Foydalanuvchi munozarasi:Omensweans
Xush kelibsiz!
[manbasini tahrirlash]Xush kelibsiz!
Salom, Omensweans! Vikipediyaga xush kelibsiz! Qoʻshajak hissangiz uchun oldindan rahmat. Umid qilamizki, sizga vikipediyachi boʻlish manzur boʻlgay! Sizga yordam tariqasida quyidagi sahifalar bilan tanishib chiqishni taklif qilamiz:
- Vikipediyaning besh ustuni
- Qisqa dars
- Maqola qanday yoziladi? (videodarslar)
- Yordam sahifasi
- Sinov tahrirlari uchun sahifa
Iltimos, munozara sahifalarida oʻz fikringizni bildirganingizdan soʻng imzo chekishni unutmang (bu toʻrtta tilda belgisini yozish bilan amalga oshiriladi: ~~~~; bu belgilar avtomatik ravishda foydalanuvchi nomingiz va sanaga aylantiriladi). Agarda yordamga muhtoj boʻlsangiz, mana bu sahifaga tashrif buyuring yoki sizni qiziqtirgan savolni munozara sahifamda soʻrang. Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.
Yana bir bor xush kelibsiz! . ANJANIY!!#suhbat 12:04, 11-Mart 2024 (UTC)
„Somon.tj“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi
[manbasini tahrirlash]Siz tomoningizdan yaratilgan „Somon.tj“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („VP:TOʻM#M6 va VP:TOʻM#U2“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.
Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.
Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! MrShaxas #Munozaracha 08:45, 26-Mart 2024 (UTC)
mashina tarjimasiga yoʻl qoʻymang!
[manbasini tahrirlash]salom, Omensweans! avvalo qoʻshmoqchi boʻlayotgan hissalaringiz uchun rahmat! siz tomoningizdan yaratilgan Sbarro maqolasi mashina tarjimasidir. boshqa bu kabi maqola yaratmasligingizni soʻrab qolaman. yoqimli tahrirlar. Alpasli (munozara) 07:00, 27-Mart 2024 (UTC)
Yangi yaratilayotgan maqolalar yuzasidan
[manbasini tahrirlash]Assalomu aleykum horman! yangi yaratayotgan maqolalalringizda avtomat tarjimadan kamroq foydalanishingizni tavsiya qilaman. Aynan Mister Pizza maqolangizda avtomat tarjimadan foydalanilgan. Axadjon1 (munozara) 09:38, 8-Aprel 2024 (UTC)
- Assalomu alaykum o'zgartirish kiritdim. Omensweans (munozara) 09:47, 8-Aprel 2024 (UTC)
Avval yaratilgan turkumlar mehnatini qadrlang!
[manbasini tahrirlash]Hurmatlil @Omensweans siz men yaratgan turkumdagi maqolalarni yaratyapsiz, bu ish qanchalik to'g'ri. Keyin yaratyotgan maqolalaringiz ham abgor e'tiborli bo'ling Mirishkorlik (munozara) 10:19, 26-Iyun 2024 (UTC)
- Davron akam aytdi, yozoraman ekan. Omensweans --NMAGAP 10:29, 26-Iyun 2024 (UTC)
Ogohlantirish
[manbasini tahrirlash]Salom, Omensweans Vikipediyaga qoʻshayotgan hissangiz uchun rahmat. Ammo hissangizning asosiy qismi avtomat tarjima boʻlib, oʻqilishi mazmunsiz matn holatida qolmoqda. Mazkur ogohlantirishdan soʻng yaratgan maqolalaringizni qayta koʻrib chiqib, kamchiliklarni bartaraf etishingizni soʻraymiz. Agarda ushbu ogohlantirishni eʼtiborsiz qoldirib, avtomat tarjima hamda mazmunsiz matn kabi hissalarda davom etsangiz, oʻzbekcha VIkipediyani tahrir qilishdan chetlatilishingiz mumkin. Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:38, 27-Iyun 2024 (UTC)
WeekieHogwarts II oromgohidagi ishtirok uchun
[manbasini tahrirlash]WeekieHogwarts oromgohi ishtirokchilariga | |
Salom hurmatli Omensweans!
Sizga WeekieHogwarts II oromgohida oʻzbekcha Vikipediyani boyitishga hissa qoʻshganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Oʻzbekcha Vikipediyada koʻplab aholi punktlariga oid maqolalaringiz uchun ushbu oltin kompas yulduzini qabul qilsangiz. Vikipediya uchun foydali tahrirlarni davom ettirishingizdan umidvorman va iltimos qilamanki, oromgoh davomida yaratgan barcha stub maqolalaringizni tahrirlab Vikipediya teranligini oshirish va uni foydali kontent bilan boyishiga koʻmaklashing. Keyingi oromgohlarda ham ishtirok etishingizga tilakdoshman!
|
Halab jangi maqolasi yuzasidan
[manbasini tahrirlash]Salom hormang. Siz Halab jangi maqolasini tezda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatibsiz, bu yaxshi ammo nega aynan Butkul oʻzbekcha boʻlmagan yoki mashina tarjimasidan iborat maqolalar deya sabab koʻrsatganingizga hayronman. Endi bitta maqola tezda oʻchirishga nomzod qilib koʻrsatishdan avval Tezda oʻchirish mezonlari bilan yaxshilab tanishib chiqishingizni tavsiya bergan boʻlar edim. Yoqimli tahrirlar – Axadjon1 (munozara) 10:35, 18-Iyul 2024 (UTC)
Yakuniy ogohlantirish: AT uskunasini suiisteʼmol qilishni va munozaralarni spam bilan toʻldirishni bas qiling
[manbasini tahrirlash]Hormang! Yuqorida bir necha marta mashina tarjimasidan foydalanganingiz uchun ogohlantirish olibsiz. Yaratgan maqolalaringiz asosan chala maqolalar ekan. Uzunroqlari esa deyarli toʻliq avtomat tarjimadan iborat. Masalan, Diana Gordon maqolasini olaylik. "kariyerasini boshqa san'atkorlar uchun musiqa yozish boshladi, keyinchalik Atlantic Records bilan, o'z albomini yozishni boshlagan" nima degani? "san'at nomi"-chi?
Ikkinchi masala: uzwikichat Telegram guruhida boshqa tilda faoliyat yurituvchi vikichi ogohlantirganidek, oʻzbekcha Vikipediyaga yaqin orada hissa qoʻshmagan, oʻzbek tilini bilmaydigan foydalanuvchilar munozarasini spam bilan toʻldirishni bas qiling. Shuncha ogohlantirishdan keyinam AT kontent yaratishda davom etmaysiz deb umid qilaman. Nataev munozara 21:17, 22-iyul 2024 (UTC)
Oʻzbekistonda fan va texnologiya
[manbasini tahrirlash]Siz tomoningizdan yaratilgan „Oʻzbekistonda fan va texnologiya“ maqolasi tezda oʻchirish mezonlariga („reason“) binoan oʻchirildi. Agar maqolani qoidalarga mos keladi, deb oʻylasangiz, mana bu sahifada soʻrov qoldirishingiz yoki munozara sahifamda xabar qoldirishingiz mumkin. Rahmat. Kagansky munozara 17:36, 2024-yil 10-noyabr (UTC)