Kontent qismiga oʻtish

Fayzi Hodi Zarif

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayzi Hodi Zarif
Tavalludi 1895-yil
Vafoti 1938-yil
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Sverdlov nomidagi Kommunistik universitet
Kasbi Pedagog
Faoliyat yillari 19151938
Partiyasi Kommunistik partiya

Fayzi Hodi Zarif (1895—1938) — Pedagog. Bosmachilikka qarshi kurash boʻyicha Turkiston Markaziy ijroiya Komiteti va harbiy revolutsion Sovetning favqulodda vakili. 1938-yil 4-oktyabrda otib tashlangan[1].

1895-yili Avliyootada tugʻilgan. Otasi vafotidan soʻng oila moddiy qiyinchilikka tushib qoladi. Fayzi Hodi Zarifdan tashqari barcha ukalari qarindoshlariga boʻlib berilgan. 1909—1910-yillarda taraqqiyparvar muallim Umarov targʻiboti bilan Rossiyaning Ufa shahrida joylashgan yangi usul maktabida tahsil olgan. Maktabning tayyorlov kursini 1913-yilda tamomlaydi. Shu yili maktabda ish tashlashlarda qatnashgan 80 kishi haydaladi. Ular safida Fayzi Hodi Zarif ham boʻlgan.

1914—1915-yillarda Xoʻjand uyezdi Qoʻshchi qishlogʻida oʻqitubchilik qilgan. 1915—1916-yillarda Yangi Margʻilon shahrida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Keyinchalik „Shoʻroyi Islom“ tashkilotiga aʼzo boʻlgan. Qoʻqon Muxtoriyati tuzilgunga qadar Fayzi Hodi Zarif tashkilot tarkibidan chiqib ketadi. Qoʻqonga kelib pedagog-oʻqituvchilar seminarini tashkil etishda qatnashadi. Birinchi Qoʻqon ishchi va soldat deputatlariga sovetiga aʼzo boʻlgan, keyinchalik sovet ijroiya komitetiga ham az’o boʻlib saylangan. 1918-yilda kommunistik partiyaga aʼzo boʻladi va Qoʻqonning Eski shahrida partiya tashkilotchisi qilib saylanadi. Shu bilan birga bolsheviklar nashri „Xalq“ gazetasiga muharrir va ijroiya komitetida millatlar ishi boʻyicha boʻlim mudiri boʻlib xizmat qilgan[2].

1919-yilning yozida Fargʻona viloyat partiya komiteti „Ozod sharq“ gazetasiga muharrir etib tayinlanadi. 1920-yil Turkiston kompartiyasi markaziy komiteti Toshkentga chaqirib olib partiyaviy targʻibotchi, tashviqotchi qilib tayinlaydi.

Fayzi Hodi Zarif fargʻonaning togʻli rayonlari Oʻsh, Andijon va Namangan uyezdlarida bosmachilikka qarshi kurash boʻyicha Turkiston Markaziy ijroiya Komitet va harbiy revolutsion Sovetning favqulodda vakili qilib tayinlanadi.

Fayzi Hodi Zarif SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining sayyor yigʻilishida 1938-yil 4-oktyabrda otuvga hukm etiladi. Hukm oʻsha kuni ijro etilgan. Hodi Zarif keyinchalik oqlangan.


  1. Naim Karimov. 1937—1938-yillarda "Katta qirg'in"ning fojiali oqibatlari. Toshkent 2015 — 156-bet. 
  2. Rustambek Shamsiddinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari. 1-kitob. Toshkent, „Sharq“ 2012 — 68-bet. ISBN 9789943004818.