Gagarin koʻchasi (Toshkent)
Qiyofa
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Chilonzor |
Uzunligi | 0.5 km |
Avvalgi nomlari | Bulvar koʻchasi |
Kim sharafiga nomlangan | Yuriy Gagarin |
Gagarin koʻchasi — Chilonzor tumani hududida. Chilonzor va Arnasoy koʻchalari oraligʻida. Uzunligi 0,5 km.
Shaharning janubiy-gʻarbiy hududi kengayishi munosabati bilan 1959-yil tashkil etilgan. 1961-yil 15-aprelda birinchi kosmonavt-uchuvchi Yuriy Gagarin (1934-68) xotirasini abadiylashtirish maqsadida Bulvar koʻchasi oʻrniga qoʻyilgan[1].
Koʻcha yoʻnalishida bekat, poliklinika, aloqa boʻlimi, jamgʻarma kassasi, goʻzallik saloni, koʻp qavatli turar joy binolari joylashgan. Koʻcha yaqinida „Chilonzor“ savdo markazi, Yuriy Gagarin haykali, Gagarin nomidagi kinoteatr mavjud.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.