Kontent qismiga oʻtish

Feminizm tarixi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Feminizm ramzi

Feminizm (lotincha: femina-ayol) — jamiyatning barcha sohalarida ayollar huquqlari harakatini tushuntiruvchi atama boʻlib, uning maqsadi ayollarga nisbatan kamsitishni bartaraf etishdir. Ushbu harakat XVIII asrda klassik liberalizm toʻlqinida paydo boʻlgan, ammo 1960-yillarning oxiridan boshlab faollashgan. Nazariy asoslarga asoslanib, erkaklar statusiga teng boʻlmagan ayollarning quyi va ijtimoiy mavqeini va ayollarning ozodlik gʻoyasini, qoʻllab-quvvatlaydiganlarga Feministlar deyiladi. Ular mavjud ijtimoiy munosabatlarni tanqid qilib, gender tengsizligini tahlil qilish orqali ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga urgʻu beradi[1].

Feminizm tugʻilishidan oldingi davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Joshua Reynolds. Yosh ayolning portreti, tax.1760—1765-yillar. Sanʼat tarixi muzeyi, Vena

Burjua munosabatlarining paydo boʻlishi oqibatida feodal jamiyatning qulashi paytida feministik gʻoyalarning tarqalishi uchun shart-sharoitlar paydo boʻldi va ayollarni ish bilan taʼminlash, ularni ish egalariga aylantirish davri boshlandi. Italiyalik Izotta Nogarolla, Laura Chereta, Kristina Piza yozuvchilarning paydo boʻlishini feministik gʻoyalarning tarqalishi bilan bogʻlaydigan nuqtai nazar mavjud. Shuningdek bu nazariya, Angliyada ayollar huquqlarining birinchi himoyachilari deb ataladigan Afra Benn va Meri Estelning faoliyatini ham oʻz ichiga oladi. Ular ayolni erkak kabi erkin va toʻlaqonli deb hisoblash huquqini himoya qildilar. Shuningdek, fransuz yozuvchisi Fransua Pullen de La Barr oʻzining „Ikkala jinsning tengligi toʻgʻrisida“ (de l'égalité des deux sexes, discours physique et moral où l’on voit l’importance de se défaire des préjugez, 1673) nomli maqolasida ayollarning tengsizligi „tabiat qoidalari“ emas, bu ularning qoʻpol erkak kuchlariga boʻysunishining natijasi haqida yozgan[2].

Feminizmning tugʻilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XVIII asrning boshi — gender tengligi gʻoyasidan voz kechish davri; bu davrda ayniqsa ayollarning „zaifligi“ („zaif jins“) ni kultivatsiya qilish gʻoyasi mashhur boʻldi. Ammo XVIII asrning oʻrtalariga kelib, fransuz maʼrifatchilari feministik gʻoyalarni qayta tiklashga hissa qoʻshdilar: Volter ayol ulushlarining adolatsizligi haqida yozgan; Montesquieu ayollar jamoat hayotida ishtirok etishi kerak degan; Helvetius fuqarolik „ayollarning uquvsizligi uning nuqsonli va notoʻgʻri tarbiyalanganining natijasidir“, deb taʼkidladi.

XVIII asr davomida Yevropa mamlakatlarining ayollari jamiyatda faol ishtirok eta boshladilar. Koʻp sonli ayollar iqtisodiy mustaqillikka ega boʻlishdi; jamiyat xonimlari siyosatga aralashishga harakat qilishdi. Ayollar hayotidagi fuqarolik huquqlarini tan olinishini soʻrashdi: taʼlim, mehnat, oila va jamiyatdagi hurmat[3].

AQShda birinchi amerikalik feminist Abigail Smith Adams hisoblanadi. U mashhur iboralari orqali tarixga kiritildi:

Bizning qiziqishlarimizga qaramagan hukumatga va bizning ishtirokimissiz qabul qiligan hokimiyatning qonunlariga boʻysunmaymiz

[4]". Ayollar vatanparvarlik jamiyati tashkil etilganida 1812- yil Rossiyada feminizmning rivojlanishi boshlandi. Birozdan keyin uning ishtirokchilarini „dekabristlarning xotinlari“ deb atashdi. Keyinchalik faol rus ayollari xayriya va taʼlim xarakteridagi bir qator jamoat tashkilotlarini tuzdilar[5].

Feminizmning „birinchi toʻlqini“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrning ikkinchi choragida turli mamlakatlardagi feministlarning talablari yagona ijtimoiy kompaniya va aktsiyalarga aylandi. Dastlab, ayollarning oliy maʼlumotga ega boʻlishi, undan keyin qonunchilik islohotlari va ayollarning ovoz berish huquqlari qonunchilik islohotlarini taʼminlash vositasi sifatida ustuvor masala boʻldi.

1848-yil AQShda, Seneka Falls shahrida (Nyu-York) Qullikka qarshi harakat ishtirokchilari (68 ayol va 32 erkak) ayollarning pozitsiyalari va qarorlari deklaratsiyasini imzoladilar. Deklaratsiya Amerika va jahon feminizmi tarixida burilish nuqtasi boʻldi[6].

XIX asrning oʻrtalaridan boshlab, oʻqimishli ayollar siyosiy tenglikni talab qilib, ijtimoiy hayotda faol ishtirok eta boshladilar. Angliya kurashning asosiy markazi edi, shuning uchun u ingliz tilidagi „suffragizm“ atamasidan oʻz nomini oldi, bu saylov huquqini anglatib, feminizmda siyosiy yoʻnalish tarixiga kirdi.

1867-yil Manchesterda „Ayollar saylov huquqi jamiyati“ tashkil etildi va uning aʼzolari „ayol sufragistlar jurnali“ni nashr etishni boshladilar. 1868-yilda bu jamiyat yil davomida 5000 dan ortiq aʼzolarni birlashtirgan Suffragistlar jamiyatlari milliy federatsiyasiga (NFSO) aylantirildi. NFSO Uels, Irlandiya va Shotlandiyada suffragizm gʻoyalarini tarqatishga harakat qildi.

1893-yil Yangi Zelandiyada ayollar faol saylov huquqiga ega boʻlishdi (saylanishidan mustasno), 1902-yil Avstraliyada esa ayollar ham aktiv ham passiv saylov huquqlariga ega boʻlishdi.

Biroq, Angliyada nafaqat mahalliy, balki parlament saylovlarida ham ayollarning ishtirok etish huquqi toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish kechiktirildi. Ingliz ayollari 1918-yilda cheklangan (faqat turmush qurgan ayollar uchun) va 1928-yilda toʻliq ovoz berish huquqiga ega boʻlishdi.

XX asrning 20-yillarida feminizmning birinchi toʻlqini Yevropa va AQShda saylov huquqi bilan bir qatorda, ayollarga universitetlarda oʻqish va uydan tashqarida ishlashga ruxsat beruvchi qonunlarni qabul qilib oʻz vazifalarini toʻlaqonli bajarilgan deb hisobladi va ayol tashkilotlari faoliyati sezilarli darajada pasaydi[7].

Feminizmning „ikkinchi toʻlqini“

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Simone De Beauvoir

Garchi Simone De Beauvoir oʻzini feminist deb hioblamasada feminizmning „ikkinchi toʻlqini“ asoschisi edi. Ammo aynan u jinsiy mehnat taqsimotining tabiiyligi haqidagi aqidani sochdi, u „madaniy“ (erkak) bilan „tabiiy“ (ayol) ni oʻzaro bogʻliqligini yaratgan.

XX asrning 60-yillari boshlarida ayollikning ijtimoiy oʻz-oʻzini anglash tushunchasining uygʻonishi feminizmning „ikkinchi toʻlqini“ paydo boʻlishiga olib keldi[8].

Feminizm quyidagi omillar bilan ajralib turadi:

  • geografiya-Amerika, Yevropa, postsovet va post-sotsialistik
  • etnik — „oq“, „qora“ va „rangli“feminizm
  • diniy — xristian, Islomni shakllantirish
  • harakatlar usullari va yoʻnalishi boʻyicha-ekofeminizm, patsifist, separatist
  • mafkuraga koʻra-Liberal, sotsialistik va marksistik, radikal
  • falsafa va psixologiya sohalariga mansubligi boʻyicha-modernist, ijtimoiy qurilish kontseptsiyasiga asoslangan; postmodernizm, psixoanalitik[9]

Liberal feminizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Betty Friedan

Liberal feminizmning tugʻilishi kelib chiqishi amerikalik yahudiy boʻlgan — Betty Friedanning Ayollik tasavvufi (1963) kitobi bilan bogʻliqdir. Koʻp oʻtmay. AQShda Ikkala jins ham oʻz-oʻzini anglashda teng imkoniyatlar yaratilishi uchun kurashni eʼlon qilgan, 300 mingdan ortiq aʼzolarni birlashtirgan Ayollar milliy tashkiloti paydo boʻldi. Yangi tashkilot oʻzining asosiy vazifasi sifatida iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida gender kamsitilishini qonuniy taqiqlashni qabul qilishni koʻrib chiqdi.

AQSh gender siyosatini isloh qilish urushdan keyingi Amerikadagi ayollar huquqlari holatini oʻrganish uchun ayollar statusi boʻyicha komissiya tuzgan Prezident J.Kennedi tomonidan 1961- yilda boshlangan.Garvardda 1970-yil gumanitar va tabiiy fakultetlarning 483 oʻqituvchisi orasida bitta ham ayol yoʻq edi. 1960-yillarning oxirlari AQShning nufuzli universitetlarida, oliy tibbiyot va biznes maktablarida ayol talabalar 5-8 % ni tashkil etardi[10].

Radikal feminizm

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Radikal feminizm XX asrda shakllangan va hozirda feminizmdagi eng yorqin yoʻnalishni anglatadi. Radikal feministlar uchun birinchi navbatda davlat — ayollarning seksualliligini nazorat qilish vositasi, erkaklar — ayollarning seksualligini ularning ehtiyojlari va istaklariga doimiy ravishda xizmat qilishga majburlaydigan ijtimoiy guruhdir. Radikal feminizm ayol tanasi va seksualligi patriarxiyada ishlatilganligini koʻrsatib, ilgari taqiqlangan mavzularda — jinsiy zoʻravonlik va uy ichidagi zoʻravonlik haqidagi mavzularni omma ichidagi muhokamalarga olib kirdi[11].

Feminizmning „uchinchi toʻlqini“

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feminizmning „uchinchi toʻlqini“ning koʻtarilishi XX asr 90-yillar boshlarida AQShda boshlangan. Uchinchi toʻlqin feminizmi, ikkinchi toʻlqinning ayollik va ayol tajribasini aniqlashda essentializmdan foydalanishni, oʻrta sinf oq ayollarning tajribasiga haddan tashqari koʻp eʼtibor berish mohiyatini tanqid qiladi. Ushbu toʻlqinning feministlari mikropolitikaga katta eʼtibor berishadi va asosan post-tuzilmaviy gender va seksuallik tushunchalariga tayanadilar[12].

  • Feminizm
  • Postfeminizm
  • Gender tadqiqotlari
  • Feministik sanʼat
  • Antifeminizm
  1. „История и теория феминизма“. www.gender.cawater-info.net. 2017-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  2. [1][sayt ishlamaydi]
  3. „История феминизма“. menalmanah.narod.ru. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  4. [2][sayt ishlamaydi]
  5. „Суть феминизма, и что мы еще о нем не знаем“. RED. 2021-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-mart.
  6. „Феминизм или история борьбы женщин за права человекаFeminisn'ts | Feminisnʼts“ (ru). www.feminisnts.info. 2017-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
  7. „ГЕНДЕРНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ | Ensiklopediya Krugosvet“ (ru). www.krugosvet.ru. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  8. „История и теория феминизма“. 2017-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
  9. [3][sayt ishlamaydi]
  10. Administrator. „Либеральный феминизм - О феминизме“ (ru). feminism.pro. 2017-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.
  11. „Радикальный феминизм: как довести политическое движение до абсурда? — Моноклер“ (ru). Моноклер (2017-yil 12-aprel). Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  12. „Почему не стоит путать сексизм с дискриминацией | Feminisnʼts“ (ru). www.feminisnts.info. 2017-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-iyun.