Kontent qismiga oʻtish

Gʻulomjon Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻulomjon Abdullayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Gʻulomjon Ozodovich Abdullayev
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 11-noyabr 1998-yil (1998-11-11) (26 yosh)
Xorazm, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 2013-yildan hozirgacha
Boʻyi 165 sm
Vazni 56 – 61 kg
Mukofotlar
Sport
Qaysi sport erkin kurash
Murabbiy(lar)i Baxtiyor Sobirov
Latif Karimov

Gʻulomjon Ozodovich Abdullayev (1998-yil 11-noyabr, Xorazm, Oʻzbekiston) – oʻzbek erkin kurashchisi, Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi. 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sohibi. „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.

Toshkentning „Dinamo“ jamoasi sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Baxtiyor Sobirov va Latif Karimovlar rahbarligida tahsil olgan. Jahon sahnasidagi ilk katta muvaffaqiyatiga 18 yoshida, 2016-yil sentyabr oyida erishgan. Keyinchalik U20 yosh toifasidagi Fransiyaning Makon shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida ishtirok etib, 3-oʻrin uchun kurashda yaponiyalik Takumi Toshironi magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[1]. Shuningdek, Abdullayev bir necha bor nufuzli xalqaro turnirlar shohsupasiga koʻtarilgan. Yoshlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni. 2018-yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2021-yil aprel oyida Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati litsenziyasi turnirida Gʻulomjon Abdullayev Qirgʻiziston vakili Bekbulat Mirnazarovni magʻlub etib, Tokio Olimpiadasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi[2].

2022-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Yasar Dogu turnirida oʻz vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan[3].

Abdullayev Konyada (Turkiya) boʻlib oʻtgan Islom birdamligi oʻyinlarida oltin medalga sazovor boʻlgan[4].

Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi kurash boʻyicha jahon chempionatida 57 kg vazn toifasida ishtirok etgan.

Abdullayev 2024-yilning aprel oyida Qirgʻizistonda oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali −57 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan[5][4].

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻulomjon Abdullayev 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida Ozarbayjon vakili Aliabbas Rzazadeni 11:4 hisobida magʻlub etgan. Chorak finalda armanistonlik Arsen Xarutyunyan 12:5 hisobida Abdullayevga imkoniyatni boy bergan. Yarim final bahslarida Abdullayev AQSh vakili Spencer Lee bilan bellashadigan boʻldi. Abdullayev Leega 14:4 hisobida imkoniyatni boy berdi[6]. Bronza medali uchun kechgan bahslarda qirgʻizistonlik Bekzot Almas Uuluni 5:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va bronza medali sohibi boʻldi[7].

Sport natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Yozgi olimpiada oʻyinlari 2024 – 3rd;
  • Kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 2016 – 1st;
  • Kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 2016 – 3rd;
  • Kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati 2018 – 1st;

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]