Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Sunnatillayevna2004

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fayl:Said ahmad

1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining Samarqand darvoza mahallasida tugʻilgan. Uning bolaligi Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: agitplakatlar yozdi, artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Pensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi. U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat oʻqigach, 1941-yilda „Mushtum“ jurnalida ishladi. 1942–1943-yillarda respublika radiosida, 1943–1947-yillarda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida, 1948–1950-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yoʻlidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning „Choʻl burguti“, „Lochin“, „Boʻston“, „Toʻyboshi“, „Jimjitlik“, „Turnalar“, „Hayqiriq“, „Alla“, „Muhabbatning tugʻilishi“, „Qorakoʻz Majnun“ singari oʻnlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, eʼtiqod singari maʼnaviy qadriyatlar taʼsirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga katta eʼtibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan oʻqiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish boʻyicha Qahhor anʼanalarini davom ettirgan ijodkordir. Uning „Sobiq“, „Qoplon“, „Oʻrik domla“, „Mening doʻstim Babbaev“, „Muzey“, „Boʻri ovi“, „Xandonpista“ kabi koʻplab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy soʻz jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.Uning qishloq mavzusidagi „Qadrdon dalalar“ (1949), „Hukm“ (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan „Qirq besh kun", "Hijron kunlari“ (1964), „Ufq boʻsagʻasida“ (1969) romanlaridan iborat „Ufq“ trilogiyasi, inson qismati turgʻunlik davri qabohatlari fonida tasvirlangan „Jimjitlik“ (1988) romani, Bolalar hayoti ifodalangan „Sherzod va Gulshod“ (1945), dunyoning etti burchiga yoyilgan „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1976), yolgʻiz moʻysafid ruhiy iztiroblari aks ettirilgan „Kuyov“ (1986) singari sahna asarlari adibning katta ijodiy imkoniyatlaridan dalolatdir. Roman-trilogiyada yozuvchi Ikkinchi jahon urushining olovli yillarida oʻzbek dehqonlarining front orqasida koʻrsatgan mehnat qahramonliklari haqida hikoya qiladi, urushdan oldingi va keyingi davr muammolari haqida fikr yuritadi. Ufq trilogiyasi'- O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad (asl ism-sharifi — Saidahmad Husanxo'jayev ) qalamiga mansub 1964-1974-yillar oraligʻida yozilgan uch qismdan iborat roman. Ilk marotaba 1976-yilda G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti tomonidan 60000 nusxali qattiq muqovada nashr etilgan. Trilogiya ikkinchi jaxon urushi, urush va urushdan keyingi yillardagi oʻzbek millati hayoti va Katta Fargʻona kanali qazilgan davrdagi voqealarini oʻz ichiga oladi.

Roman Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida boshqa nashriyotlar tomonidan ham koʻp bora qayta nashr etildi. 2015-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 912 betli qattiq muqovada chop etildi. 2019-yilda yozuvchining qizi Nodira Xusanxoʻjayeva muharrirligi ostida Sano satandar nashriyoti tomonidan 680 betli qattiq muqovada, lotin yozuvida nashr etildi

Romanda davrga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar ichida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar: Azizxon va Lutfinisa, Nizomjon va Dildor, Tursunboy va Zebixon kabi tutashgan taqdirlar hayotidagi fojialar tasvirlangan. Qiyinchiliklardan keyin qahramonlarning yana sevgiga va sadoqatga roʻbaroʻ boʻlishi, birinchi muhabbat davr va sinovlar qaʼriga singib ketishini koʻrish, jonli tasvirlar orqali tarixiy maʼlumotlar bilan tanishish, ezilgan xalqning hayot mashaqqatlarini tushunish mumkin.

== Qahramonlar

  • Ikromjon — Jannatning eri,Tursunboyning otasi, bir oyogʻidan ajralgan, arzanda va qochoq oʻgʻlining oʻlimini koʻrgan jafokash ota
  • Jannat — Ikromjonning xotini, arzanda oʻgʻil Tursunboyning onasi.
  • Nizomjon — Ikromjonning tutingan oʻgʻli
  • Tursunboy — Ikromjon va Jannatning oʻgʻli, qoʻrqoq va urushdan qochgan, ota va ona diydoridan uzoqda quvgʻindi boʻlib otasining qoʻlida jon bergan kimsa
  • Rayimberdi — rais
  • Zebi — Tursunboy sevadigan qiz
  • Azizxon — urush qahramoni
Lutfinisa-Azizxonning sevgan qizi
Akbarali- Lutfinisaning akasi

  • Dildor — Nizomjon sevgan qiz zvenodagi to‘laroq qiz

Asrora- zvenodagi qizlar boshlig'i erkakshoda qiz Karimjon- Asrora yaxshi ko'radigan yigit

  • Aʼzamjon — Nizomjonning akasi, Dildorning eri
  • Risolat — Aʼzamjonning opasi, Inoyat oqsoqolning qizi,
  • Toʻlanboy — Zebixonning pochchasi, Ikromjonning doʻsti
  • Ummatali — Azizxonning otasi

[=== Natija ===[Foydalanuvchi:Sunnatillayevna2004|Sunnatillayevna2004]] (munozara) 10:48, 13-Oktabr 2022 (UTC)

Abduqayum Yo‘ldosh (1962)

[manbasini tahrirlash]

Abduqayum Yo‘ldosh 1962 yil 29 fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Toshkent Politexnika institutini (hozirgi Texnika universiteti) bitirgan (1985). „Qaro ko‘zim. Shayx ur-rais“ (1990), „Sunbulaning ilk shanbasi“ (1998), „Timsohning ko‘z yoshlari“ (2003), „Parvoz“ (2004), „Bir tun va bir umr“ (2007) kabi kitoblari nashr etilgan.

R. Bredberi, A. Kristi, F. Braun, E. Potter hikoyalarini, Ye. Berezikovning „Buyuk Temur“ romanini (H. Shayxov bilan hamkorlikda), P. Shermuxamedovning „Buyuk Xorazmiy“ romanlarini o‘zbekchaga tarjima qilgan.

„Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan (1999).Abduqayum Yoʻldoshevning „Puankare“ asarini men yozganimda:

Bolalikdan kelajakda katta yozuvchi boʻlishni orzu qilaman. Miyamda ertaklar, hikoyalar toʻqiyman. Sekin-sekin ularni qogʻozga tushira boshlayman. Avval gazetada, toʻplamlarda koʻrinish bera boshlayman. Orzularim katta. Buyuk bolalar yozuvchisi boʻlish istagim. Qalb qoʻrimda asrab yurgan romanimni yoza boshlayman. Biroq toʻsatdan meni turmushga berishadi…

Uy, roʻzgʻor, ish … Yillar oʻtadi, bolalarni bogʻchaga ber, maktabga ber, mehmon kut, idish-tovoq, ishga bor bilan roman chala yotaveradi. Ichingda bir gʻalayon bilan yashaysan. Yetmaganiga sen tenggilar va sendan kichiklar katta shoir, yozuvchilarga aylanib ketishadi. Ekranlarda koʻrinish berib, yarangga tuz emas, qalampir sepishadi…

Endi biroz vaqt topib, qoʻlyozmalaringga qarayman deganingda koʻzing oʻtmaslashib, qoʻllaring qaltirab qolganini sezasan. Taqdirga tan berging kelmaydi, ammo … vaqt ortga qaytmaydi.

Xullas, „Puankare“ hikoyasidan olgan qisqacha xulosam.

Xudoga shukr, menda imkoniyat bor! Orzularimni Puankare gipotezasidek sarobga aylanishiga yoʻl qoʻymayman! Sunnatillayevna2004 (munozara) 11:05, 13-Oktabr 2022 (UTC)