Gulnoza Matniyazova
Gulnoza Matniyazova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
10-avgust 1994-yil Xorazm viloyati, Oʻzbekiston |
Boʻyi | 168 cm (5 ft 6 in) |
Vazni | 70 kg |
Sport | |
Qaysi sport | dzyudo |
Gulnoza Jumabayevna Matniyazova (tugʻ. 10-avgust 1994-yil, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbek dzyudochisi, 70 kg vazn toifasida. XXXI Yozgi Olimpiada va XXXII Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, Jahon chempionati sovrindori, Yozgi Osiyo oʻyinlari sovrindori. IJF turnirlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbekistonlik ayol dzyudochi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gulnoza Matniyazova Urganchda dastlab murabbiy Sardor Niyozmetov, soʻngra dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Nelli Kiyamovaqoʻl ostida dzyudo bilan shugʻullana boshladi[1]. 16 yoshida dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga kirgan[2].
2013-yilda Bangkokda (Tailand) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida yarim finalda koreyalik dzyudochi Xvan Ye Sulga yutqazib, qitʼa bronza medalini[3], 2015-yilda esa Kuvaytda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida finalda moʻgʻulistonlik dzyudochi Tsend-Ayuushin Naranjargalga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[4].
2016-yili Toshkentda dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida bronza medali sohibi boʻldi. Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 70 kg vazn toifasida 1/16 finalda polshalik dzyudochi Katarjina Klisga yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunladi[5]. Toshkentdagi dzyudo boʻyicha Gran-pri bosqichida Matniyazova oltin medalni qoʻlga kiritib, IJF turnirlarida muvaffaqiyat qozongan birinchi oʻzbekistonlik dzyudochiga aylandi. 2017-yilda Toshkentda oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Gran-prida muvaffaqiyatini takrorladi va yana birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi[2].
2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 70 kg vazn toifasida yarim finalda koreyalik dzyudochi Kim Sung Yongga yutqazgan, ammo Osiyo oʻyinlarining bronza medali uchun kurashda xitoylik ayolni Chju Yaga magʻlub etgandi[6]. 2019-yilda Gulnoza yana qitʼa oltin medalini qoʻlga kirita olmadi, Fujayra shahrida (BAA) oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 70 kilogramm vazn toifasida finalda yaponiyalik Shixo Tanakaga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[7]. Uxanda (Xitoy) boʻlib oʻtgan butunjahon harbiy oʻyinlarida bronza medali sohibi boʻldi[8].
2021-yilda Bishkek (Qirgʻiziston) shahrida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 70 kg vazn toifasida u turnir finalida koreyalik Kim Sung Yonni magʻlubiyatga uchratib, ilk bor qitʼa chempioni boʻldi[9]. 2021-yil iyul oyida Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatida jamoaviy bahslarda bronza medalini qoʻlga kiritdi, ammo 70 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida ikkinchi davrada nemis dzyudochisi Jovanna Skokkimarroga yutqazib qoʻydi[10]. Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 70 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 1/16 finalda Chad Demos Memnelum dzyudochisini magʻlub etdi, ammo keyingi bosqichda gollandiyalik ikki karra Yevropa chempioni Sanna Van Deykga imkoniyatni boy berdi[11].
Gulnoza Matniyazova 2024-yilning 31-iyul kuni Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/16 finalda KXDR vakili magʻlub etdi[12]. 1/8 finalda yaponiyalik Niizoye Sakiga magʻlub boʻldi. Aralash jamoaviy bahslarda 3 ta terma jamoa vakillariga qarshi bahsda barcha bellashuvlarda g‘alaba qozondi.
Gulnoza Matniyozova Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlaridan so‘ng o‘zining professional sportchilik faoliyatini rasman yakunladi[13].
Unvon va mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Дзюдоисты начинают и...“ (ru-RU). https://yuz.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ 2,0 2,1 „UJF“. www.judo.uz. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ „Результаты Чемпионата Азии по дзюдо 2013“.
- ↑ „JUDO UNION OF ASIA“. web.archive.org (2015-yil 20-may). 2015-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Women -70 kg“. web.archive.org (2016-yil 31-avgust). 2016-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Wayback Machine“. web.archive.org (2018-yil 12-avgust). 2018-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „JudoInside - Asian Pacific Championships Fujairah Event“. www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Wayback Machine“. web.archive.org (2019-yil 12-noyabr). 2019-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Asia-Oceania Senior Championships 2021 / IJF.org“. www.ijf.org. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ https://78884ca60822a34fb0e6-082b8fd5551e97bc65e327988b444396.ssl.cf3.rackcdn.com/up/2021/05/WJC_Hungary_2021_version_20_Ma-1621521232.pdf
- ↑ „Токио-2020: дзюдоистка Гульноза Матниязова завершила своё участие в индивидуальной программе“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 15-avgust.
- ↑ „Ўзбекистонлик спортчиларнинг Олимпиададаги иштирокидан“. olamsport.com. Qaraldi: 31-iyul 2024-yil.
- ↑ „Dzyudochi Gulnoza Matniyozova faoliyatini yakunladi“. qalampir.uz. Qaraldi: 7-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Prezident Alisher Sa’dullayevni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotladi“. qalampir.uz. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.
- 10-avgustda tugʻilganlar
- 1994-yilda tugʻilganlar
- Xorazm viloyatida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Xorazm viloyati sportchilari
- Oʻzbekistonlik ayol dzyudochilar
- 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar
- 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar
- Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan dzyudochilari
- Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari kumush medali sohiblari
- Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari
- Dzyudo boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari
- 21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari
- Dzyudo boʻyicha Islom birdamlik oʻyinlari sovrindorlari
- 2021-yilgi Islom birdamlik oʻyinlarida medal sohiblari
- Oʻzbekistonning Islom birdamlik oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari
- Oʻzbekiston kishilari
- Oʻzbekistonda tugʻilganlar