Kontent qismiga oʻtish

Gülfem Hatun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gülfem Hatun
Tavalludi nomaʻlum
Vafoti 1561/1562
Istanbul, Usmoniylar imperiyasi
Fuqaroligi Usmoniylar imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi Sulaymon I
Bolalari nomaʻlum[⇨]

Gülfem Hatun (turkcha: Gülfem Hatun; taxminan 1561/1562-yil Istanbulda vafot etgan) – Usmoniylar sulolasi sultoni Sulaymonning kanizagi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gülfemning kelib chiqishi haqida ishonchli maʼlumotlar mavjud emas. Turk tarixchisi Nejdet Sakaoğlu Sulaymon I ning Yenishehirdagi Karahisar qishlogʻiga suv keltirish haqidagi farmonlaridan birida Gülfem nomi uchraydi. Xatda kanizakning oilasi shu qishloqdan boʻlganligini yozilgan. Sakaoğlu „Gulbahar“ nomi Sulaymonning boshqa kanizaklaridan biri Mahidevranga ishora qilmaganini, balki Gülfem ismining variantlaridan biri boʻlganini, shuningdek, u Sulaymonning uch kanizagi orasida Gülfem haqida arxivlarida eng kam maʼlumot uchrashini taʼkidlaydi[1]. Sakaoğlu ning yozishicha, tarixchi Antony Alderson turk tarixchisi Chağatoy Uluchayga ishora qilib, Gülfemni Hürremdan avvalgi kanizak sifatida koʻrsatadi. Lekin Uluchayning oʻzi uni „Hürremdan keyingi suyukli kanizaklardan biri“ taʼkidlaydi[1]. Turk tarixchisi Yılmaz Öztuna Gülfem 1511-yilda Sulaymonning kanizaklari qatoriga qoʻshilganini keltirib oʻtgan[2].

Sakaoğlu, Hürremning Sultonga yozgan maktublarida Mahidevranni tilga olmaganiga eʼtibor qaratadi, biroq uning Gülfemni tilga olgan kamida toʻrtta maktubi maʼlum. Shu bilan birga, Hurrem Gülfemni sultonning xotini sifatida yozadi[1]. Tarixchilar Hürremning maktublari uslubiga asoslanib, Gülfem u bilan yaxshi til topishgan[1][3], Sultonning sevimlilari [1] oʻrtasidagi 1533-yilda roʻy bergan[4] kurash haqiqatda Hürrem va Mahidevran [1] oʻrtasida boʻlgan degan xulosaga kelishadi[5]. Uluchayning xabar berishicha, Gülfem Hatinning maktubi saqlanib qolgan, avval Salim Yovuzga yozgan deb taxmin qilingan, ammo keyinchalik ushbu maktub shahzoda Boyazidga[3] maktub sifatida aniqlangan. Lesly Pirsning qayd etishicha, Gülfem Hatun kuniga 150 aqcha maosh olgan[5].

Uluchay Hürrem vafotidan keyin Sulaymon kanizaklari bilan aloqasi boʻlganligi, ulardan esa lekin faqat Gülfemning ismi maʼlum ekanligini yozadi[3]. Sakaoğlu ning soʻzlariga koʻra, „Ayollar saltanati“ kitobining muallifi Usmonli tarixchisi Ahmet Refik Altınay Gülfemning qatl etilishi haqida: Uskudardagi masjidni qurib bitkaza olmagach, Gülfem sulton bilan boʻladigan kechalarini boshqa kanizaklarga sota boshlagan. Sulton bu xatti-harakatni haqoratli deb hisoblab, Gülfemni boʻgʻib oʻldirishni buyurgan deya yozadi[1][3]. Uluchayning yozishicha, arxivlarda bu rivoyatning tasdigʻini topmagan[1][3], lekin 1561-yilda qurib bitkazilgan Gülfem Hatun masjidiga katta miqdorda xayr-ehson qilinganligi, shuningdek, masjidda maktab va turba borligi haqida maʼlumot bor[1]. Bundan tashqari, ChağatoyGülfem 1560—1561-yillarda qurilishi topshirilgan masjidning qurilishini nihoyasiga yetkazishga muvaffaq boʻlgan va bu masjidning faoliyat olib borishini taʼminlash uchun amalda boʻlishi kerak boʻlgan vaqf nizomini tayyorlaganligini yozadi. ChağatoyGülfemning boshqa sabab bilan oʻldirilganiga ishongan[3][6]. Gülfemning qabrida şehide (turkcha: şehid) yozuvi tushirilganligi sababli u choʻkib ketganligi tahmini ham mavjud. Sakaoğlu esa bunday yozuvlar epidemiyalar yoki baxtsiz hodisalardan vafot etganlar, shuningdek, tabiiy sabablarga koʻra vafot etganlarning qabrlarida ham boʻlgan[1].

Sakaoğlu , aniq bir sanani koʻrsatmasdan, Gülfemning 1561-yildan keyin vafot etganini va oʻz masjididagi maqbaraga dafn etilganini taʼkidlagan[1]. Uluchay Gülfem 1561—1562-(hijriy 969-yil) yillarda oʻldirilgan[3]. Arxiv hujjatlariga koʻra, Gülfem dastlab oʻz masjidi hovlisiga dafn etilgan, biroq keyinchalik qabri ustiga maqbara oʻrnatilgan. Maqbara yongʻinda vayron boʻlgach, Gülfem qabri ustidagi qabr tosh ham gʻoyib boʻladi; chinor yoniga vafot etgan sanasi xato koʻrsatilgan yangi qabr toshi oʻrnatilgan boʻlib, uni afsonaga koʻra Gülfem Hatunning oʻzi ekkan[6].

1850-yilda Gülfem rahbarligida qurilgan masjid, turba, madrasa va maktab vayron boʻlgan boʻlsa, keyinchalik, 1868—1869-yillarda davlat mablagʻlari hisobidan masjid va maktab qayta tiklangan. Madrasa va turba taʼmirlanmagan[6].

Bolalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakaoğlu ning yozishicha, Gülfem Sulaymondan boʻlgan bolalari shajara kitoblarida uchramaydi. Lekin sultonning Mahmud va Murod ismli ikki oʻgʻli boʻlgan, ular 1521—1522-yillarda vafot etgan. Ularning onalari haqida maʼlumot yoʻq; Gülfem ulardan birining yoki ikkalasining onasi boʻlgan boʻlishi ham mumkin[1]. Öztuna Gülfemni shahzoda Mahmudning onasi ekanligini yozadi[2].

Ekranlashtirilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gülfem – „Hürrem Sultan“ (2003) va „Muhtasham yuz yil“ (2011—2014) turkiy tarixiy-dramatik teleseriallaridagi qahramonlardan biri; Gülfem rolini mos ravishda Yasemin Kozanöğlu[7] va Selen Özturk[8] ijro etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 Sakaoğlu 2015.
  2. 2,0 2,1 Öztuna 1989.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Uluçay 2011.
  4. Peirce 1993, ss. 59–60.
  5. 5,0 5,1 Peirce 1993.
  6. 6,0 6,1 6,2 Üsküdar Sempozyumu 2004.
  7. «Hürrem Sultan» IMDbda
  8. «Великолепный век» IMDbda

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]