Gʻarbiy Shpitsbergen
Qiyofa
(G‘arbiy Shpitsbergendan yoʻnaltirildi)
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 39 044 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 1713 m. |
Eng baland nuqtasi | Newtontoppen |
Ma'muriyat | |
Davlat | Norvegiya |
Mintaqa | Shpitsbergen |
Demografiya | |
Aholisi | 2642 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Gʻarbiy Shpitsbergen - Shpitsbergen arxipelagidagi eng katta orol, Norvegiya hududi. Maydoni 39 ming km². Qirgʻoqlari fordli. Yer yuzining katta qismi togʻlik. Eng baland joyi 1712 m (Nyuton togʻi). Metamorfik va choʻkindi, qisman otqindi jinslardan tuzilgan. Soʻngan vulkanlar va issiq buloqlar bor. Hududining yarmidan ortigʻi muzlik (21,2 ming km²). Iqtimi arktika iqlimi. Yillik yogʻin gʻarbida 300–400 mm, markaziy qismida 200 mm. Asosan, qor shaklida yogʻadi. Oʻsimlik kam. Tosh-koʻmir qazib olinadi. Maʼmuriy markazi — Longir. Rezervatlar tashkil etilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |