Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Mrshaxas/Roman Aftanazy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roman Aftanazy
Tavalludi 2-aprel 1914-yil
Ukraina
Vafoti 7-iyun 2004-yil(2004-06-07)
(90 yoshda)
Polsha
Fuqaroligi Polyak
Roman Aftanazyga atalgan esdalik belgisi

'Włodzimierz Roman Aftanazy', Roman Aftanozy nomi bilan mashhur (1914-yil 2-aprel Morszyn (Lvov viloyati) — 2004-yil 7-iyun Wrocław, Polsha) — Polshalik tarixchi va kutubxonachi. Polsha sharqiy chegaralarida aholi yashash punktlarining tarixi (1991-1997) asari muallifi. Inflanty Voevodeship mintaqalarida mavjud boʻlgan koʻplab mulklar va tarixiy turar joylar madaniy merosini roʻyxatga olish va tavsiflash boʻyicha ish olib borgan.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman Aftanazy temir yoʻl hodimi boʻlib ishlagan Jan va uning rafiqasi Kraśnik oilasiga tavallud topgan.

Asl familiyasi Aftanaziw boʻlgan[1][2]. Oʻzining boshlangʻich taʼlimini hozirgi Ukraina Lviv viloyati boʻlgan Morszyn shahrida tugatganidan soʻng, Roman Aftanazy 1935-yilda Stryjdagi Marshal Jozef Pilsudski davlat oʻrta maktabida oʻqigan[3]. Oʻsha yili Lvivdagi Jan Kazimierz universiteti tarixni oʻrganishni boshlagan. Uning taʼlim olishi maʼlum muddat Ikkinchi jahon urushi boshlangani sabab toʻxtab qolgan. Shunga qaramay, Roman Aftanazy Lvov universiteti tasarrufida, yer ostida yashirin tadqiqotlar dasturida qatnashgan va 1942-yilda diplomini ishini tugatgan[4]. Uning tarix boʻyicha magistrlik darajasini olishi 1946-yilgacha choʻzilgan, shundan soʻng Vrotslav universitetining gumanitar fanlar fakulteti tomonidan Stanisław Łempicki rahbarligida urushdan oldin yozgan Polsha 1807-1815-yillardagi Kongressda maktab taʼlimi (Schooling in Congress Poland 1807-1815) nomli dissertatsiya uchun rasmiy ravishda berilgan[5].

1940-yil yanvar oyidan boshlab Roman Aftanazy dastlab Morszyn Spa maʼmuriyatida offisdan tashqaridagi vazifalarda ishlagan, ammo keyinchalik ofis vazifasini oʻz zimmasiga olgan. 1944-yil aprel oyidan boshlab Roman Lvivdagi Milliy Ossolineum instituti kutubxonasida, dastlab koʻngilli sifatida, shu yilning avgust oyidan boshlab toʻliq stavkada kutubxonachi sifatida ishlashni boshlagan. 1944-yilning bahorida kutubxonadagi toʻplamlarni dushman bombardimonidan himoya chorasi sifatida toʻplamlaerni Lvivdagi Dominik cherkovining kriptasiga oʻtkazishida ishtirok etdi[6].

1945-yil yanvar oyida Lvivdagi polsha aholisiga qarshi etnik tozalash aksiyasi doirasida Sovetga qarshi harakat qilishda ayblanib, hibsga olingan. May oyida soʻroq qiolinganidan soʻng ozodlikka chiqarilgan va kutubxonadagi lavozimga qaytishga muvaffaq boʻlgan[7][8].

Roman Aftanazy 1946-yil aprel oyida Polsha va Ukraina SSR oʻrtasidagi aholi almashinuvi doirasida Lvivdan chiqib, Vroclavga koʻchib oʻtgan. 1946-yil iyun oyidan boshlab universitet kutubxonasida ishlashni boshlagan. 1946-yil iyul oyida Roman Polshaga berilgan Ossolineum kolleksiyalarining buyumlarini, shuningdek Lviv va Kiyev boshqa muzeylarning kolleksiyalarini qabul qilish uchun Przemislga ketgan delegatsiyaning aʼzosi boʻlgan. Roman 1947-yil mart oyida ham shunga oʻxshash loyihada qatnashgan[9]. 1948-yil may oyida Roman Polsha davlat kutubxonasi birinchi darajasiga kirish imkoniyatini olish uchun imtihon topshirgan hamda 1948-yil iyun oyidan boshlab u Ossolineum institutida va uning Wrocławdagi ZNiO kutubxonasid ishlashni boshlagan, rasmiy ravishda oʻsha yilning oktyabr oyiga qadar universitet kutubxonada faoliyat yuritgan[10].

Roman Aftanazy 1949-yil yanvar oyida ZNiO kutubxonasining kuratorligiga tayinlangan. 1949-yil aprel oyidan boshlab u toʻplamlarni sotib olinishi boshqardi, bu lavozim 1981-yil noyabrgacha ish olib borgan. Romanning maqsadi 1939-yildagi nodir asarlarni va nashrlarni toʻplashni boʻlgan va u bu maqsadiga 1970-yilda erish olgan. Ushbu toʻplangan toʻplamlar sabab Ossolineum kutubxonasining mavqei Polsha Milliy kutubxonaning, Narodowa kutubxonasi va Jagiellonian kutubxonasi Jagiellońska kutubxonasining toʻplamlariga tenglashtirdi[11].

Roman Aftanazy toʻplagan toʻplamlari hozirda Vroklavadagi ZNiO kutubxonasining „Manuskrip va grafik kabinetida“ saqlanadi[12].

Morszyn Spa shahridagi marmor saroyi.
  1. Maciej Matwijów „Włodzimierz Roman Aftanazy (1914-2004). Szkic biograficzny“, . Kustosz i samotnik (pl). Wrocław: Ossolineum, 2017 — 13, 14-bet. 
  2. Tadeusz Epsztein, Nieznane fakty z biografii Romana Aftanazego, Studia z Dziejów Rosji i Europy Środkowo-Wschodniej.
  3. Maciej Matwijów
  4. Maciej Matwijów, p.15
  5. Maciej Matwijów, p.15
  6. Maciej Matwijów, p.16
  7. Maciej Matwijów, p.18
  8. Maciej Matwijów, p.19
  9. Maciej Matwijów, pages 20-22
  10. Maciej Matwijów, p.22
  11. Maciej Matwijów, pages 22-23, 28
  12. Maciej Matwijów, p.66