Gruzin yozuvi
Yozish tizimlari |
---|
Alifbo |
Abjad |
Abugida |
Gruzin yozuvi — gruzin tilidagi mustaqil yozuv tizimi. Soʻnggi tadqiqotlarga koʻra, gruzin yozuvi sharqiy oromiy yozuvi asosida, taxminan miloddan avvalgi 3-asrda yuzaga kelgan. Keyinchalik yunon yozuvi taʼsirida oʻzgarishlarga uchragan. Masalan, yozuv yoʻnalishi, alifbodagi tartibi oʻzgargan, baʼzi unlilar ham oʻzlashtirilgan.
Gruzin yozuvining rivojlanish jarayonida bir-biridan keskin farqlanadigan 3 shakli paydo boʻlgan: 1) sarlavhalarda uchraydigan (mtavruli) shakli; 2) satriy yozuv (nusxuru) va 3) aslzodalar yozuvi (xutsuri). Uchinchisi avvalgi ikki turidan keskin farq qilgan. Bu yozuv asosan cherkovlarda, shuningdek, harbiy sohada, aslzodalarning yozishmalarida qoʻllangan. Yangi gruzin yozuvi kitob nashri boshlanishi tufayli yuzaga kelgan (1709-yil). Hozirda gruzin yozuvi qatʼiy fonologik tartibga asoslangan (har bir fonema maʼlum grafemaga toʻgʻri keladi), 33 belgidan iborat alifbo — 5 unli, 28 undoshga ega. Bosma matnlarda, odatda, bosh harf boʻlmaydi.
Koʻrinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gruzin yozuvlari gruzin tilida yozish uchun ishlatiladigan uchta yozuv tizimidan iborat. Bular: Asomtavruli, Nusxuri va Mxedruli. Tizimlar tashqi koʻrinishidan farq qilsa-da, ularning harflari bir xil nomlar va alifbo tartibida boʻlib, chapdan oʻngga gorizontal ravishda yoziladi. Uchta skriptdan bir vaqtlar Gruziya Qirolligining fuqarolik qirol yozuvi boʻlgan va asosan qirollik nizomlari uchun foydalanilgan Mxedruli uslubi hozirda zamonaviy gruzin va unga aloqador kartvel tillari uchun standart skript hisoblanadi. Asomtavruli va Nusxuri esa faqat gruzin pravoslavlari tomonidan qoʻllanadi. Shuningdek, cherkov, tantanali diniy marosim matnlarda va ikonografiyada ham foydalaniladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Unicode Standard, V. 6.3. U10A0, p. 3
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Gruzin yozuvi haqida turkum mavjud |
- „Unicode Code Chart (10A0–10FF) for Georgian scripts“. (105 KB)
- „Transliteration of Georgian“. (105 KB)