Kontent qismiga oʻtish

Hazal Kaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hazal Kaya
Tavalludi
Leyla Hazal Kaya

1-oktyabr 1990-yil (1990-10-01) (33 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi Istanbul Bilgi Universiteti
Faoliyat yillari 2006-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Ali Atay (turm. 2019)
Veb-sayti hazalkaya.com.tr

Leyla Hazal Kaya (1990-yil 1-oktabr)[1] – Aşki Memnu, Adini Feriha Koydum, Bizim Hikaye va Midnight at the Pera Palace filmlari bilan tanilgan turk aktrisasi.

Kaya Turkiyaning eng koʻp maosh oluvchi aktrisalaridan biri hisoblanadi. U koʻplab maqtovlar va mukofotlarga sazovor boʻlgan, shuningdek, „Lebanon Awards 2015“ mukofotiga sazovor boʻlgan yagona turkiyalik aktrisa sanaladi. Kaya ilk aktyorlik debyutini Acemi Cadi filmida ijro etgan. U Halit Ziya Uşaklıgil tomonidan yozilgan Aşk-ı Memnu romani asosida zamonaviy talqinda suratga olingan filmda Nihal Ziyagil obrazi bilan mashhurlikka erishgan.

Aktrisa Adini Feriha Koydum (2011–2012-yil) filmida Feriha Sarrafoglu roli bilan yaxshi tanilgan hamda Eng yaxshi aktrisa uchun Ikkinchi Crystal Mouse Media mukofotini qoʻlga kiritgan. Serial Turkiyadagi eng yuqori televizion reytinglardan birini egallagan. U yana Bizim Hikaye (2017–2019) (Britaniyaning Shameless telekoʻrsatuvidan ilhomlanib yaratilgan) filmidagi Filiz Elibol roli bilan mashhur boʻlib, u ushbu rol uchun Eng yaxshi ayol roli uchun Lotin-Turk mukofotiga sazovor boʻlgan.

Kaya Midnight at the Pera Palace vaqt bilan sayohat tarixiy dramasida Esra/ Peride rolini ijro etib, oʻzi uchun yangi veb-seriyalar olamini kashf etadi. Serialning Netflixda premyerasi boʻlib oʻtadi. Aktrisa 2019-yilda aktyor Ali Atay bilan turmush qurgan, ularning hozirda ikkita farzandi bor.

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaya Turkiyaning Konya shahrida tugʻilgan[2]. U boshlangʻich taʼlimni Gaziosmanpaşadagi maktablardan birida egallagan hamda 2009-yilda Liceo Italiano di Istanbul litseysini tamomlagan[1]. Kaya oliy maʼlumot olish maqsadida Istanbul Bilgi Universitetiga oʻqishga kirdi[3]. Uning ota-onasi advokat boʻlishgan, aktrisa 7 yoshligida ular ajrashishgan[3] . Kaya sanʼat va aktyorlik dunyosi bilan erta yoshligidan yaxshi tanish boʻlgan, u bolaligida 7 yil davomida balet va skripkadan saboq olgan[3]. Kaya oʻz ona tili – turk tilidan tashqari italyan va ingliz tillarida bemalol soʻzlasha oladi[3]. U toʻrtinchi til sifatida nemis tilini ham oʻrganayotgani aytilgan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kaya aktrisalik faoliyatini 2006-yilda suratga olingan Genco serialida boshlagan[4]. U bunda Özge (Gülay Erkaya) obrazini ijro etgan. U turkcha versiyadagi „Acemi Cadi“ fantastik serialida, „Sabrina Teenage Witch“, mashhur „Sıla“, „Taşların Sırrı“ televizion seriallarida bosh rollarni ijro etgan[5]. Aktrisa 2008-yilda Halit Ziya Uşaklıgil tomonidan yozilgan Aşk-ı Memnu romani asosida zamonaviy talqinda suratga olingan filmda Nihal Ziyagil obrazini gavdalantiradi[5] hamda Kıvanç Tatlıtuğ va Beren Saat bilan bosh rolda oʻynaydi. U 2011-yilda Selçuk Aydemirning Çalgı Çengi filmida kinodagi debyutini qilgan.

Shu bilan bir vaqtda aktrisa Ayla Algandan dramadan dars oladi. Keyinchalik esa Ümit Çırakning zamonaviy aktyorlik uslublari loyihasiga qoʻshildi va Ümit Çırakning oʻzidan dars oldi[6].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazal 2019-yil 6-fevralda aktyor Ali Atay bilan turmush qurgan[7] va bir yildan soʻng oʻgʻil farzandli boʻlishgan[8][9]. 2023-yilning fevralida esa ularning qizi dunyoga kelgan[10][11]. 2023-yil aprel oyida prokuratura Hazal Kayaga nisbatan Ipek Erni zoʻrlagani uchun oʻn yillik qamoq jazosiga hukm qilingan turk serjantini haqorat qilgani haqidagi tvit uchun 2 yil-u 4 oylik qamoq jazosini talab qilgan[12].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
2011 Çalgı Çengi Omborxonadagi yosh qiz
2011 Behzat Ç. Seni Kalbime Gömdüm Berna Ç.
2011 Ay Büyürken Uyuyamam Hülya
2012 Bu Son Olsun Lale
2013 Mavi Dalga Arzu
2014 İtirazım Var Zeynep Bulut
2015 Kırık Kalpler Bankası Aslım
2022 Benden Ne Olur? Sertab Bal

Televideniye[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
2006–2007 Acemi Cadı Pelin
2006 Taşların Sırrı Bengü
2006–2008 Sıla Berrin
2007–2008 Genco Özge (Gülay Erkaya)
2008–2010 Aşk-ı Memnu Nihal Ziyagil
2010 Behzat Ç. Bir Ankara Polisiyesi Berna Ç.
2011–2012 Adını Feriha Koydum Feriha Yılmaz Sarrafoğlu
2012 Son Yaz-Balkanlar 1912 Emine
2013 A.Ş.K. Azra Özak
2015 Maral: En Güzel Hikayem Maral Erdem
2017–2019 Bizim Hikaye Filiz Elibol Aktan
2020 Menajerimi Ara Herself
2021 Misafir Gece / Güneş

Veb-seriallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
2022– Midnight at the Pera Palace Esra / Peride

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Hazal Kaya ekranlardan uzak durmaya karar verdi“. Hürriyet. Qaraldi: 2016-yil 15-aprel.
  2. „İbrahim Selim ile Bu Gece #89 Hazal Kaya, Ezgi Aktan“. YouTube.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Hazal Kaya Biography“. internethaber.com. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  4. „51.bölüm-FİNAL HD İzle“. Kanal D (2014-yil 14-noyabr).
  5. 5,0 5,1 „Hazal Kaya Biography“. ensonhaber.com (2011-yil 2-mart). Qaraldi: 2015-yil 25-avgust.
  6. „Beren Saat, Hazal Kaya, Meryem Uzerli... Ayla Algan yorumladı“. aksam.com.tr. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  7. „Hazal Kaya ve Ali Atay evlendi“ (Turkish). CNN Türk (2019-yil 6-fevral). Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  8. „Hazal Kaya Ali Atay çiftinin bebekleri dünyaya geldi!“. Habertürk (2019-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  9. „Hazal Kaya Gives Birth to Her First Child.. and Reveals His Name!“ (en-US). Al Bawaba. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
  10. „Karnı burnunda haliyle depremzedeler için kolları sıvamıştı! Hazal Kaya ikinci kez anne oldu! İşte Leyla Süreyya bebek“. Takvim (2023-yil 12-fevral). Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.
  11. „Hazal Kaya welcomes 2nd child during quake“ (en-US). Al Bawaba. Qaraldi: 2023-yil 12-fevral.
  12. „İYİ Party leader Akşener slams indictment accusing actress Kaya of ‘insulting’ rape convict“. Gazete Duvar (2023-yil 21-aprel). Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]