Kontent qismiga oʻtish

Gʻilaylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻilaylik

Gʻilaylikda koʻzlar bir nuqtaga qaratilgan boʻla olmaydi.
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Oftalmologiya
KXK-10 H49H50
KXK-9 378
OMIM 185100
DiseasesDB 29577
MedlinePlus 001004
Patient UK Gʻilaylik
MeSH D013285

Gʻilaylikkoʻzning noraso holati, bunda bir koʻz qorachigʻi koʻrilayotgan buyumga toʻgʻri qaragan, ikkinchisi esa burun tomonga (yaqinlashuvchi gʻilaylik) yoki chekkaga (uzoqlashuvchi gʻilaylik) ogʻgan boʻladi.

Funksional gʻilaylik va falajlanish gʻilayligi farq qilinadi.

Funksional gʻilaylik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Funksional gʻilaylikda koʻz tashqi muskullari, ularning optik apparati yoki koʻz toʻr pardasining funksiyalari buziladi. Koʻpincha yosh bolalarda uchraydi. Bolalarda ikki koʻzning hamkorlikda normal ishlash faoliyati 2—3 yoshidan boshlab rivojlanadi. Shu davrda bola qattiq qoʻrqsa yoki qizamiq, skarlatina, difteriya, gripp kabi ogʻir yuqumli kasalliklar bilan kasallansa yoki koʻz nur sindirish faoliyati normal rivojlanmasa, funksional gʻilaylik paydo boʻladi. Uni dori-darmon, uzoq davom etadigan turli koʻz mashqlari yoki operatsiya yoʻli bilan davolash mumkin. Funksional gʻilaylikda sogʻ koʻz qoʻl bilan berkitilsa, gʻilay koʻz toʻgʻri tura oladi.

Falajlanish gʻilayligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Falajlanish gʻilayligida esa sogʻ koʻz qoʻl bilan berkitilsa, gʻilay koʻz shundayligicha turaveradi, toʻgʻriga qaray olmaydi. Chunki uning tashqi muskullari shikastlangan yoki miya qobigʻi pardalarining yalligʻlanishi natijasida butunlay falajlangan boʻladi. Bu gʻilaylikni operatsiya yoʻli bilan davolash qiyin. Gʻilay qoʻz doim yaxshi koʻrmaydi, chunki nur uning koʻz ichi sariq dogʻida emas, balki oʻsha qiyshiq koʻz qorachigʻi roʻparasidagi boshqa nuqtaga tushadi.

Gʻilaylikni qancha tez davolasa, shuncha yaxshi. Birinchi navbatda, bola koʻzini tekshirtirib, koʻzoynak taqdirish kerak. Soʻngra uning koʻrish qobiliyatini oʻstirish uchun sogʻ koʻz berkitib qoʻyib, gʻilay koʻzga turli mashqlar buyuriladi. Bular foyda bermasa, operatsiya qilinadi. Hozirgi mikroxirurgik yoʻl bilan 2—3 yashar bolalardagi gʻilaylik tuzatilmoqda.