Kontent qismiga oʻtish

Faridun amuzoda xaliliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hozirgi zamon Eron bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri Faridun Amuzoda Xaliliy 1959 - yili Semnon viloyatida tug‘ilgan. 1979 - yili Tehron universitetining Matematika va texnalogiyalari yo‘nalishida o‘qishga kiradi. Faridun Amuzoda Xaliliyning hikoyalari «Tog‘ faryodi» nomli birinchi kitobi 1981 - yili dunyo yuzini ko‘rdi. Bolalarga atab yozgan «O‘tin» , «Imtihon kunlari» , «Uch oy kanikul» , «Buvim biznikida mehmon bo‘lgan kecha» , «Dadamning velosipedi» , «Buloqchaning safari» , «Sulaymon shahriga safar» va katta yoshdagilar uchun yozilgan «Eski qilich» to‘plamlari yosh hikoyanavisga shuhrat keltirdi.

Mukofotlari

«Buloqchaning safari» nomli hikoyalar to‘plami «Surushi javonon» hamda «Kayhoni bachagon» jurnallari tomonidan «Yil kitobi» hamda «Inqilobdan keyingi birinchi o‘n yillikning eng yaxshi o‘n kitobi» sifatida tan olingan.

«O‘tin» hikoyalar to‘plami uchun YUNISEF tashkilotining maxsus sovriniga ega bo‘ldi.

Turli tashkilotlarning «oltin oy» , «Inqilobdan keyingi yigirma yilning eng yaxshi yigirmatta yozuvchisi» , «oltin lavha» mukofotlariga sazovor bo‘lgan.

Eron Islom Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan «Birinchi darajali san ' at ordeni» bilan mukofotlanadi[1].

Manbalar

  1. Bayot, Mitra. Faridun Amuzoda Xaliliy. Eron: Al huda xalqaro nashiryoti, 1954 — 15-bet.