Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Oblakulova/Al-Muqtadiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oblakulova/Al-Muqtadiy
Xalifa
Amir al-Moʻminin
Bagʻdod xalifaligining 27-xalifasi
Abbosiy xalifalar Bagʻdodda
Saltanat 1075-yil 2-aprel – 1094-yil 3-fevral
Oʻtmishdoshi Al-Qoim
Davomchisi Al-Mustazhir
Tugʻilishi 1056-yil 24-iyul
Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi
Vafoti 1094-yil 3-fevral
(37 yoshda)
Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi
Turmush oʻrtogʻi
Farzandlari Al-Mustazhir
Jafar
Toʻliq nomi
Abu al-Qosim Abdulloh ibn Muhammad ibn al-Qoim
Era nomi va maʼlumotlar
Soʻnggi Abbosiylar davri: XI asr
Sulola Abbosiylar
Otasi Al-Qoim
Onasi Urjuman
Dini Islom, sunniylik

Abul Qosim Abdulloh ibn Muhammad ibn al-Qoim (arabcha: أبو القاسم عبد الله بن محمد بن القائم), al-Muqtadiy (arabcha: المقتدي) nomi bilan mashhur. 1075—1094-yillarda Bagʻdodda Abbosiylar xalifasi boʻlgan. 1075-yilda bobosi al-Qoimdan keyin 27-Abbosiy xalifa sifatida hokimiyatga o'tirgan.

Al-Muqtadiy 1056-yil 24-iyulda tug'ilgan[1]. U xalifa al-Qoimning o'g'li Muhammad Zakirat va arman millatiga mansub Urjuman ismli cho'rining o'g'li bo'lgan[2]. Toʻliq ismi Abdulloh ibn Muhammad ibn al-Qoim, kunyasi esa Abulqosim edi.

Al-Qoim o‘limidan oldin nabirasi va vorisi al-Muqtadiyga Banu Johir qabilasini o‘z mavqeida saqlab qolishni maslahat berib shunday degan edi: “Men Ibn Johir va uning o‘g‘lidan ko‘ra davlat uchun yaxshiroq kishilarni ko‘rmadim, ulardan yuz o‘girmang"[3]. Shundan keyin 1075-yil 2-aprelda al-Muqtadiy xalifalik taxtiga oʻtirgan.

1077-yilda Bag'dodda Abu Nasr ibn al-Ustoz Abu al-Qosim al-Qushayriy Al-Nizomiya maktabida dars berish uchun kelganida shaharning hanbaliy va ash'ariy guruhlari o'rtasida halokatli g'alayonlar boshlandi[3]. Qo'zg'olonlar paytida Nizomulmulkning o'g'li Muayyad al-Mulkning hayoti xavf ostida edi[3]. Nizomulmulk butun ishda Faxr ad-Davlani aybladi va 1078-yilda o'z vakili Gohar-Aynni xalifaning qoshiga yuborib, Faxr ad-Davlani[3] lavozimidan olib tashlashni, Banu Johir tarafdorlarini hibsga olishni talab qildi[4]. Gohar-Ayn 23-iyul kuni poytaxtga yetib kelgan va 14-avgust seshanba kuni Faxr ad-Davlani lavozimidan olib tashlashni so‘rab yozilgan xatni xalifaga topshirgan[4]. Al-Muqtadiy dastlab bu talabni rad etgan[3], biroq 27-avgustga kelib Gohar-Ayn, agar xalifa ushbu talabni bajarmasa, saroyga hujum uyushtirish bilan tahdid qilgan[4]. O'sha paytda al-Muqtadiyning bu talabni bajarishdan boshqa iloji qolmaydi, chunki raqibga qarshi chiqish uchun xalifalik o'zining qo'shiniga ega emas edi[3]. Lavozimidan ozod etilishi o'rniga Faxr ad-Davla o'z xohishi bilan iste'foga chiqqan va al-Muqtadiy uni uy qamog'iga mahkum qilgan[4].

Mohi Mulk xotun 1087-yilda Muqtadiyga turmushga chiqishi munosabati bilan Isfahondan Bagʻdodga ketayotgan yurishning markazida tasvirlangan. Nizomulmulk ham yurishga hamrohlik qilgan holda tasvirlangan. Nigariston, Eron, Sheroz, 1573–1574-yillardagi qo'lyozma folio (kitob sahifasi)

Bu orada Amid ad-Davla Nizomulmulkning rejalarini eshitib qolib, Isfahonga jo'nab ketgan edi[3][4]. U Gohar-Aynga duch kelmaslik uchun tog'lar orqali aylanma yo'lni bosib o'tgan va 23-iyulda, ya'ni Gohar-Ayn Bag'dodga yetib kelgan kunning o'zida[3][4] Isfahonga yetib kelgan. Amid ad-Davla Nizom al-Mulk bilan uchrashib, ikki tomon yarashib olgan hamda Nizomulmulkning nabirasi va Amid ad-Davla o'rtasida nikoh shartnomasini imzolangan[3][4]. Al-Muqtadiy dastlab Banu Johirni hokimiyat lavozimiga olmay, ularni uy qamog‘ida ushlab turgan, biroq keyinroq oraga Nizomulmulk aralashib, ularni qayta xizmatga olgan[3][4].

Shuningdek, 1078-yilning Ramazon oyida (mart-aprel) Faxr ad-Davla o'z mablag'i hisobidan al-Muqtadiyning unvonlari tushirilgan minbar yasattirgan[4]. Biroq keyinchalik, ushbu minbar parchalanib, yonib ketgan[4].

1081-yilda xalifa Faxr ad-Davlani sovg'alar va 20 000 dan ortiq dinor bilan Malikshohning qizini qo'lini so'rash va muzokaralar olib borish uchun Isfahonga yubordi[3]. Bu vaqtda Molikshoh o'g'li Dovudning o'limidan chuqur qayg'uda edi va shu sababdan ham muzokaralarda ishtirok etmadi[3]. Faxr ad-Davla va Nizomulmulk xalifaning iltimosini bildirish maqsadida malikani katta qilgan onasi Turkon xotunning oldiga borishdi[3]. G'aznaviylar hukmdori tomonidan malikaning qo'lini so'rab yuborilgan 100 000 dinor va sovg'a-salomlar sabab dastlab Turkon xotun xalifaning taklifiga unchalik qiziqish bildirmadi[3][4]. Al-Qoim bilan turmush qurgan Xadicha Arslon xotun Turkon xotunga xalifa al-Muqtadiy bilan tuziladigan nikoh obro'liroq bo'lishini va xalifadan ko'p miqdorda pul so'ramaslik kerakligini tushuntirdi[4].

Oxir-oqibat, Turkon Xotun ushbu nikohga rozi bo‘ldi, biroq buning evaziga al-Muqtadiyga og‘ir shartlar qo‘yildi. Saljuqiy malikaga uylanish evaziga al-Muqtadiy ularga 50 000 dinor, qo‘shimchasiga yana 100 000 dinor mahr to‘lash, nikohda bo'lgan xotini va kanizaklaridan voz kechish hamda boshqa ayollar bilan jinsiy aloqa qilmaslikka rozilik bildirishi kerak edi[3]. Bu talab Abbosiylar xalifasiga juda og'ir yuk edi, chunki Abbosiylar o'zlarining reproduktiv siyosatini qattiq nazorat qilishgan, ularning barcha merosxo'rlari ummu al-valadlardan tug'ilgan edi[3]. Turkon xotunning shartlariga rozi bo'lgan Faxr ad-Davla al-Muqtadiyni og'ir ahvolga solib qo'ygan, shu bilan birga saljuqiylarga ham katta foyda keltirgan[3].


Al-Muqtadiy Saljuqiylar sultoni Malikshoh I tomonidan ulug'langan, uning hukmronligi davrida xalifalik Saljuqiylar istilosi ostida tan olingan. Fotimiylardan qutulgan Arabiston yana Abbosiylarning ruhiy hokimiyatini tan olgan.

Al-Muqtadiy va Malikshoh I nomi shahodat kalimasi bilan zarb qilingan oltin dinor (hijriy 484-yil/milodiy1091–1092-yil. (Al-Muqtadiy Saljuqiylar sulolasi hukmronligi ostida davlat rahbari sifatida koʻrsatilgan)

Ayrim ehtimollarga ko'ra, Malikshoh ham xalifa, ham sulton bo'lishi mumkin bo'lgan o'g'il tug'ilishini rejalashtirgan holda qizini al-Muqtadiyga nikohladi. Oradan birmuncha vaqt o'tgach, Malika o'g'il ko'rganiga qaramay, chaqalog‘i bilan Isfahon saroyiga jo‘nab ketdi. Nikoh muvaffaqiyatsizlikka uchragach, sulton xalifaning davlat ishlariga aralashuvini tanqid qilib, uning nafaqaga chiqib, Basraga ketishini buyurdi. Ammo ko'p o'tmay, Malikshoh I ning o'limi sabab buyruq o'z kuchini yo'qotdi.

Nizomulmulkning o'limidan ko‘p o‘tmay 1092-yilda Malikshoh I o‘ldirilgach, Toj al-Mulk Mahmud I ni sulton etib tayinlaydi va Isfahonga yo‘l oldi[5]. Mahmud o'sha vaqtda hali yosh bola edi, shu sababdan onasi Terken xotun uning o‘rniga hokimiyatni egallashni orzu qildi. Bu orzuni amalga oshirish va oʻz hukmronligini taʼminlash maqsadida xalifa al-Muqtadiy bilan muzokaralarga kirishdi. Xalifa bolaning ham, ayolning ham hukmdor bo'lishiga qarshi chiqdi, chunki hukmdorlik belgisi bo'lgan xutbaning ayol kishining nomi bilan e'lon qilinishini to'g'ri deb bilmadi. Oxir-oqibat, xalifa, agar xutba Terken xotunning o'g'li Mahmudning nomidan aytilsa, hokimiyat tayinlagan vazir yordam bilan boshqarilsagina bu taklifni qabul qilishinibildirdi. Turken xotin ham Muqtadiyning ushbu talabiga rozi bo'ldi[6].

Al-Muqtadiyning birinchi xotini Sifriy xotun sulton Alp Arslonning qizi bo'lgan[7]. 1071–1072-yillarda uning otasi al-Qoim vaziri Ibn al-Johirni Sifriyning qoʻlini o'g'liga soʻrash uchun yuborgan. Sulton Alp Arslon ham bu taklifga rozi boʻlgan[8]. Xalifaning ikkinchi xotini sulton Malikshoh I ning qizi Mohi Mulk xotun edi. 1082-yil mart oyida al-Muqtadiy Abu Nasr ibn Johirni Isfahondagi Malikshohning huzuriga qizining qoʻlini soʻrash uchun yuborgan. Malikshoh ham bu taklifga rozilik bergach, nikoh shartnomasi tuzilgan. Shundan so'ng 1087-yilning mart oyida Mohi Mulk Bag'dodga kelgan va ular 1087-yil may oyida nikoh o'qitishgan. Mohi Mulk 1088-yil 31-yanvarda shahzoda Ja’farni dunyoga keltirgan. Biroq oradan birmuncha vaqt o'tib, al-Muqtadiy xotinidan uzoqlasha boshlagach, Mohi Mulk uyiga qaytish uchun xalifadan ruxsat so'ragan. 1089-yil 29-may sanasida esa oʻgʻli hamrohligida Bagʻdoddan Xurosonga joʻnab ketgan. Keyinchalik, uning o'limi haqidagi xabar Bag'dodga yetib keldi. Mohi Mulkning o'limidan keyin uning xasta otasi Ja'farni 1092-yil oktyabr oyida Bag'dodga olib kelgan. Shahzoda Ja’far xalifalik saroyiga qaytarilib, vafotiga qadar (1093-yil 21-iyun) shu yerda yashagan. O'limidan keyin Ja'far Rusofa qabristonidagi xalifa qabrlari yoniga dafn etilgan[9]. Al-Muqtadiyning Tayf al-Xayol nomi bilan tanilgan, asl ismi Kalbahor yoki Jalbhor bo'lgan turk kanizagi ham bo'lib, u al-Muqtadiyga bo'lajak xalifa Al-Mustazhirni dunyoga keltirgan[10].

Al-Muqtadiy 1094-yilda 37–38 yoshlarida vafot etgan. Uning o‘rniga 16 yoshli o‘g‘li Al-Mustazhir xalifa etib tayinlangan.

  • Banu Johir, al-Muqtadiy hukmronligi davrida taniqli vazirlar oilasi
  1. Richards, D.S.. The Annals of the Saljuq Turks: Selections from al-Kamil fi'l-Ta'rikh of Ibn al-Athir, Routledge Studies in the History of Iran and Turkey. Taylor & Francis, 2014 — 187-bet. ISBN 978-1-317-83255-3. 
  2. Bennison, Amira K. (2009) The Great Caliphs: The Golden Age of the 'Abbasid Empire. Princeton: Yale University Press, p. 47. ISBN 0300167989
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 3,12 3,13 3,14 3,15 3,16 Hanne, Eric (2008). "The Banu Jahir and Their Role in the Abbasid and Saljuq Administrations". Al-Masaq 20 (1): 29–45. doi:10.1080/09503110701823536. https://www.academia.edu/10968481. Qaraldi: 22 March 2022. Foydalanuvchi Oblakulova/Al-Muqtadiy]] Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Hanne 2008" defined multiple times with different content
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 Ibn al-Athir. The Annals of the Saljuq Turks: Selections from al-Kamil fi'l-Ta'rikh of Ibn al-Athir, 4 April 2014 — 195–7, 203, 210-bet. ISBN 9781317832553. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Ibn al-Athir" defined multiple times with different content
  5. Boyle 1968.
  6. Mernissi, Fatima; Mary Jo Lakeland (2003). The forgotten queens of Islam. Oxford University Press. ISBN 978-0-19-579868-5.
  7. El-Hibri, T.. The Abbasid Caliphate: A History. Cambridge University Press, 2021 — 211-bet. ISBN 978-1-107-18324-7. 
  8. Lambton, A.K.S.. Continuity and Change in Medieval Persia, Bibliotheca Persica. Bibliotheca Persica, 1988 — 267-bet. ISBN 978-0-88706-133-2. 
  9. al-Sāʿī, Ibn. كتاب جهات الأئمة الخلفاء من الحرائر والإماء المسمى نساء الخلفاء: Women and the Court of Baghdad, Library of Arabic Literature. NYU Press, 2017 — 63-bet. ISBN 978-1-4798-6679-3. 
  10. Rudainy. „The Role of Women in the Būyid and Saljūq Periods of the Abbasid Caliphate (339-447/9501055&447-547/1055-1152): The Case of Iraq“. University of Exeter (2015-yil 12-iyun). Qaraldi: 2024-yil 14-aprel.
Oblakulova/Al-Muqtadiy
Tavalludi: 1056 Vafoti: 1094-yil fevral
Sunniylik unvonlari
Oldingisi Musulmon xalifa
Bagʻdod xalifaligi

1075-yil 2-aprel – 1094-yil fevral
Keyingisi

[[Turkum:XI asr Abbosiy xalifalari]] [[Turkum:1094-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1056-yilda tugʻilganlar]]