Haruka Tachimoto
Haruka Tachimoto | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Tavallud paytidagi ismi | yaponcha: 田知本 遥 |
Fuqaroligi | Yaponiya |
Tavallud sanasi |
3-avgust 1990-yil Imizu, Toyama, Yaponiya |
Vazni | 70 kg |
Sport | |
Qaysi sport | dzudo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Olimpiada oʻyinlari | ||
Oltin | Rio-de-Janeyro 2016 | 70 kg gacha |
Dzudo bo'yicha Jahon chempionati | ||
Oltin | Rio-de-Janeyro 2013 | jamoa |
Bronza | Chelyabinsk 2014 | jamoa |
Dzyudo bo'yicha Osiyo chempionati | ||
Kumush | Abu-Dabi 2011 | 70 kg gacha |
Haruka Tachimoto (yaponcha: 田知本 遥; tugʻ. 1990-yil 3-avgust, Imizu, Toyama, Yaponiya) — yaponiyalik dzyudochi, 70 kg gacha vazn toifasida, Yaponiya terma jamoasi aʼzosi[1]. 2012-yilgi Yozgi Olimpada oʻyinlari ishtirokchi va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni[2].
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yil 3-avgustda Haruka Tachimoto Imizu shahrida tugʻilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tachimotoning xalqaro miqyosdagi birinchi muvaffaqiyati 2007-yilda 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatidagi gʻolib boʻldi. 2008-yilda Bangkokda (Tailand) oʻtkazilgan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2009-yilda esa Parijda (Fransiya) bu unvonni muvaffaqiyatli himoya qildi. 2011-yilda Koreya Respublikasi sportchi Hwang Ye-Sulga yutqazib, Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2012-yilda u Parijda boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida va Yaponiya chempionatida gʻolib chiqdi.
2012-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) oʻtkazilgan birinchi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Haruka ettinchi oʻrinni egalladi. U kubalik Onix Cortésni magʻlub etib, keyin xitoylik sportchi Chen Feiga va niderlandiyalik sportchi Edith Boschga yutqazdi[3].
2013-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasi bilan chempion boʻlgan, 2014-yilda esa umumjamoa hisobida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2015-yilda Tachimoto Tyumen (Rossiya) va Parijda (Fransiya) oʻtkazilgan, Yaponiya chempionati va „Katta dubulgʻa“ turnirlarida gʻolib chiqdi. 2016- yilda u Parijda boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi va Yaponiya chempionatida gʻolib chiqdi.
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Haruka Tachimoto 70 kg gacha vazn toifasida finalda kolumbiyalik Yuri Alvearni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ arxiv nusxasi, 2016-11-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-06-21
- ↑ JudoInside — News — Haruka Tachimoto added the last piece of her golden puzzle
- ↑ Haruka Tachimoto, Judoka, JudoInside
- ↑ https://www.olympedia.org/athletes/120790