Kontent qismiga oʻtish

Gʻarchiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gʻaristondan yoʻnaltirildi)

Gʻarchiston, Garchiston, Gʻariston – ilk oʻrta asrlarla Murgʻob daryosining yuqori oqimida joylashgan togʻli viloyat. Arab manbalariga koʻra, bu viloyat shohlari „baraz banda“ yoki „shor“ unvoni bilan yuritilgan. Shu tufayli bu viloyatni baʼzan Gʻar-jash-Shor deb ham atashgan. „Gʻarchiston“ atamasi baqtriycha „gʻar“ – „togʻlar“ yoki „gʻar-cha“ – yaʼni „togʻlik“ maʼnosida, togliklar yurti, mamlakatini anglatgan. 20-asr boshida ham Oʻrta Osiyoning past-tekisliklari aholisi Zarafshonning yuqori oqimi boʻylari va Pomirdagi togʻliklarga nisbatan „gʻalcha“ atamasini qoʻllagan.

„Shohnoma“da Gʻarchiston „Gʻarchgon“ shaklida qayd etilgan. Rivoyatlarga koʻra, Eron shohi Feruz (Peroʻz) Gʻ. hokimi yordamida birodari Hurmuzd ustidan gʻalaba qozongan. 826827 yilda Abdulloh ibn Tohir hukmronligi davrida Gʻarchiston viloyati xalifalikka 100 ming dirham va 1 yoki 2 ming qoʻy miqdorida xiroj toʻlagan. 10-asrda Gʻ. hokimlari Gʻuzganon shohiga tobe boʻlishgan. Ular somoniylarga xiroj toʻlamay, faqat sovgʻa-salom yuborganlar, xolos. Gʻ.da 10 ta shahar, qishloq va jome masjidlari boʻlgan. shaharda hokim sagyuylari, rabotlar Gʻ.ning bosh shahri Obshin (yoki bashin) Marvarrud daryosi boʻyida joylashgan. Gʻ.da yetishtirilgan sholi xuroson va Balxning boshqa shaharlariga chiqarilgan. 10-asrda Gʻ.da, shuningdek, karramiylar mazhabi tarafdorlari keng tarqalgan. Abbo-siylar xalifaligi davrida Gʻ.ning oʻz zarbxonasi boʻlgan. Gʻ.ni koʻp asrlar idora etib kelgan shoriylar sulolasi 1030 yil sulton Mahmud Gʻaznaviy tomonidan tugatilgan. 17-asrda Gʻarchiston keng, obod viloyat boʻlib, unda 50 ga yaqin qishloq, shuningdek, koʻplab togʻ qalʼalari va istehkomlari joylashgan.

  • Kamaliddinov Sh. S., Isto-richeskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazmchnsh istochnikam IX – nachala XIII vv" T., 1996.