Foreign Languages
Foreign Languages | |
---|---|
„Foreign Languages“ teleradiokanali | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Namoyish vaqti | tunu-kun |
Namoyish hududi | Oʻzbekiston |
Til(lar)i | turli xorijiy tillar |
Boshqaruv markazi | Toshkent, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 69-uy |
Mazmuni | xorijiy tillarni oʻrgatishni ommalashtirish |
Efirga chiqqan | 2021-yil 6-dekabr |
Tomoshabinlar | 35 milliondan koʻp |
Asoschisi | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
Egasi | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
Rahbarlari | Alisher Shoyimov |
Aloqador telekanallar | Oʻzbekiston MTRK kanallari |
Sayt | www.mtrk.uz |
Foreign Languages – Oʻzbekistonning xorijiy tillarga ixtisoslashgan umummilliy davlat teleradiokanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. 2021-yil 6-dekabr kuni test rejimida ish boshlagan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 19-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xorijiy tillarni oʻrganish ishlarini ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarish haqida PQ–5117-sonli qarori qabul qilindi[2]. Shu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil 27-avgustda Vazirlar Mahkamasi „Foreign Languages“ nomli teleradiokanal tashkil etish toʻgʻrisidagi 546-sonli qarorni qabul qildi[3]. Teleradiokanal 2021-yil 6-dekabr, soat 9:00 dan oʻz faoliyatini tugatgan „Oilaviy“ telekanali bazasida test rejimida ish boshladi[4].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Foreign Languages“ teleradiokanali oʻz dasturlarini 24 soat davomida xorijiy tillarda uzatadi. Bir kunda kamida 3 soat onlayn tarzda xorijiy tillarni oʻrgatishga moʻljallangan koʻrsatuvlar efirga uzatiladi[4]. Bolalar uchun moʻljallangan xorijiy tildagi asarlar asl tilida, baʼzi hollarda oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi subtitrlar bilan efirga uzatiladi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „В Узбекистане начал вещание новый телеканал“. Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ „ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ХОРИЖИЙ ТИЛЛАРНИ ЎРГАНИШНИ ОММАЛАШТИРИШ ФАОЛИЯТИНИ СИФАТ ЖИҲАТИДАН ЯНГИ БОСҚИЧГА ОЛИБ ЧИҚИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 19-may.
- ↑ „«FOREIGN LANGUAGES» ХОРИЖИЙ ТИЛЛАР ТЕЛЕРАДИОКАНАЛИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 „МТРК тизимида янги телерадиоканал ташкил этилади“. Kun.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ „“Foreign Languages” телерадиоканали ташкил этилади“. UZA.uz. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.