Hamdam Qarshiyev
Qiyofa
Hamdam Qarshiyev | |
---|---|
Ҳамдам Қаршиев | |
Oʻzbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar boʻyicha vazir oʻrinbosari general-mayor | |
Mansab davri 2019 | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Azizbek Ikromov |
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshligʻi | |
Mansab davri – 2021 | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Shavkat Mamajonov |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi boshligʻi | |
Mansab davri 2017 | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzosi | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari | |
Mansab davri 2016 – 2017 | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari | |
Mansab davri 2013 – 2016 | |
Prezident | Islom Karimov |
Transportda IIB Tergov boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari | |
Mansab davri 2009 – 2013 | |
Prezident | Islom Karimov |
Toshkent shahar Yakkasaroy IIB tergov boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari | |
Mansab davri 2009 – 2009 | |
Prezident | Islom Karimov |
Olmazor tumani IIB navbatchi yordamchisi lavozimlarida ishlagan | |
Mansab davri 1992 – 2009 | |
Prezident | Islom Karimov |
Olmazor tumani IIB patrul-post xizmati rotasi militsioneri | |
Mansab davri 1991 – 1992 | |
Prezident | Islom Karimov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
29-sentyabr 1970-yil Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlim | Toshkent davlat yuridik instituti |
Mukofotlari | Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist |
Unvoni | General-mayor |
Hamdam Aliqulovich Qarshiyev (1970-yil, 29-sentyabr, Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati, OʻzSSR) — O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar bo‘yicha vazir o‘rinbosari general-mayor[1][2][3]. 1997-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — huquqshunoslik, boshqaruv mahorati. Mehnat faoliyatini 1987-yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida boshlagan. 2015-yil 27-avgustida Oʻzbekiston prezidenti farmoniga binoan „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1991—1992-yillarda Toshkent shahar Olmazor tumani IIB patrul-post xizmati rotasi militsioneri;
- 1992—1997-yillarda shahar Olmazor tumani IIB navbatchi yordamchisi;
- 1997—2001-yillarda — Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘linma tergovchisi;
- 2001—2004-yillarda Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi narkotrafik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘linmasi katta tergovchisi;
- 2004—2007-yillarda Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi narkotrafik va giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha bo‘linmasi bo‘linma boshlig‘i;
- 2007—2009-yillarda Olmazor tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari;
- 2009-yilda Toshkent shahar Yakkasaroy IIB tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari — tergov bo‘limi boshlig‘i;
- 2009—2013-yillarda Transportda IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — tergov bo‘limi boshlig‘i;
- 2013—2016-yillarda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan;
- 2016—2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy taʼminlash departamenti direktori (bir vaqtning oʻzida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi aʼzosi ham)[4];
- 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi boshligʻi[5];
- 2018—2019-yillarda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondoni[6];
- 2019—2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshlig‘i)[7][8][9];
- 2021-yildan O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi raisining o‘rinbosari;
- 2022-yildan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2012-yilda „O‘R IIB aʼlochisi“ ko‘krak nishoni;
- 2015-yilda „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist“ faxriy unvoni;
- 2018-yilda III darajali „Namunali xizmatlar uchun“ ko‘krak nishoni;
- 2019-yilda II darajali „Namunali xizmatlar uchun“ ko‘krak nishoni;
- 2020-yilda I darajali „Namunali xizmatlar uchun“ ko‘krak nishoni;
- 2020-yilda „Mehr-saxovat“ ko‘krak nishoni;
- 2021-yilda „Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi“ ko‘krak nishoni;
- 2021-yilda „Mudofaa vazirligi aʼlochisi“ ko‘krak belgisi;
- 2021-yilda „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni
- 2021-yilda II darajali „Shon-sharaf“ ordeni;
- 2022-yilda „O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi“ esdalik nishoni
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Shavkat Mirziyoyev 5 nafar ofitserga general unvonini berdi“ (2023-yil 13-yanvar).
- ↑ „O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari almashdi“ (2019-yil 23-noyabr). 2023-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
- ↑ „Name index (by surname)“. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Adliya vaziri oʻrinbosari yangi lavozimga tayinlandi“ (2017-yil 19-iyun). Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
- ↑ „Adliya vaziri o‘rinbosari IIVda yangi lavozimga tayinlandi“ (2017-yil 17-iyun). Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
- ↑ „Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi“ (2019-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
- ↑ „Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi“ (2019-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
- ↑ „Qurolli Kuchlar akademiyasiga yangi boshliq tayinlandi“ (2021-yil 23-mart). Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
- ↑ „КАРШИЕВ Хамдам Алигулович“. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.