Birinchi fitna
Birinchi fitna | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Islomiy fuqarolar urushlarining birinchisi | |||||||
Ali boshqaruvidagi hudud
Muoviya boshqaruvidagi hudud | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
Roshidun xalifaligi | Oysha kuchlari Muoviya I kuchlari | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Ali Ammar ibn Yasir Malik al-Ashtar Zubayr ibn Avvom Muoviya I Amr ibn al-As |
Oysha Talha ibn Ubaydulloh |
Birinchi fitna (arabcha: فتنة مقتل عثمان (fitnat maqtal Usman)) yoki Birinchi islomiy fuqarolar urushi – Roshidun xalifaligida bir necha musulmon guruh oʻrtasida sodir boʻlgan janglar[1]. Urush Roshidun xalifalarning hokimiyatdan chetlatilishi hamda Muoviya I ning xalifa deb eʼlon qilinishi, shuningdek, Umaviylar sulolasining tashkil qilinishi bilan yakunlangan. Birinchi fitna janglari davomida musulmonlar sunniylar, shialar va xorijiylarga boʻlina boshlagan.
Urush xalifa Usmon ibn Affonning 656-yilda isyonchilar tomonidan oʻldirib ketilishi ortidan boshlangan. Uning oʻlimi ortidan Ali xalifa etib tayinlangan. Janglar Alining toʻrt yillik hukmronligi davomida toʻxtamagan. Nihoyat, 661-yilda Alining vorisi Hasan ibn Ali ilk umaviy xalifa Muoviya I hukmronligini tan oluvchi bitimni imzolaganidan keyin toʻqnashuvlar oʻz yakuniga yetgan.
656-yil 17-iyunda misrlik isyonchilar xalifa Usmon ibn Affonni Madinada oʻz uyida oʻldirgan. Uning oʻlimidan keyin Ali xalifa deb eʼlon qilingan. Ammo bu qarordan norozi taraflar Aliga qarshi kurashishda davom etgan. Xususan, Talha va az-Zubayr kabi ayrim sahobalar hamda Muhammad paygʻambarning bevasi Oysha tarafdorlari unga qarshi kurashgan. Usmonning qarindoshi, Suriya hokimi Muoviya I ham Aliga qarshi urush eʼlon qilgan. 657-yil Furot daryosi yaqinida sodir boʻlgan Siffin jangida Ali qoʻshinlari Muoviya qoʻshinlarini magʻlub qilgan, ammo u raqiblari bilan kelishishga rozi boʻlgan. Alining oʻn mingdan oshiq askari bu qarordan norozi boʻlib, jangni tark etgan va xorijiylar diniy-siyosiy oqimni tuzgan. 661-yil 19-yanvarda Ibn Muljam Alini yaralagan, xalifa ikki kun oʻtib vafot etgan.
Ali vafotidan keyin uning oʻgʻli Hasan ibn Ali tarafdorlari uni Iroqda xalifa deb eʼlon qilgan va Muoviya I hokimiyatiga qarshi kurashni yangitdan boshlashga daʼvat etgan. Ammo Hasan Muoviya I bilan muzokara olib borib, u bilan kelishgan, oʻziga inʼom etilgan katta mablagʻ hisobiga hokimiyatga daʼvo qilishdan voz kechgan. Shu bilan Birinchi fitna janglari oʻz yakuniga yetgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ P. J. Bearman, ed (2000). "Umayyads" (inglizcha). The Encyclopedia of Islam. X. Leiden—New York: E. J. Brill. 840-847 b.