Foydalanuvchi:Abboskhon Jalolov
Abbosxon Jalolov
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jalolov Abbosxon Ravshanxon o'g'li (1996-yil 17-yanvarda tug'ilgan) - o'zbek iqtisodchisi, iqtisodiyot fanlari magistri. O'zbekiston fuqarosi va davlat xizmatchisi. Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti doktoranti (PhD).
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ta'lim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi iqtisodchi.
2018-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti bakalavr bosqichini "Kasb ta'limi - iqtisodiyot" yo'nalishini tamomlagan.
2020-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti magistratura bo'limi "Iqtisodiyot - tarmoqlar va soxalar bo'yicha" yo'nalishini tamomlagan.
2022-yildan boshlab Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti "Tarmoqlar iqtisodiyoti" kafedrasi doktoranti (PhD).
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abbosxon Jalolov mehnat faoliyatini (talabalik davridan) 2017-yilda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosar majmuasining yetakchi mutaxassisi sifatida boshlagan. Mazkur lavozimda 2018-yilga qadar ishlagan. 2018-2020-yillarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosar kotibiyatining bosh mutaxassisi, 2020-2022-yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi Investitsiya va tashqi savdo bo'limi bosh mutaxassisi, Chilonzor tumani Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bo'limida hududiy sanoatni rivojlantirish, ijtimoiy soxa va infratuzilmani rivojlantirish, kichik sanoat zonalari faoliyatini monitoring qilish masalalari bo'yicha bosh mutaxassasi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2022-yildan boshlab Toshkent shahar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Kambag'allikni qisqartirish, aholi turmush darajasini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'limi bosh mutaxassisi
Yutuqlari va Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilda Yakkasaroy tumani hokimiyati "Boshqaruv siyosati ISO 9001:2015" xalqaro miqiyosidagi sertifikatga ega bo‘lgan O'zbekistondagi birinchi davlat idorasi bo'lgan jamoa a'zosi bo'lgan; [1]
2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan; [2]
2021-yilda “Toshkent yoshlar forumi — 2021” doirasida “Yilning eng yaxshi yosh iqtisodchisi” deb e'tirof etilgan; [3]
2022-yilda Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi a'zosi sifatida Rossiya Federatsiyasi mintaqalariga "Tashqi mehnat migratsiyasi" masalasida xizmat safariga borgan va soxasini isloh qilish yuzasidan o'z takliflarini hukumatga kiritgan.[4][5]
- ↑ „ISO 9001:2015“. YAKKASAROY TUMANI HOKIMLIGI XALQARO SIFAT SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI (2019-yil 26-aprel).
- ↑ „“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI” ESDALIK NISHONI BILAN TAQDIRLANADIGANLAR RO‘YXATLARINI TASDIQLASH VA ULARNI TOPSHIRISH TO‘G‘RISIDA“ (2021-yil 27-avgust).
- ↑ „“Toshkent yoshlar forumi — 2021”“. Hokimlikni xayol qilmagan Ortiqxo‘jayev, afsonaviy “Setora”ning sahnaga chiqishi, yilning eng yaxshi hokimlari — “Toshkent yoshlar forumi — 2021”ning yopilish marosimidan fotoreportaj (2021-yil 22-dekabr).
- ↑ „Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Rossiya mintaqalarida“. Челябинск вилояти йирик ишлаб чиқарувчилар билан учрашув (2022-yil 18-may).
- ↑ „Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Rossiya mintaqalarida“. Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Rossiya mintaqalarida bo‘lib, mutasaddilar bilan muzokaralar o‘tkazgani barobarida vatandoshlar holidan xabar oldi (2022-yil 23-may).