Gʻulomjon Hojiqulov
Gʻulomjon Hojiqulov | |
---|---|
Tavalludi |
1928-yil 6-fevral |
Vafoti | 1914-yil 14-mart |
Kasbi | Qoʻshiqchi, sozanda, bastakor |
Unvoni |
Hojiqulov Gʻulomjon (1928-yil 6-fevral, Buloqboshi — 1914-yil 14-mart) — sozanda (gʻijjak), qoʻshiqchi, bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1988)[1].
Gʻulomjon Hojiqulov Andijon gʻijjakchilik maktabining yirik vakili boʻlgan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻulomjon Hojiqulov 1928-yili Andijon viloyatining Buloqboshi tumani Nayman qishlogʻida dehqon oilasida dunyoga kelgan. Onasi tufayli sanʼatga qiziqa boshlagan. Ilk musiqa saboqlarini, dastlab doira chalishni, keyinchalik gʻijjak chalishni togʻasi Ergash Abdurahmonovdan, milliy mumtoz musiqa namunalari va sozandalik sanʼatini Y.Rajabiy, K.Jabborov, S.Kalonovlardan oʻrgangan[2].
Gʻulomjon Hojiqulov 1942-yili Buloqboshining kolxoz raisi Joʻrapolvonning tavsiyasiga binoan Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Kopmartiyasi birinchi kotibi Usmon Yusupov tomonidan tuzilgan teatrga ishga qabul qilinadi. Teatrda sozanda sifatida ishlagan. Ushbu teatrda Toʻxtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Komiljon Jabborov, Saidjon Kalonov, Joʻraxon Sultonov, Maʼmurjon Uzoqov, Gʻanijon Toshmatov, Muxtorjon Murtazoyev, Ochilxon Otaxonov, Shahodat Rahimova, Tamaraxonim, Gavharxonim singari sanʼatkorlar faoliyat yuritgan va Gʻulomjon Hojiqulov ulardan sanʼat sirlarini oʻrgangan.
Gʻulomjon Hojiqulov 1945-yili Toshkentdan oʻz qishlogʻiga qaytib keladi. Dam olish maskanlarida, shuningdek, Andijon shahridagi Navoiy nomli bogʻda tashkil qilingan klubda musiqa rahbari boʻlib xizmat koʻrsatadi. 1949 — 1990-yillar davomida Gʻulomjon Hojiqulov Andijon shahridagi Yoʻldosh Oxunboboyev (hozirgi Bobur) nomidagi viloyat musiqali drama teatrida teatr jamoasida badiiy rahbar boʻlgan, bir qancha spektakllarga musiqa va qoʻshiqlar yaratgan. 1990—2003-yildan ushbu teatrda bosh dirijyor sifatida ishlagan. Bir vaqtning oʻzida konsert brigadasini boshqargan, Andijondagi shahar va qishloqlarda xasharchilar uchun xizmat qilgan.
Gʻulomjon Hojiqulov bastalagan qoʻshiqlarni Oʻrinboy Nuraliyev, Nuriddin Hamroqulov, Mahmudjon Isomiddinov, Maʼrifat Ubaydullayeva kabi Oʻzbekiston xalq artistlari va Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan artistlardan Mavluda Boymatova gamda Rustam Gʻofurovlar ijro etgan.
Gʻulomjon Hojiqulov 1995-yildan oʻgʻli Ravshanbek Hojiqulov bilan „Meros“ maqom ansambliga rahbarlik qilgan.
Gʻulomjon Hojiqulov 1998-yildan Andijon unversitetida pedagog, 2001-yildan professor boʻlib ishlagan.
Gʻulomjon Hojiqulov cholgʻu kuylar, ashulalar („Jafo qilma“, Sakkokiy gʻazali; „Xirom etgil“, Dilafkor; „Lola sayli“, Erkin Vohidov; „Nozima“, „Gul uzatsam“, P.Moʻmin; „Koʻz qorayguncha“, Hofiz va boshqalar), spektakllar (M.Boboyevning „Vatan madhi“, Abdulla Qodiriyning „Mehrobdan chayon“ asari va boshqalar)ga musiqa bastalagan. Sozanda Gʻulomjon Hojiqulov repertuaridan „Miskin“, „Ajam“, „Nasruloyi 1-4“, „Nasri Segoh 1-3“, „Sarparda“, „Pok“, „Qurbon qaytarma“ kabi cholgʻu kuy (turkum)lar oʻrin olgan. H. oʻziga xos, jozibali ovozida „Ushshoq“, „Girya 1-2“, „Azim daryo“, „Bayot“, „Dugoh“ kabi mumtoz ashula va maqom yoʻnalishlarini taqdim etgan. H. A. Ismoilov, H.Oxunova, K.Rahimov, N.Hamroqulov, A.Dadayev, Oʻ.Nuraliyevlarga ustozlik qilgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]хато ёзилибди
Gʻulomjon Hojiqulov 1914-yili 14-mart kuni vafot etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻulomjon Hojiqulovga 1988-yili "Ozbekiston xalq artisti" unvoni berilgan. 1999-yili „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Mahmudov, Avazbek. Andijon san'ati fidoiylari, To'ldirilgan 2-nashr, Akademnashr, 2018 — 226-bet. ISBN 978-9943-5226-4-0. Qaraldi: 13-iyun 2023-yil.