Kontent qismiga oʻtish

Qozoqlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Hâ-sat-khiet-tshu̍kdan yoʻnaltirildi)
Qozoqlar
Қазақтар, قزاقتر(qashaq)
[[Fayl:
|300px]]
Umumiy aholi soni

25 million

Katta aholiga ega mintaqalar
 Qozogʻiston 13,500,000 [1]
 Xitoy 1,500,000 [2]
 Oʻzbekiston 821[3] [4]
 Rossiya 647 ming [5]
 Moʻgʻuliston 120,000
 Turkmaniston 20,000 [6]
 Qirgʻiziston 36,000 [7]
 Turkiya 10,000 [8]
 Ukraina 5,526 [9]
Eron bayrogʻi Eron 3,000 - 4,000 [10]
 Belarus 1,355 [11]
 Germaniya 1,000 [12]
Tillar
Qozoq tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
Qoraqalpoqlar, Noʻgʻaylar, Oʻzbeklar

Qozoqlar (qozoqcha: қазақтар /qɑzɑqtɑr/; ед. қазақ /qɑzɑq/) — turk urugʻlari siyosiy birlashmalaridan biri(o‘zbek ulusi kabi), qozoq ulusi, Qozogʻiston Respublikasining asosiy aholisi. Turk tilining qipchoq lahjasida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.

Qozoqlarning koʻpchiligi Qozog'iston hududida va Xitoy, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Rossiya va Gʻarbiy Mongoliya hududlarida istiqomat qilishadi.

Qozoqlarning etnogenezi turli koʻchmanchi qabilalarning uzoq muddat davomida aralashuvi sharoitida kechgan. Qozoqlarning qadimgi ajdodlariga saklar, usunlar va boshqalar kirgan. Milodning boshlarida Orol dengizidan gʻarbda qozoq etnogeneziga tasir etgan alanlar yashagan. VI—VII-asrlarda Dashti qipchoqning janubi-sharqida yashagan qabilalar Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibida boʻlgan. Bu davrda sharqdan turkashlar, telelar, qarluqlar va boshqa qabilalar kelib joylashgan. XII asr boshida hozirgi Qozogʻiston hududiga qoraxitoylar (kidanlar) bostirib kirgan, ular mahalliy turkiy aholi bilan aralashib ketgan. XIII asr boshida moʻgʻullar istilosi davrida Moʻgʻuliston va Oltoydan naymanlar, kereitlar va boshqa qabilalar kirib kelgan. Oltin Oʻrda parchalanishi bilan XV asr oʻrtasida, Oʻzbek xonligidagi oʻzaro nizolar natijasida bu qabilalarning katta qismi janubi-sharqqa, Moʻgʻuliston davlati tarkibiga kirgan. XVI asr boshida gʻarbga qaytib kelgan qozoq qabilalari Qozoq xonligiga birlashadi. Shu bilan qozoq elatining shakllanish jarayoni tugallangan. Qozoqlarning qabila-urugʻlari tarixan 3 guruhga boʻlinib, alohida hududlarda yashaganlar. Ular juzlar deb atalgan (Katta juz, Kichik juz, Oʻrta juz). Tarixda asosiy mashgʻuloti koʻchmanchi chorvachilik, janubdagi baʼzi vohalarda sugʻorma dehqonchilik boʻlgan.

Qozoqlar soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butun dunyo boʻyicha qozoqlar soni 20 million kishinini taskil qiladi.

Qozogʻistonda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoylik qozoqlar ona tilini yaxshi saqlab qolgan, Xitoyda 1,5 million qozoq yashaydi. Ular uchun qozoq tilidagi maktablar, radio eshittirishlar muntazam ravishda ishlab turibdi, lekin Xitoydagi qozoqlar Qozogʻistonga koʻchib kelish soni ortmoqda.

Oʻzbekistondagi qozoqlar uchun yaxshi sharoit yaratilgan, ular uchun Oʻzbekistonda 528 ta aralash va qozoq tiligagi maktablar faoliyat yuritmoqda. Qozoq milliy teatri ham ish yuritmoqda va toshkent viloyatida „Nurli jol“ nomli gazetasi ham chiqariladi. Oʻzbekistonda deyarli hamma qozoqlar davlat tilini yaxshi bilishadi. O'zbekistonda qozoqlar juda yuqori lavozimlarda ishlashadi. Masalan, Sunatulla Bekenov, Tursinxan Xudaybergenov O'zbekiston Prezidenti maʼmuriyatida ishlashadi.[14]

Rossiyalik Qozoqlarning koʻpchiligi oʻz ona tilini bilishmaydilar, ular uchun Rossiyada faqatgina oz miqdorda qozoq sinflari mavjud.

Qozoqlarning deyarli hammasi islom dinining sunnat tarmogʻida.

Tili va yozuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozoqlar qozoq tilida gaplashadi. Ularning alifbosi krillcha. Hozirgi kunda lotin alifbosiga oʻtishni rejalashtirayaptilar.

Milliy oshxonasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozoqlarning milliy taomi — et, qazi-qarta, qimiz va boshqalar.

Qozoq milliy oshxonasi keng koʻlamda goʻsht, sut-qatiq, xamir ovqatlardan iboratdir. Yozda qozoq oilalarida ayron, suv bilan aralashtirilgan qatiq sovuq holida ichiladi. Unga bugʻdoy, guruch solishadi. Ayron va qatiqdan qurut, suzma qilinadi. Qurut boʻgʻirsoqqa oʻxshab yumaloqlanadi va quyosh taftida quritiladi. Achchiq choy juda shifobaxshdir. Choyga sut yoki suzma qoʻshib qaynatiladi. Qimiz, ot suti boʻlib, u ham sogʻliq uchun foydalidir. Qozoq xalqining eng mashhur milliy taomi — beshbarmoqdir. Beshbarmoq, asosan, xamir, ot goʻshtidan tayyorlanadi. Katta kosa bilan shoʻrva tortiladi. Qozoq xalqi un mahsulotidan boʻgʻirsoq, qatlama, somsa va un bulgʻab qatlamali nonlar yopishadi.

Milliy sporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy sport turi — poyga, kurash, koʻkpar.

Urf odatlari keladigan boʻlsak, ular tarixda koʻchmanchi xalq boʻlganlar shuning uchun qozoqlarning milliy naqshlarida qoʻy, buqa va boshqa xayvonlarning muguzlari tasvirlangan boʻladi. Ularning milliy kiyimlari ham qashqir, tulki va boshqa xayvonlarning teridan tikilgan.

Taniqli qozoqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqa maqollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по отдельным этносам на 1 января 2012 года.“. 2012-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr.
  2. Census 2000 counts 3.25 mln Kazakhs The Kazak Ethnic Group, later the Kazakh population had higher birth rate, but some assimilation processes were present too. Estimations made after the 2000 Cesus are claiming Kazakh population share growth (was 0,104 % in 2000), but even if this share value was preserved at 0.104 % level it would be no less than 3.4 mln in 2008
  3. 3,0 3,1 „Опубликованы данные об этническом составе населения Узбекистана“. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  4. Kazakh population share was constant at 4.1 % in 1959—1989, CIA estimates (Wayback Machine saytida 2019-01-05 sanasida arxivlangan) this share declined to 3 % in 1996. Official Uzbekistan estimation (E. Yu. Sadovskaya „Migration in Kazakhstan in the beginning of XXI century: main tendentions and perspectives“ ISBN 978-9965-593-01-7) in 1999 was 940,600 Kazakhs or 3.8 % of total population. If Kazakh population share was stable at about 4.1 % (not taking into account the massive repatriation of ethnic Kazakhs (Oralman) to Kazakhstan) and the Uzbekistan population in the middle of 2008 was 27.3 mln, the Kazakh population would be 4.1 mln. Using the CIA estimate of the share of Kazakhs (3 %), the total Kazakh population in Uzbekistan would be 0.8 mln
  5. 5,0 5,1 „Russia National Census 2010“. 2021-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-sentyabr.
  6. In 1995 Kazakh poulation was 86,987 [1] (Wayback Machine saytida 2013-05-23 sanasida arxivlangan) or 1.94 % population total. Later was a massive pepartriation of ethnic Kazakh population (oralman) to Kazakhstan: 22,000 before 2001 and 38,000-40,000 in 2001—2007. Press reports are claiming [2] (Wayback Machine saytida 2013-05-23 sanasida arxivlangan), [3] (Wayback Machine saytida 2013-05-23 sanasida arxivlangan), [4] (Wayback Machine saytida 2013-05-23 sanasida arxivlangan) the most part of Kazakhs had left Turkmenistan
  7. In 2009 National Statistical Committee of Kyrgyzstan. National Census 2009 [sayt ishlamaydi]
  8. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-sentyabr.
  9. Ukrainian population census 2001: Distribution of population by nationality. Retrieved on 23-aprel 2009-yil (Wayback Machine saytida 2012-01-17 sanasida arxivlangan)
  10. arxiv nusxasi, 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-09-23
  11. population census 2009: National composition of the population.
  12. http://www.botschaft-kaz.de/ru/index.php?option=com_content&view=article&id=24&Itemid=35 (Wayback Machine saytida 2012-10-16 sanasida arxivlangan) Kazakh diaspora in German
  13. Ботагоз Ракишева. Некоторые аспекты этничности казахов Китая. Центральная Азия и Кавказ (Wayback Machine saytida 2022-01-11 sanasida arxivlangan). Том 18. Выпуск 2, 2015.
  14. https://centrasia.org/person2.php?st=1199300311