Gulchehra Ibragimbekova
Gulchehra | |
---|---|
Tavalludi |
Gulchehra 1951-yil 24-dekabrda Samarqand shahrida |
Fuqaroligi | O'zbekiston |
Kasbi | aktrisa |
Filmlari | Suv yoqalab, Afsus, Begona bahor, Baxt ovchisi, Dev bilan pakana, Tutash taqdirlar, Shabbona |
Turmush oʻrtogʻi | Turg'unbek Ibrohimbekov |
Bolalari | bir o'g'il, ikki qizi bor |
Mukofotlari | "Mehnat shuhrati" ordeni, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist |
Gulchehra Ibragimbekova — oʻzbek teatr va kino aktrisasi[1]. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[2]. Aktrisa Gulchehra Ibragimbekova 1951-yil 24-dekabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Oilada 5 nafar farzand boʻlishgan: bir oʻgʻil va 4 qiz. Yoshligi Tojikistonning Dushanbe shahrida oʻtgan[3]. Gulchehra Ibragimbekova maktab yillarida dutor va raqs to‘garaklariga muntazam qatnashib kelgan. Maktab tadbirlaridagi chiqishlari tufayli aktyorlik sanʼatiga qiziqib qolgan[4].
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘rta maktabni tugatgach, Toshkentga kelib, Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetida tahsil oldi.
O‘qishdan so‘ng hozirgi O‘zbek Milliy akademik drama teatrida mehnat faoliyatini boshladi[5].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gulchehra Ibragimbekova 20 yoshida sinfdoshi Turgʻunbek Ibrohimbekovga[6] turmushga chiqdi. Oʻzaro turmushda bir oʻgʻil va ikki qiz dunyoga keldi. Aktrisaning turmush o‘rtog‘i Madaniyat kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan, Gulchehra Ibragimbekova ham shu kollejda dars bergan.
Ijod pallasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gulchehra Ibragimbekova aktrisa sifatida o‘nlab spektakl va filmlarda suratga tushgan. Aktrisa ushbu teatrlashtirilgan spektakllardagi rollari bilan tomoshabinga tanilgan, xususan, „Parvona“[7] spektaklidagi Nazokat obrazi[8] uni mashhur aktrisaga aylantirib, ko‘plab muxlislar orttirishiga sabab bo‘lgan.
Bundan tashqari aktrisa rejissyor Ibrohim Rasulovning 2004-yilda suratga olingan „Begona bahor“ filmidagi zolim qaynona roli bilan muxlislari yodida qolgan.
Hozirgi kunda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat koʻrsatadi.
Mashhur rollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Film va spektakllar nomi | Roli |
---|---|---|
1 | Parvona spektakli[9] | Nazokat |
2 | Begona bahor[10] | Zolim qaynona |
3 | Tutash taqdirlar[11] (rej.Zamira Begimqulova) | Sovchi |
4 | Afsus[12] | Anorani onasi |
5 | Suv yoqalab[13] | Epizod |
6 | Shabbona[14] | Baxromning onasi (Malika) |
7 | Alvido | Rustamning onasi |
8 | Baxt ovchisi[15] | Umidning onasi |
9 | Oʻtgan kunlar spektakli[16] | Oʻzbekoyim |
10 | Dev bilan pakana[17] | Epizod |
Ommada kam chiqish sababi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktrisaning hayotida quvonchli va qaygʻuli kunlar koʻp boʻlgan. Bir necha yil ichida u onasi, yolgʻiz akasi, singlisi va jiyanidan ayrildi. Bu yoʻqotishlar uning uchun katta zarba boʻldi. Shuning uchun u uzoq vaqt davomida televizorda koʻrinmaydi[18].
2021-yilda aktrisa 70 yosh yubileyini nishonladi[19].
Gulchehra Ibragimbekova „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibasi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Актриса Узбекского Национального академического театра.“.
- ↑ „Актриса Узбекского Национального академического театра.“.
- ↑ „Биография Гульчехры Ибрагимбековой“.
- ↑ „Биография Гульчехры Ибрагимбековой“.
- ↑ „Биография Гульчехры Ибрагимбековой“.
- ↑ „ТАЪЗИЯ...БУГУН ГУЛЧЕХРА ИБРОХИМБЕКОВА ОИЛАСИДА“.
- ↑ „Parvona (spektakl) | Parvona (spektakl)“.
- ↑ „“Parvona” spektaklida Yulduzxon obrazini yaratgan aktrisa Shukurjon Safayeva hozir qayerda?“.
- ↑ „Parvona (spektakl)“.
- ↑ „Begona bahor (o'zbek film)“.
- ↑ „O`zbek Milliy Seriali TUTASH TAQDIRLAR“.
- ↑ „Afsus (o'zbek film)“.
- ↑ „Suv yoqalab“.
- ↑ „Shabbona (o'zbek film)“.
- ↑ „Baxt ovchisi“. 2022-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Ўтган кунлар“.
- ↑ „Dev bilan pakana (o'zbek film)“.
- ↑ „5 Yaqin Insonidan Ayrilgan Bardoshli Aktrisa GULCHEHRA IBROHIMBEKOVA !!!“.
- ↑ „Актриса Гулчехра Иброхимбекова 70 ёш ЮБИЛЕЙ ТЎЙИДАН ВИДЕО | MASHXUR TOP AKTYOR AKTRISALAR YUBILEYDA“.