Kontent qismiga oʻtish

Gipermetropiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gipermetropiya

Gipermetropiyani linzali korreksiyasi
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Oftalmologiya
KXK-10 H52.0
KXK-9 367.0
MedlinePlus 001020

Gipermetropiya (yun. hypermetros— haddan tashqari va opos — koʻz) (sinonimi — Uzoqdan koʻrish) — koʻz nur sindirish (refraksiya) meʼyorining buzilishi. Odatda, koʻzning nur sindirish xususiyati 3 xil boʻladi. Birinchisida koʻzga tushgan nurlar toʻr pardada sinib, koʻz narsalarni yaxshi, normal koʻradi. Ikkinchisida nurlar fokusi kalta boʻlib, ular toʻr pardaga bormay, koʻzning ichida sinib, oʻz fokusida yigʻiladi. Bunda koʻzning koʻrish xususiyati faqat yaqinga yetadi, bu yaqindan koʻrish deyiladi. Uchinchisida esa koʻzga tashqi muhitdan tushgan nurlar toʻr pardadan „koʻzning orqasi“, yaʼni „manfiy masofa“ga oʻtib ketadi. Bunda koʻz uzoqdan ham, yaqindan ham yaxshi koʻrmaydi, chunki nurlar fokusi uzokda yotadi; koʻz toʻr pardasiga faqat ayrim nurlar tushadiyu, lekin u tashqi muhitdagi buyumlar shaklini toʻliq aks ettira olmaydi.

Koʻzning nur sindirish xususiyati dioptriya bilan hisoblanib, yosh odamlarda gipermetropiya refraksiyasi ikki yoki koʻpi bilan uch darajagacha boʻlsa, uni akkomodatsiya qoplay oladi va odam 40—50 % gacha koʻrishi mumkin. Lekin bunday odamlarning koʻzi tez charchaydi, qizaradi, koʻzi va qovogʻida ogʻriq seziladi, boshi ogriydi. 40 yoshdan oshgan odamlarda esa, akkomodativ apparat yoshlarnikiday yumshoq va harakatchan boʻlmagani uchun akkomodatsiya kuchi kamayadi. Ular harflarni yaqindan oʻqiy olmaydilar. Gipermetropiya bolalarda gʻilaylikka olib keladi. Uzoqdan koʻruvchi kishilarga qavariq koʻzli koʻzoynak taqish tavsiya etiladi.[1]


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil