Kontent qismiga oʻtish

Gella Vandecaveye

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gella Vandecaveye
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Belgiya bayrogʻi Belgiya
Tavallud sanasi 5-iyun 1973-yil
Kortrijk, Gʻarbiy Flandriya
Boʻyi 170 sm
Vazni 63 kg
Sport
Mamlakat Belgiya
Klubi Jita Kyoei Gent
Ogʻirlik toifasi 61 kg, 63 kg
Professional faoliyat
Havaskor faoliyat

Gella Vandecaveye (talaffuzi: Gella Vandekaveye; 5-iyun 1973-yil, Kortrijk, Gʻarbiy Flandriya) – belgiyalik dzyudochi, ikki karra yozgi Olimpiada oʻyinlari sovrindori, ikki karra jahon chempioni, yetti karra Yevropa chempioni, koʻp karra Belgiya chempioni[1].

Gella dzyudo bilan 8 yoshidan shugʻullana boshlagan. Gella yoshlar oʻrtasidagi milliy chempionatlarda barcha mukofotlarni qoʻlga kiritgan. 1990-yilda Gella yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. 1990-yilda Gella kattalar oʻrtasida Belgiya chempioni boʻladi va 1992-yildan Gella ketma-ketlikda 13 marta milliy chempionatda gʻolib chiqqan. 1992-yilda Gella Barselonadagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. Musobaqada belgiyalik sportchi 61 kggacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etgan. Gella ikki raundni ishonchli tarzda oʻtkazgan, ammo 1/4 final bosqichida germaniyalik Frauke Eickhoffga yutqazgan. Uchinchi oʻrin uchun boʻlgan raundda Gella Yelena Petrovaga yutqazib qoʻygan. 1993-yilda yosh belgiyalik dzyudochi kutilmaganda finalda oʻtgan Olimpiada oʻyinlarining kumush medali sovrindori isroillik Yael Aradni magʻlub etib, jahon chempioni boʻldi. 1994-yil bahorida Gella Polshaning Gdansk shahrida boʻlib oʻtgan kattalar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 1995-yilda belgiyalik sportchi eng yirik xalqaro chempionatlarda ikkita bronza medalni qoʻlga kiritdi[2].

1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Gella allaqachon medalga daʼvogar sifatida koʻrilgan. Belgiyalik dzyudochi 61 kggacha boʻlgan vazn toifasida finalga chiqishga muvaffaq boʻldi va u yerda yaponiyalik Yuko Emotoga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylangan. 1997-yildan boshlab besh yil davomida Gella hech kimga oʻz vazn toifasida Yevropaning eng yaxshi dzyudochisi unvonini bermagan[3]. 1997 va 1999-yillardagi jahon chempionatlarida Gella ikki marta kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2000-yilda Sidneyda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlari boshlanishidan ikki oy oldin, mashgʻulot lagerida Gella oʻng tizzasining koʻndalang boylamini uzib oladi va sportchining oʻyinlarda ishtirok etishi yoki etmasligi masalasi koʻriladi. Shunga qaramay, sportchi oʻz fizioterapevti bilan birgalikda jarohatini davolab, Sidneydagi musobaqa qatnashadi. Olgan jarohatiga qaramay, Gella 63 kggacha boʻlgan vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Butun turnir davomida belgiyalik dzyudochi chorak finalda faqat hakamlarning qaroriga koʻra boʻlajak kumush medal sohibi xitoylik Li Shufangga yutqazib, magʻlub boʻlgan. 2001-yilda Myunxenda boʻlib oʻtgan jahon chempionati boshlanishidan ikki hafta oldin Gella oshxona pichogʻini tushirib yuborishi tufayli oyogʻining bosh barmogʻini kesib oldi, ammo shunga qaramay, sportchi oʻz xarakterini namoyon eta olgan va jahon chempionatidagi ikkinchi oltin medalini qoʻlga kiritgan.

2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlari Gella uchun eng yaxshi natija olib kelmagan. Olimpiada turnirining chorak finalida 63 kggacha vazn toifasida belgiyalik sportchi sloveniyalik sportchi Urška Žolnirga, uchinchi oʻringa chiqish bosqichida esa kubalik chempion Driulis Gonzálezga imkoniyatni boy berib, Olimpiada medalisiz qolgan. Oʻsha yili Gella oʻzining sportdagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

2009-yilda Vandekavey dunyoning turli mamlakatlarida yashovchi belgiyaliklar bilan uchrashish, oʻsha yerdagi Belgiya korxonalari va elchixonalariga tashrif buyurish maqsadida koʻplab mamlakatlarga borgan. Tashrif doirasida Gella Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri Vladimir Putin[4] va Dalay Lama[5] bilan uchrashuv oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan. 2015-yilda Gellaning nomi Xalqaro dzyudo federatsiyasining shon-sharaf zaliga kiritilgan[6].

  • Yevropaning eng yaxshi dzyudochisi (4): 1994, 1998, 1999, 2001.
  • Belgiyada yilning eng yaxshi sportchisi (2): 1993, 1997.

Davlat mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Leopold I ordeni katta ofitseri (2003).

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Gella niderlandcha: Gella & Eddy, een halsbrekend duo nomli biografik kitobini yozgan.
  • 2005-yilda Gella sharafiga nominal qiymati 0,50 yevro boʻlgan pochta markasi chiqarilgan[7].
  1. „Gella Vandecaveye“. 2016-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  2. „Gella Vandecaveye“. 2016-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  3. „European Judo News, Winter 1999.“. 2021-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-noyabr.
  4. „Визит всемирноизвестной дзюдоистки Геллы Вандекавейе в Москву.“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  5. „Gella Vandecaveye schenkt dalai lama twee judogordels“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  6. „Gella Vandecaveye. Hall of fame“. 2015-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  7. Judochamp. Gella Vandecaveye