Kontent qismiga oʻtish

Musulmonlarning Magʻribga istilosi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Musulmonlarning Magʻribga istilosi
Arab istilolari va Arab–Vizantiya urushlarining bir qismi
Sanalar milodiy 647–709
Urush yeri Magʻrib, Shimoliy Afrika
Natija Musulmonlarning gʻalabasi
Hududiy
oʻzgarishlar
Magʻrib Umaviylar nazorati ostiga oʻtgan
Qoʻmondonlar
Amr ibn al-Os
Abdulloh ibn Saʼd ibn Abu Sarh
Zubayr ibn Avvom
Uqba ibn Nafiy
Abu al-Muhojir Dinor
Muso ibn Nusayr
Hassan ibn al-Noʻmon
Toriq ibn Ziyod
Zuhayr ibn Qays
Gregory the Patrician
Kahina
Kusayla
John the Patrician
Julian (Ceuta)
Kuchlar
Roshidun xalifaligi
Damashq xalifaligi
Vizantiya imperiyasi
Altava qirolligi
Aurès qirolligi
Kabiliya konfederatsiyasi[1]
Ouarsenis qirolligi
Hodna qirolligi
Bir qancha qabilalar va kichik davlatlar
Visigothic qirolligi

Musulmonlarning Magʻribga istilosi (arabcha: فَتْحُ اَلْمَغْرِب) yoki Arablarning Shimoliy Afrikani bosib olishi Roshidun va Umaviy xalifaliklari tomonidan 647-yilda boshlanib, 709-yilda Vizantiya imperiyasi oʻzining qolgan soʻnggi qal’alarini xalifa al-Volid I ga boy berishi bilan yakunlangan.

Milodiy 642-yilga keli, b xalifa Umar boshchiligida arab musulmon kuchlari Mesopotamiya (milodiy 638), Suriya (milodiy 641), Misr (milodiy 642) ustidan nazoratni oʻrnatdilar va Armanistonni bosib oldilar (milodiy 642). Avval bir-birlariga qarshi jang olib borgan Vizantiya va Sosoniylar imperiyalari oʻrtasida boʻlingan barcha hududlar musulmonlar qoʻliga oʻtdi va Nahovand jangida Fors qoʻshinlarini magʻlubiyatga uchratib, Sosoniylar davlatining bosib olinishi bilan yakunlandi. Aynan oʻsha paytda ilk bor Misrning gʻarbiy qismidagi Shimoliy Afrika hududlariga arab harbiy yurishlari boshlangan va yillar davomida davom etgan. Bu esa islom dinining yanada keng tarqalishiga yordam bergan.

644-yilda Madinada Umarning oʻrniga Usmon xalifalikka tayinlandi. Usmonning oʻn ikki yillik hukmronligi davrida Armaniston, Kipr va hozirgi Eronnning butun hududlari kengayib borayotgan Roshidun xalifaligi tarkibiga qoʻshildi. Afgʻoniston va Shimoliy Afrika Rodosdan Pireney yarim orolining janubiy qirgʻoqlarigacha boʻlgan yirik bosqinlar va musulmon dengiz reydlarining nishoni boʻlganligi sababli, Vizantiya dengiz floti Oʻrta yer dengizining sharqiy qismida magʻlubiyatga uchradi.

Bosqinchilik tarixiga oid manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng qadimgi arab rivoyatlari ibn Abdulhakam, al-Balozuriy va Xalifa ibn Xayyotga tegishli bo'lib, ularning barchasi IX asrda, birinchi bosqinlardan taxminan 200 yil o'tib yozilgan. Biroq ushbu rivoyatlar u qadar batafsil emas. Robert Brunschvig Ibn Abdulhakamning "History of the Conquest of Egypt and North Africa and Spain" (Misr, Shimoliy Afrika va Ispaniyani zabt etish tarixi) asari haqida ushbu kitob Molikiyqonunchiligining nuqtalarini yoritish maqsadida yozilgan va tarixni hujjatlashtirishga mo‘ljallanmagan bo‘lib, unda tasvirlangan ba’zi voqealar, ehtimol, tarixiy bo‘lmasligi mumkin deya ma'lumot bergan[2].

XII asrdan boshlab Qayravon olimlari Ibrohim ibn ar-Raqiq tomonidan yakunlangan istilo tarixining yangi versiyasini yaratishga kirishdilar. Ushbu versiya to'liq ko'chirilgan va ba'zan keyingi mualliflar tomonidan interpolyatsiya qilingan. XIV asrda Ibn Izoriy, Ibn Xaldun va an-Nuvayriy kabi olimlar tomonidan o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqqan.

  1. „L'Islamisation du maghreb central (Viie-xie siècle)“, Islamisation et arabisation de l'Occident musulman médiéval (Viie-xiie siècle), Bibliothèque historique des pays d'Islam. Éditions de la Sorbonne, 16 October 2015 — 103–130-bet. ISBN 9782859448738. 
  2. Brunschvig 1975.
  • Haykal, Muhammad Husayn. Al Farooq, Umar, 1944. 
  • Robert Brunschvig, „Ibn Abd al-Hakam et la conquète de l’Afrique du Nord par les arabes“, Al-Andalus, 40 (1975), pp. 129–179
  • A. Benabbès: „Les premiers raids arabes en Numidie Byzantine: questions toponymiques.“ In Identités et Cultures dans l’Algérie Antique, University of Rouen, 2005 (ISBN 2-87775-391-3)
  • Will Durant, The History of Civilization: Part IV—The Age of Faith. 1950. New York: Simon and Schuster.
  • Edward Gibbon, History of the Decline and Fall of the Roman Empire, Chapter 51.
  • Charles Scott Kimball, A History of Europe. 2001. And A History of Africa. 2004. Published online at The Xenophile Historian, general world history pages.
  • Yves Modéran: „Kusayla, l’Afrique et les Arabes.“ In Identités et Cultures dans l’Algérie Antique, University of Rouen, 2005 (ISBN 2-87775-391-3).
  • Ahmed Siraj: L’Image de la Tingitane. L’historiographie arabe medievale et l’Antiquite nord-africaine. École Française de Rome, 1995. ISBN 2-7283-0317-7.
  • James Trager, editor, The Peopleʼs Chronology. 1979. New York: Holt, Rinehart and Winston. ISBN 0-03-017811-8
  • Luis Garcia de Valdeavellano, Historia de España. 1968. Madrid: Alianza. Quotes as translated from the Spanish by Helen R. Lane in Count Julian by Juan Goytisolo. 1974. New York: The Viking Press, Inc. ISBN 0-670-24407-4