Farxodbek Ashmatov
Ashmatov Farxodbek Burxonjonovich | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
24-aprel 1983-yil Shahrixon tumani, Andijon viloyati, |
Maʼlumoti | Toshkent davlat yuridik instituti |
Ashmatov Farxodbek Burxonjonovich(1983-yil 24-aprel Andijon viloyati Shahrixon tumanida tavallud topgan,Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek huquqshunosi va siyosatchisi. IV-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan[1]. O‘zbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ashmatov Farxodbek Burxonjonovich 1983-yil 24-aprel Andijon viloyati Shahrixon tumanida tavallud topgan. Farxodbek Ashmatov Toshkent davlat yuridik institutini xuquqshunos mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan holda tamomlagan.2020-yilda IV chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Farxodbek Ashmatov Andijon viloyati 11-Boʻz tuman saylov okrugi deputati etib saylangan.„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 341-moddasi va „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 331-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi aʼzosi.O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „АШМАТОВ ФАРХОДБЕК БУРХОНЖОНОВИЧ“. Qaraldi: 26-iyun 2023-yil.