Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Bobo Obidov

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xush kelibsiz

[manbasini tahrirlash]
Mevalardan oling!

Salom, Bobo Obidov! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida mana bu maqolalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:

Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng, imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda sizning foydalanuvchi nomingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, munozara sahifangizga {{yordam kerak}} ni qoʻshing yoki mendan munozara sahifamda sizni qiziqtirgan savolni soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Yana bir bor xush kelibsiz! Malikxan munozara 11:34, 19-Fevral 2022 (UTC)

Vikipediya diniy sayt emas

[manbasini tahrirlash]

Salom hamda Vikipediyada xush kelibsiz! Vikipediya ochiq ensiklopediyadir, diniy sayt emas. Shu sababli, „s.a.v.“, „a.s.“ va boshqa shu kabi gonorativlardan foydalanmang. Misol uchun, maqolalarda „Muhammad s.a.v“ emas, shunchaki „Muhammad“ deb yozing. Shuningdek, tahrir izohida turli haqoratli soʻzlarni yozmang, keyingi safar ogohlantirishsiz bloklanishingiz mumkin. Malikxan munozara 11:34, 19-Fevral 2022 (UTC)

Siz bloklaysizmi meni qani koʻramizda Bobo Obidov (munozara) 11:39, 19-Fevral 2022 (UTC)
Nimani koʻrasiz? Vandallik bilan shugʻullansangiz, sizni nafaqat men, balki buni payqagan har qanday administrator bloklashi mumkin. Foydali tahrirlar qiling. Malikxan munozara 11:46, 19-Fevral 2022 (UTC)
Yoki notoʻgʻri ma'lumot yozmanglar yoki butunlay posti oʻchirib tashlanglar. OK? Bobo Obidov (munozara) 11:49, 19-Fevral 2022 (UTC)
Vikipediya har kim hissa qoʻsha oladigan onlayn ensiklopediyadir. Maqolada xato topsangiz, nufuzli manbalar keltirgan holda bemalol oʻzingiz ham tuzatib qoʻyishingiz mumkin. Malikxan munozara 11:54, 19-Fevral 2022 (UTC)
Bu yerda musulmon odamni pastga urish yotadi. SAV qoʻshilmasa ok? Ateist boʻlsangiz ham marhamat qilib jamiyatdagi bir qancha insonlarni hurmat qilib qoʻying. Xoʻp? Bobo Obidov (munozara) 11:57, 19-Fevral 2022 (UTC)
Yoki boʻlmasa Islom diniga taalluqli post qoʻymanglar. Qoʻshish shart s.a.v yoki r.a ni. Vikipedi hamma uchun ekan demak hammani fikri umumiy boʻlishi kerak. Yoki diniy mavzuda post yozmanglar vikipediaga Bobo Obidov (munozara) 12:00, 19-Fevral 2022 (UTC)
Maqolalar neytral ohangda yozilgan boʻlishi lozim. Ateistmanmi yoki oʻzga sayyoralikmanmi, buning ahamiyati yoʻq, shunchaki qoidalarga amal qiling. Islom diniga oid maqolalarni istalgan foydalanuvchi yaratishi mumkin, nima qilishimiz kerakligini siz belgilamaysiz. Shunday ekan, buyruq bermang. "Vikipedi hamma uchun ekan demak hammani fikri umumiy boʻlishi kerak"? Sizningcha, hamma faqat musulmon kishilarmi? Xullas, hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, foydali hissa qoʻshing, mavjud matnni oʻchirmasdan. Malikxan munozara 12:45, 19-Fevral 2022 (UTC)
Shunday ekan siz ham buyruq bermang. Men ham neytral boʻlishini tarafdoriman. Bizga hurmatsizlik boʻladi. Va keyin siz menga xoʻjayinmisiz bir narsani menga buyruq ohanggida gapirasiz Bobo Obidov (munozara) 13:59, 19-Fevral 2022 (UTC)
A yana bir gap bizni oʻrta osiyoga Islom dinini olib kelishda yordam qilgan Qutayba ib Muslim Rohimahullohga "bosqinchilik qilgan" deb tuxmat qilmang. Manabu neytrallik emas tushinarlimi? Bobo Obidov (munozara) 14:06, 19-Fevral 2022 (UTC)
Neytral boʻlish tarafdori boʻlsangiz, yuqorida aytib oʻtganlarimga amal qiling. Men sizga xoʻjayinman deganim yoʻq, siz shunchaki Vikipediyani diniy sayt bilan adashtirdingiz va men sizga Vikipediya ochiq ensiklopediya ekanligini tushuntirdim. Qutayba ibn Muslim maqolasiga kelsak, bu maqolani men yaratmaganman. Bunday mavzuga qiziqmaganligim tufayli bu kabi maqolalar kuzatuv doiramdan tashqarida. Sizga bu maqola qiziq boʻlsa, bemalol oʻz hissangizni qoʻshaverishingiz mumkin. Lekin yuqorida aytib oʻtganimdek, maqola neytral ohangda yozilgan boʻlishi zarur. Keyin, "boʻhton qilmang", "balo-battar qilmang" deyish yaramaydi, uning oʻrniga shu maqolaga nufuzli manbalar keltirgan holda hissa qoʻshing. Malikxan munozara 14:55, 19-Fevral 2022 (UTC)
Fikrimiz bir joydan chiqqaniga xursandman. Qutayba ibn Muslim rohimahulloh "bosqinchi" deb SSSR yozuvchilari va boshqa fikri neytral boʻlmagan odamlar yozgan. Siz yozib qoʻygan Tabaroniy rohimahulloh ham uni "bosib oldi" deb emas "fath qilib oldi" degan Osiyoni. 74.119.192.180 15:00, 19-Fevral 2022 (UTC)