Kontent qismiga oʻtish

Moskvadagi Gʻalaba kuni paradi (2024)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Gʻalaba kuni paradi (2024)dan yoʻnaltirildi)
2024-yil 9-may kungi Qizil maydondagi paradning umumiy koʻrinishi va harbiy texnikalar
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishida ishtirok etgan askarlar.

2024-yilgi Moskvadagi Gʻalaba kuni paradi – 2024-yil 9-may kuni Qizil maydonda fashistlar Germaniyasi magʻlubiyatga uchraganligi va 2-jahon urushining Sharqiy fronti yakunlangan Gʻalaba kunining 79 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan harbiy parad.

Gʻalaba kuni Rossiyadagi muhim dunyoviy bayram boʻlib, bayramda davlat insoniyat tarixidagi eng halokatli toʻqnashuvlardan birining yakunini boʻlmish Ikkinchi Jahon urushidagi Germaniya ustidan qilgan gʻalabasini nishonlaydi. Bayram urushda katta yoʻqotishlarga uchragan, kamida 20 million sovet fuqarolari halok boʻlgan Qizil Armiyaning harbiy qudrati va maʼnaviy mustahkamligini nishonlash maqsadida boshlangan. Gʻalaba kuni 1945-yildan beri har yili 9-may kuni nishonlanadi. Bayram Rossiyada eng ahamiyatli va keng miqyosida nishonlanadigan davlat bayramlaridan biri boʻlib, butun mamlakat boʻylab paradlar va konsertlar oʻtkaziladi.

Paradning asosiy qismi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rossiya bayrogʻi SU-25BM rusumli samalyotlar tomonidan hosil qilinmoqda
Vladimir Putin i priglashyonnie gosti na fone snegopada

2024-yilgi paradda 9 ming kishi va 75 ta texnika[1], shu jumladan Ukrainaga bostirib kirganlarning alohida parad otryadi (taxminan 1000 kishi)[2] ishtirok etgan, ular orasida yettita Rossiya Federatsiyasi Qahramonlari ham bor edi[3]. Paradning piyodalardan iborat yurish qismi tugagandan soʻng, anʼanaviy ravishda mexanizatsiyalashgan kolonna yurishining boshlanishini T-34 tanki tomonidan ochib berilgan. Avtomashinalar karvoni tarkibida taktik yadro qurolini olib yurishga qodir boʻlgan „Iskander“ va „Yars“ raketa tizimlari ham bor edi[2].

Paradning havo qismida toʻqqizta Su-30 SM va MiG-29 rusumidagi rus harbiy qiruvchi samalyotlari, keyinroq oltita SU-25BM guruhi osmonda Rossiya bayrogʻi rangida tutun chiqargan[4]. Paraddan soʻng davlat rahbarlari birgalikda „Mangu olov“ poyiga gulchambarlar qoʻyishgan.

Soʻngra Vladimir Putin mehmonlar uchun ziyofat bergan[5], ular orasida Yevroosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatining vakillari: Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Kuba rahbari Miguel Díaz-Canel, Laos rahbari Thongloun Sisoulith va Gvineya-Bisau rahbari Umaro Sissoco Embaló ham boʻlgan[6][7]. Paradga KXShT, YOII, MDH, ShHT, Ittifoq davlat organlari rahbarlari taklif etilgan. Bayram tantanasiga ayrim davlatlarning elchilari va rasmiylari taklif qilinmagan[4].

Jurnalistlarning fikriga koʻra, paradda 2021-yilgi paradga nisbatan uch baravar kam texnika va besh baravar kam samolyot namoyish etilgan[8]. 2023-yilgi paradga nisbatan esa texnikalar miqdori koʻproq[2]. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, podiumda Vladimir Putinning yonida urush faxriylari[3]: Aleksandra Aleshina, 26 nafar snayperchini tayyorlagan instruktor va 1945-yilgi Gʻalaba paradi ishtirokchisi Yevgeniy Kuropatkov[9] boʻlgan. Shuningdek, Ukraina bilan boʻlayotgan urush qatnashchilari Vladimir Putinning orqasida tizilgan holda joylashgan, ulardan ikkitasi Ukraina hukumati harbiy jinoyatlarda ayblagan boʻlinmalarda xizmat qilgan[10][11].

Putin podiumdan nutq soʻzlayabdi.
  1. „Парад Победы на Красной площади. Фоторепортаж“ (ru). РБК (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.
  2. 2,0 2,1 2,2 Dixon, Robyn. „Emboldened Russia marks Victory Day with parade of nuclear-capable weapons“ (en-US). Washington Post (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 10-may.
  3. 3,0 3,1 „Парад на Красной площади в Москве: Путин вновь критиковал Запад“ (ru). Радио Свобода (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.
  4. 4,0 4,1 „В Москве прошел парад Победы“ (ru). Ведомости (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.
  5. „Приём в честь глав государств, приглашённых на торжества по случаю празднования Дня Победы“ (ru). kremlin.ru. Kremlin.ru (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.
  6. „На парад Победы в Москве прибыли лидеры девяти стран“ (ru). rbc.ru. РБК (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.
  7. Lideri kakix stran priexali na Parad Pobedi v Moskvu v 2024 godu?
  8. „В Москве прошел военный парад в честь 9 Мая“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2024-yil 9-may.
  9. „Путин принимает парад Победы на Красной площади“ (ru). TACC. Qaraldi: 2024-yil 10-may.
  10. „На параде в Москве рядом с Путиным посадили военного из дивизии, которая оккупировала Бучу“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2024-yil 9-may.
  11. Родионов, Александр „Рядом с Путиным на Параде Победы посадили военного из дивизии, которая была в Буче“ (ru-RU). «Агентство» (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 9-may.