Grace Dangmei

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grace Dangmei
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 5-fevral 1996-yil (1996-02-05) (28 yosh)[1]
Tavallud joyi Dimdailong, Churachandpur, Manipur, Hindiston bayrogʻi Hindiston
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Nasaf
Raqami 15
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016-2018 KRYPHSA 9 (8)
2019 Sethu FC 7 (8)
2021-2022 Gokulam Kerala 11 (4)
2022- Nasaf 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014 Hindiston U19 3 (1)
2013- Hindiston bayrogʻi Hindiston milliy terma jamoasi 45 (12)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 23-may uchun)

Grace Dangmei (1996-yil 5-fevralda tugʻilgan) — hindistonlik futbolchi, Qarshining „Nasaf klubi va Hindiston ayollar terma jamoasida hujumchi sifatida toʻp suradi.[1] Grace Dangmei 2014-yilgi Osiyo oʻyinlari va 2016-yilgi Janubiy Osiyo oʻyinlarida jamoa tarkibida boʻlgan va Shri-Lanka darvozasiga ikkita gol urgan.[2][3] 2016-yilgi SAFF ayollar chempionatida u finalning birinchi yarmida gol urdi va Hindistonga turnirda ketma-ket toʻrtinchi marta chempion boʻlishiga yordam berdi[4].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grace Manipur shtati, Churachandpur tumani, Kangvay boʻlinmasi, Dimdailong qishlogʻi Dangmei Simon Dangmei va Rita Dangmei oilasida tugʻilgan. Grace Dangmei Rongmei qabilasiga mansub[5].

Oʻyindagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grace Dangmei Dangmei KRYPHSA bilan Hindiston Ayollar Ligasining ilk mavsumida oʻynadi va yana bir mavsumni klubda oʻtkazdi. Grace Dangmei 2019-yilda IWLning 3-nashri uchun Sethuga qoʻshildi. 2018-yilgi Hindiston ayollar ligasida u eng tez rivojlanayotgan oʻyinchi mukofotiga sazovor boʻldi.[6] Grace Dangmei Sethu FC bilan 2019-yil 6-may kuni Manipur Police Sports Clubga qarshi birinchi oʻyinida dubl qayd etdi va 2018-2019 IWL mavsumida gʻolib chiqdi.

Keyin u 2021-yilda Gokulam Kerala safiga qoʻshildi[7] va vitse-kapitanlikni qoʻlga kiritdi. Keyinchalik, 2021-yil 15-iyul kuni Butun Hindiston Futbol Federatsiyasi (AIFF) ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionati 2020-2021 pilot turnirida Hindiston vakili sifatida nomzod qilib koʻrsatildi.[8] Grace Dangmei 2021-yilgi klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻyinlarida maydonga tushdi va 14-noyabr kuni Oʻzbekistonning "Bunyodkor" ayollar terma jamoasiga qarshi oʻyinda ajoyib oʻyin koʻrsatdi va ular 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.[9][10][11] Oʻsha qitʼa turnirida ular uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi. 2021—2022-yilgi mavsumda uning jamoasi Gokulam Kerala chempionlikni qoʻlga kiritdi va ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga yoʻllanma oldi.

2022-yilning 2-iyulida Grace xorijda professional shartnoma imzolagani, Oʻzbekiston Ayollar Superligasi vakili Qarshining „Nasaf“ klubi[12][13] (rasmiy nomi „Sevinch Qarshi“ PFK nomi bilan tanilgan) bilan bir mavsumlik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[14].

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grace 2014-yilda Hindiston U-19 tarkibida maydonga tushgan.

Grace Dangmei 2013-yilda OFK saralash bosqichida xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazdi va ayollar terma jamoasining doimiy aʼzosiga aylanadi.[15] Milliy terma jamoadagi 6 yil davomida u 37 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan[16]. Keyinchalik, 2019-yilgi Janubiy Osiyo oʻyinlarida ular Nepalni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdilar. Uning 2020-yilgi OFK ayollar olimpiya saralashining 2-raundida Indoneziyaga qarshi oʻyinida erishgan dubl unga shuhrat keltirdi.

Grace 2021-yilgi Manausdagi ayollar futboli xalqaro turnirida Hindistonni himoya qildi va u yerda Braziliya[17][18] va Chili kabi jamoalar bilan toʻqnash keldi. Grace Dangmei 1-dekabr kuni Venesuelaga qarshi oʻyinda 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda gol urdi[19].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro oʻyinlar va gollar
Yillar Oʻyinlar Gollar
2013 2 0
2014 0 0
2015 2 0
2016 7 3
2017 7 1
2018 3 0
2019 18 13
Jami 39 17

Xalqaro goli[tahrir | manbasini tahrirlash]

No. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2019-yil 3-aprel Thuwunna stadioni, Yangon, Myanma  Indoneziya 1 — 0 2-0 2020-yilgi ayollar olimpiya saralash turniri
2. 2 — 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston

  • SAFF ayollar chempionati : 2016, 2019
  • Janubiy Osiyo oʻyinlari oltin medali: 2016, 2019

Sethu

  • Hindiston ayollar ligasi: 2018-19

Gokulam Kerala

Manipur

  • Katta ayollar oʻrtasidagi futbol boʻyicha mamlakat chempionati: 2013-14

Individual

  • AIFF tomonidan yilning eng yaxshi rivojlanayotgan futbolchisi: 2018−19[20]
  • 2018-19 Hindiston ayollar ligasining rivojlanayotgan futbolchisi mukofoti

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Dangmei Grace profile“. AIFF. 2020-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  2. „South Asian Games 2016: Full squad for India Men and Women football team“. International Business Times. 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-fevral.
  3. „Sri Lankan men and women fastest in South Asia“. The Telegraph (2016-yil 9-fevral). 2016-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-mart.
  4. „Football: India march to fourth SAFF Women's Championship title with 3–1 win against Bangladesh“. Scroll.in (2017-yil 4-yanvar). 2017-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-mart.
  5. Adhikari. „Grace Dangmei Is Pretty Much The Pride Of Indian Women's Football But None Of Us Really Know Who She Is“. www.indiatimes.com. India Times (2019-yil 14-noyabr). 2021-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
  6. „Each Indian Women Team Player is a Star: Dangmei Grace“. Football Express (2021-yil 8-yanvar). 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-yanvar.
  7. „Hero Indian Women's League Squad“. www.the-aiff.com. All India Football Federation. 2022-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-aprel.
  8. „Gokulam Kerala FC to represent India in AFC Women’s Club Championship“ (en). The Indian Express (2021-yil 15-iyul). 2022-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  9. „AFC Women's Club Championship: Gokulam Kerala edge out FC Bunyodkor to finish third | Goa News — Times of India“ (en). The Times of India (2021-yil 14-noyabr). 2021-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.
  10. Sportstar. „AFC Women's Club C'ship: Gokulam Kerala beats FC Bunyodkor 3-1 to end campaign on a winning note“ (en). Sportstar. 2021-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.
  11. „Gokulam Kerala Beat FC Bunyodkor To End AFC Women's Club Championship Campaign On A High“ (en). Outlook India. 2021-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.
  12. „Our forward Dangmei Grace becomes the second Indian women footballer to sign a professional contract abroad. She will represent FC Nasaf next season 💯✈️ We wish her all the best! See you soon in Uzbekistan🔥👊“. Twitter (Gokulam Kerala Football Club Official) (2022-yil 2-iyul). 2022-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
  13. 08:13 GMT. „Dangmei Grace signs professional contract with Uzbekistan's FC Nasaf“. thebridge.in. The Bridge (2022-yil 2-iyul). 2022-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
  14. 15:11 IST. „Dangmei Grace signs for Uzbek Super League club“. timesofindia.indiatimes.com. The Times of India (2022-yil 2-iyul). 2022-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
  15. „Indian women's football team to play friendlies against Hong Kong, Indonesia“. sportskeeda.com. Sportskeeda (2019-yil 16-yanvar). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-noyabr.
  16. Shukla. „From defender in Manipur to forward in Indian football team: Tracing the journey of Dangmei Grace“. scroll.in. Scroll (2019-yil 24-iyul). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
  17. „WATCH | Manisha Kalyan Scores Historic Goal for Indian Womenʼs Football Team Against Brazil“ (en). News18 (2021-yil 26-noyabr). 2021-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-noyabr.
  18. „Manisha Kalyan scores against Brazil but India suffer 1-6 defeat-Sports News, Firstpost“ (en). Firstpost (2021-yil 26-noyabr). 2021-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-noyabr.
  19. „Indian women go down to Venezuela 1-2 in four-nation football tournament“. timesofindia.Indiatimes.com. The Times of India (2021-yil 2-dekabr). 2022-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
  20. „Sunil Chhetri and Ashalata Devi bag top honours at AIFF Awards“. Sportstar. The Hindu (2019-yil 9-iyul). 2020-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]