitsialniy sayt PFL Uzbekistana. Rukovodstvo, 28-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 10-iyul 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. „Статистика футболистов сборной Узбекистана“ (deadlink). 8-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2015-yil.
  3. „Магометов ишдан кетди, ўрнига ПФЛга янги раҳбар тайинланди“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  4. „Ўзбекистон вакиллари ОФК қўмиталари аъзолигига тасдиқланди“. 2023-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-may.
  5. „О награждении группы спортсменов и тренеров республики“ (deadlink). 7-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2015-yil.