Kontent qismiga oʻtish

Qoraxitoylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qoraxitoylar - kidanlar davlati tor-mor etilgach (1125), Urta Osiyoga kelgan kidanlar va ulardan ilgariroq bu yerga koʻchib kelgan kidanlarga (16 ming oila) oʻrta asr muarrixlari tomonidan berilgan nom. 12-asr oʻrtasi — 13-asr boshlarida 18 yoshga toʻlgan barcha Q. Qoraxitoylar davlatini tuzgan kidanlarning Yelyuy urugʻidan chiqqan gurxonlarning qoʻshinida harbiy xizmatni oʻtashgan. Q.ning asosiy qismi Talas va Chu daryolari vodiysida chorvachilik bilan mashgʻul boʻlganlar. Q.da patriarxal-urugʻchilik tuzumi qoldiqlari bilan uygʻunlashib ketgan mulkchilik munosabatlari ustuvor boʻlgan, biroq ayollar katta huquqqa ega edilar. q. buddaviylar boʻlsa-da, osmon, yer va ajdodlar ruhiga qurbonlik qilishgan. Chingizxoyusht maslahatchisi Yelyuy chuqay Q. orasida boʻlganida ularning yuksak adabiy fazilatlarga ega dosto-nini yozib olgan. Keyinchalik q. qoʻshni turkiy xalqlar tarkibiga singib ketishgan. Qirgʻiz, qozoq va qoraqalpoqlar tarkibida Q. qabila-urugʻ nomi uchraydi. Q. moddiy madaniyati obidalari tadqiq etilmagan.