Kontent qismiga oʻtish

Gorelyef

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gorelyef (frans. haut — baland va relief — relyef, boʻrtma) — haykaltaroshlik turi. Tasvir (odam, hayvon, manzara va b.)ning yarmidan koʻprogʻi zamin sathidan boʻrttirib ishlanadi. G. Qad. Rim, Yunoniston, Hindiston meʼmorligi, haykaltaroshlik va bezak sanʼatida keng qoʻllangan (mas, Maharashtra shtati Karli qishlogʻidagi gʻorBudda ibodatxonasi, mil. av. 1-asr). Oʻzbekiston hududidagi Ayritom (12-asrlar), Varaxsha (8-asr) harobalaridan tosh va ganchdan ishlangan G.lar topilgan (raqqosa, sozanda, ot, jayran shakllari). Toshkent metrosining "Sobir Rahimov", "Buyuk Ipak yoʻli", "Mustaqillik maydoni" bekatlaridagi lavhalarda G. qoʻllangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil