Habib ibn Abu Ubayda al-Fihriy
Habib ibn Abu Ubayda al-Fihriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Vafoti |
741-yil oktyabr Fos shahri yaqinidagi Sebou daryosi |
Munosabatlari |
Uqba ibn Nafiy (bobosi) Yusuf ibn Abdurahmon al-Fihriy (nevarasi) |
Bolalari |
|
Ota-onasi | Abu Ubayda ibn Uqba |
Faoliyati | Umaviylar xalifaligi |
Janglari |
Musulmonlarning Pireney yarim orolini bosib olishi
|
Habib ibn Abu Ubayda al-Fihriy (arabcha: حبيب بن أبي عبيدة الفهري) (741-yil oktyabr oyida vafot etgan) – mashhur Fihriylarlar oilasidan boʻlgan arab harbiy qoʻmondoni, Ifriqiya (Tunis) va Al-Andalusning (Ispaniya) ilk tarixida muhim rol oʻynagan[iqtibos kerak].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Habib ibn Abu Ubayda al-Fihriy musulmonlarning Magʻribni zabt etish harakatlariga boshchilik qilgan Uqba ibn Nafiyning nabirasi boʻlgan. Habib Qayravonning yetakchi Fihriylar oilasidan boʻlgan[iqtibos kerak].
Habib ibn Abu Ubayda Ifriqiya hokimi Muso ibn Nusayrning Ispaniyani zabt etish uchun qilgan 712-yilgi yurishlarida ishtirok etgan. 714-yilda Musoning oʻgʻli Abdulaziz Ispaniyada hokim oʻrinbosari boʻlgan va aynan shu yilda Habib ham shu lavozimga tayinlangan. Ibn Xaldunning taʼkidlashicha, 716-yilda Habib Abdulazizni oʻldirish farmonini olgan, uni oʻldirib, uzilgan boshini Damashqqa olib kelgan va xalifa Sulaymon ibn Abdulmalikka taqdim qilgan[1][iqtibos kerak].
Shundan keyin Habib Shimoliy Afrikaga qaytib kelgan. Ubaydulloh ibn al-Habhob 734-yildan Ifriqiya hokimi lavozimida xizmat qilgan vaqtda Habib Ifriqiya qoʻshinining yetakchi qoʻmondonlaridan biriga aylangan. Ubaydulloh harbiy masalalarda Habibga katta ishonch bildirgan[iqtibos kerak].
735-yilda Habib ibn Abu Ubayda arab qoʻshinlarining Marokash janubidagi Sous vodiysini bosib olishga qaratilgan yurishlariga boshchilik qilgan[2][iqtibos kerak ].
740-yil boshida Habib Sitsiliyaga qarshi yirik arab qoʻshinini boshqargan, ushbu yurish birinchi bor orolni keng koʻlamda bosib olishga qaratilgan urinish boʻlishi mumkin. Siracusani qisqa muddat davomida qamal qilib, hudud aholisini soliq toʻlashga majjbur qilgan[iqtibos kerak].
Habib yoʻqligida Magʻribning gʻarbida Berberlar qoʻzgʻolon koʻtargan. Berberlar yetakchisi Maysara al-Matgʻoriy qoʻzgʻolon boshlanishini Habib Ifriqiya armiyasining asosiy qismi bilan Sitsiliyaga joʻnab ketguniga qadar ortga surgan. Qoʻzgʻolon koʻtarilganligi haqidagi xabarni eshitgan Habib Sitsiliyaga yurishini toʻxtatgan va qoʻzgʻolonni bostirish uchun qoʻshinini tezda Afrikaga joʻnatgan[iqtibos kerak].
Habibning Abdurahmon, Ilyos, Abdulvoris va Imron ismli oʻgʻillarni boʻlgan. 745-yilda ular Ifriqiyani egallab, shaharga hukmronlik qilgan[3][iqtibos kerak].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ibn Khaldun reports that Habib found Abd al-Aziz in public prayer in a mosque, and when Abd al-Aziz began reciting the 69th Sura (Al-Haaqqa, 'the inevitable eventʼ), Habib burst out „You brought this event on yourself, you son of a whore!“ and struck his head off with his sword. See Ibn Khaldun, p. 355
- ↑ Ibn al-Hakem
- ↑ Hrbek, p. 308
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ibn Khaldun, Histoire des Berbères et des dynasties musulmanes de l’Afrique, 1852 trans., Algiers.
- Hrbek, Ivan (1992), Africa from the Seventh to the Eleventh Century, 3rd, University of California Press
- Julien, Charles-André, Histoire de l’Afrique du Nord, des origines à 1830, édition originale 1931, réédition Payot, Paris, 1961
- Abd al-Wahid Dhannun Taha, The Muslim conquest and settlement of North Africa and Spain, 1989, London, Routledge.