Foydalanuvchi:Oblakulova/Ar-Rashid billoh
Ar-Rashid billoh arabcha: الراشد بالله | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Xalifa<brAmir al-Moʻminin | |||||||||
Bagʻdod xalifaligining 30-xalifasi Bagʻdodda Bagʻdod xalifaligi | |||||||||
Saltanat | 1135-yil 29-avgust – 1136-yil 17-avgust | ||||||||
Oʻtmishdoshi | Al-Mustarshid | ||||||||
Davomchisi | Al-Muqtafiy | ||||||||
Tugʻilishi |
1109 Bagʻdod, Bagʻdod xalifaligi | ||||||||
Vafoti |
1138-yil 6-iyun (29 yoshda) | ||||||||
Farzandlari | Jaʼfar | ||||||||
| |||||||||
Sulola | Abbosiylar | ||||||||
Otasi | Al-Mustarshid | ||||||||
Onasi | Xushf | ||||||||
Dini | Islom, sunniylik |
Abu Ja'far al-Mansur ibn al-Fadl al-Mustarshid billoh (arabcha: أبو جعفر المنصور بن الفضل المسترشد بالله), ar-Rashid billoh (arabcha: الراشد بالله) shoh nomi bilan mashhur (1109–1138-yil 6-iyun), 1135–1136-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifasi. 1135-yilda otasi al-Mustarshidning o‘rniga xalifalik taxtiga o‘tirgan. 1135-yildan to 1136-yil 17-avgust sanasida Bagʻdod aholisi unga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan vaqtga qadar 1 yil davomida hukmronlik qilgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ar-Rashid billoh xalifa al-Mustarshid va uning iroqlik[1] Xushf ismli kanizaklaridan birining o'g'li bo'lgan. Toʻliq ismi Mansur ibn al-Fajl al-Mustarshid, kunyasi Abu Jaʼfar. Otasi al-Mustarshid tomonidan xalifalik taxtiga merosxo'r etib tayinlangan. Shahzoda sifatida ar-Rashid umrini muhtasham Bag‘dod shahrida o‘tkazgan. Uning nomi Bag‘dod tangalarida, shuningdek, xalifa bilan birga saljuqiylar tangalarida ham zarb qilingan. 1135-yilda otasi sirli ravishda o'ldirilganidan keyin taxtga o'tirgan.
Otasi al-Mustarshid singari, ar-Rashid ham saljuqiy turklardan (harbiy jihatdan) mustaqillikka erishish uchun navbatdagi muvaffaqiyatsiz urinishdi. U otasining o‘limi uchun qasos olish maqsadida sulton G‘iyoddin Mas’udning elchisini haqorat qilgan, undan katta boylik talab qilgan va olomonni sultonning saroyini talon-taroj qilishga undagan. Bu ishlarda uni Imomuddin Zangiy qo‘llab-quvvatlab turgan. Elchisi Dubay ibn Sadaqaning o'ldirilganini eshitgan sulton Mas'ud shoshilinch tarzda poytaxtga borib, shaharni qamal qilgan. Daryo va kanallar orqali yaxshi himoyaga ega bo'lgan Bag'dod hujumga qarshilik ko'rsatgan, biroq keyinchalik keskin vaziyatdan umidsizlikka tushgan xalifa va Zangiy Mosulga qochib ketgan. Sulton hokimiyati qayta tiklanib, kengash oʻtkazilgan, xalifa taxtdan olingan va uning amakisi al-Muqtafiy yangi xalifa etib tayinlangan.
O'limi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ar-Rashid Isfaxonga qochib ketgan va u yerda 1138-yilning iyun oyida 4 ta Nizoriy ismoiliy qotillar tomonidan o'ldirilgan. Uning o'limi Alamutda 1 hafta davomida nishonlangan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ الدكتور, عبد القادر بوباية ،الأستاذ. الاكتفاء في اخبار الخلفاء 1-2 ج2. Dar Al Kotob Al Ilmiyah دار الكتب العلمية, 2009 — 489-bet.
- ↑ Daftary, Farhad. The Isma'ilis: Their History and Doctrines (en). Cambridge University Press, 1992 — 384-bet. ISBN 978-0-521-42974-0.
Oblakulova/Ar-Rashid billoh Banu Hoshim Cadet branch Tavalludi: 1109 Vafoti: 1138-yil 6-iyun
| ||
Sunniylik unvonlari | ||
---|---|---|
Oldingisi | Musulmon xalifalar Abbosiy xalifalar 1135-yil 29-avgust – 1136 |
Keyingisi |
[[Turkum:Abbosiy xalifalarning oʻgʻillari]] [[Turkum:Taxtdan tushirilgan monarxlar]] [[Turkum:XII asr Abbosiy xalifalari]] [[Turkum:1138-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1109-yilda tugʻilganlar]]