Kontent qismiga oʻtish

Miopiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Miopiya
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos optometry[*]
KXK-10 H52.1
KXK-9 367.1
DiseasesDB 8729
MedlinePlus 001023
MeSH D009216

Yaqindan koʻrish, miopiya - koʻrish nuqsoni; bunda yaqindagi narsalar yaxshi, uzoqdagilar esa xira koʻrinadi.

Homiladorlik davrida onaning turli infeksion kasalliklar (gripp va boshqalar), anemiya bilan ogʻrishi; yotib oʻqishga odatlanish, qorongʻida yoki engashib uzoq vaqt koʻzga dam bermay oʻqish va boshqalar yaqindan koʻrishga sabab boʻladi.

Yangi tugʻilgan bolalarda koʻz soqqasi kichkina boʻlib, bola 9—12 yashar boʻlganida u normal shaklni oladi (qarang Koʻz). Baʼzan koʻz soqqasi uzunchoqlashib, qorachiqdan toʻr pardagacha boʻlgan masofa kattalashib ketadi. Bunda uzoqdagi shakllardan keladigan parallel nurlar koʻzdagi toʻr pardaga yetmay, oʻrta yoʻlda sinib, fokusga yigʻiladi, natijada koʻriladigan buyum shakli toʻr pardada aniq aks etmay kishi uzoqni yaxshi koʻrmaydi.

Miopiya uch darajaga boʻlinadi: yengil — 3,0 D gacha, oʻrta — 3,0 D dan 6,0 D gacha va kuchli — 6,0 D dan yuqori. Miopiya darajasi koʻzga taqiladigan koʻzoynakning nur sindirish kuchiga qarab aniqlanadi. Taqilgan koʻzoynak shishasi nurlarni sindirishi tufayli koʻrinadigan tasvir toʻr pardaga tushadi. Miopiya koʻz pardalari (oqsilli, tomirli, toʻr parda) va muskullarini toliqtiradi, ular choʻzilib, koʻzning optik oʻqi uzunlashadi, natijada miopiya zoʻrayadi, bu koʻzning koʻrish qobiliyatini pasaytiradi.

Moyil qiluvchi faktorlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miopiyaning zoʻrayishiga akkomodatsiya (koʻz gavharining dam qalinlashib, dam yupqalashish qobiliyati)ning taʼsiri katta. Odatda, miopiya koʻz akkomodatsiyasi susaygan odamlarda koʻproq kuzatiladi, u naslga ham bogʻliq.

Miopik koʻrish
Normal koʻrish
Yaqindan koʻrishlik (chapda) va normal koʻrish (oʻngda)

Miopiyani kamaytirish, uni zoʻraytirmaslik uchun dastlabki belgilariga ahamiyat berish kerak. Masalan, agar oʻquvchi doskadagi yozuvni uzoqdan yaxshi koʻrmasa, kitobni engashib oʻqisa, kino yoki teatrlarda oldingi qatorga oʻtirishga harakat qilsa, tezda koʻz kasalliklari vrachiga murojaat qilishi lozim. Vrach oʻquvchini yaxshilab tekshirgach, lozim topsa, unga koʻzoynak yoki kontaktli linzadan foydalanishni tavsiya etadi.

Profilaktikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miopiyaning oldini olish uchun koʻz gigiyenasiga amal qilish, koʻzni toliqtirmaslik, uzoq vaqt engashib turmaslik, boshni birdan qattiq egib yubormaslik lozim. Kuchli darajadagi miopiyada vrach maslahatlariga amal qilish zarur.

Glasses are commonly used to address near-sightedness.
Miopik koʻz uchun linzali korreksiya.