Kontent qismiga oʻtish

Heiko Herrlich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Heiko Herrlich
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 3-dekabr 1971-yil (1971-12-03) (52 yosh)
Tavallud joyi Mannheim, Germaniya
Boʻyi 1.89 m[1]
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1978-1984 FC Kollnau
1984-1986 FC Emmendingen
1986-1989 SC Freiburg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989-1993 Bayer Leverkusen 75 (6)
1993-1995 Borussia Mönchengladbach 55 (28)
1995-2004 Borussia Dortmund 128 (41)
Milliy terma jamoa
1990-1993 Germany U-21 20 (17)
1995 Germaniya 5 (1)
Boshqargan klublari
2007-2008 Germaniya U-17
2008-2009 Germaniya U-19
2009-2010 VfL Bochum
2011-2012 SpVgg Unterhaching
2015-2017 Jahn Regensburg
2017-2018 Bayer Leverkusen
2020-2021 FC Augsburg
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Heiko Herrlich (1971-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, faoliyati davomida hujumchi sifatida oʻynagan. U oxirgi marta „Augsburg“ klubini boshqargan.

Herrlich Germaniya Bundesligasida 258 ta oʻyin oʻtkazib(1989-2004), „Bayer 04“, „Borussia Mönchengladbach“ va „Borussia Dortmund“ jamoalari tarkibida 75 ta gol urgan[2]. Dortmundning „Borussiya“ jamoasi bilan 1996 va 2002-yillarda Germaniya chempioni, 1997-yilda Chempionlar Ligasi va Qitʼalararo kubogi gʻolibi, „Borussiya Myonxengladbax“ jamoasi bilan esa 1995-yilda DFB-Pokal gʻolibi boʻlgan.

2000-yil kuzida uning miyasida xavfli oʻsma borligi aniqlandi. U radiatsion nur terapiyasi bilan muvaffaqiyatli davolandi va 2001-yilda Bundesligaga qaytd. Ammo futbolchi sifatidagi mavqeyini qayta tiklay olmadi. U bir qancha jarohatlardan soʻng 2004-yilda professional faoliyatini yakunlaydi.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yilda Herrlich Germaniya terma jamoasi safida UEFA Yevro-1996 saralash oʻyinlarida jami beshta oʻyin oʻtkazgan[3]. U Uelsga qarshi oʻyinda gol uradi, ammo jarohati tufayli final turnirini oʻtkazib yuboradi.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Herrlich 2005-yilda murabbiylik litsenziyasini oldi va Borussiya Dortmundning yoshlar jamoasini boshqara boshladi. 2007-yil iyul oyida u Germaniya U-17 terma jamoasiga murabbiy etib tayinlandi va 2007-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi[4]. 2009-yil 27-oktyabrda u Germaniya futbol assotsiatsiyasidan ozod qilinadi[5]. Keyinchalik u 2009-yilning 27-oktyabridan 2010-yilning 29-apreliga qadar VfL Bochum bosh murabbiyi boʻladi[6]. U Bochum jamoasidagi faoliyati davomida to‘rtta g‘alaba, sakkizta durang va 10ta mag‘lubiyat qayd etgan[6].

2011-2012-yilgi mavsum boshida u SpVgg Unterhachingga yangi murabbiy etib tayinlandi[7]. U 2012-yilning 25-may kuni shaxsiy sabablarga koʻra klubni tark etdi[8]. U SpVgg Unterhaching jamoasi bilan 13 gʻalaba, 8 durang va 19 magʻlubiyat qayd etgan[7].

2013-yilning 21-iyunida u „Bavariya“ U-17 jamoasining bosh murabbiyi bo‘ldi[9]. 2015-yil iyun oyida Myunxenning „Bavariya“ yoshlar boʻlimi qayta tuzildi va Herrlich Myunxenni tark etdi[10].

2015-yil 20-dekabrda u Jan Regensburg jamoasiga murabbiy etib tayinlandi[11]. Uning shartnomasi 2015-2016-yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan boʻlib, agar Jahn 3-oʻringa koʻtarilsa, yana bir yilga uzaytirilishi rejalashtirilgan edi[12] Regensburg klubi Herrlich hukmronligi davrida ketma-ket koʻtarilib, 2-oʻringa chiqib oladi.

2017-yilning 9-iyunida Herrlichning Bayer Leverkusenga yangi bosh murabbiy sifatida qaytishi malum boʻldi[13].

U 2020-yil 10-martda „Augsburg“ klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan[14] va 2021-yil 26-aprelida jamoani tark etgan[15].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Germaniya kubogi Yevropa Boshqa Jami
Liga Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Bayer Leverkusen 1989-90 Bundesliga 16 0 1 0 17 0
1990-91 18 3 1 0 3 1 22 4
1991-92 28 3 5 2 33 5
1992-93 13 0 0 0 13 0
Jami 75 6 7 2 3 1 0 0 85 9
Borussia Mönchengladbach 1993-94 Bundesliga 23 8 2 0 25 8
1994-95 32 20 6 6 38 26
Jami 55 28 8 6 0 0 0 0 63 34
Borussia Dortmund 1995-96 Bundesliga 16 7 4 1 6 1 26 9
1996-97 23 8 1 1 9 3 33 12
1997-98 21 7 3 2 7 2 3 1 34 12
1998-99 21 6 2 0 23 6
1999-2000 22 6 1 0 9 1 1 0 33 7
2000-01 10 7 2 3 12 10
2001-02 10 0 0 0 3 1 13 1
2002-03 5 0 2 0 2 0 9 0
Jami 128 41 15 7 36 4 4 1 183 53
Faoliyatida 258 75 30 15 39 5 4 1 331 96
Xayko Xerrlix tomonidan kiritilgan gol
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 1995-yil 26-aprel Rheinstadion, Dyusseldorf, Germaniya  Uels 1-1 1-1 UEFA Yevro-1996 saralashi

Oʻyinchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayer Leverkusen

  • DFB-Pokal : 1992-1993[16]

Borussia Mönchengladbach

  • DFB-Pokal: 1994-1995

Borussiya Dortmund

Individual

Murabbiy sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya U17

  • FIFA U-17 Jahon chempionatida uchinchi oʻrin: 2007

Individual

  • 17 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi murabbiy: 2008-yil
  1. „Heiko Herrlich – Spielerprofil – DFB“ (de). dfb.de. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  2. Arnhold. „Heiko Herrlich – Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 4-iyun). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  3. Arnhold. „Heiko Herrlich – International Appearances“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 4-iyun). Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
  4. „Heiko Herrlich betreut U 17 bei der Weltmeisterschaft in Korea“ (de). DFB (2007-yil 14-may). 2009-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-avgust.
  5. „Herrlich neuer Trainer in Bochum“ (de). DFB (2009-yil 27-oktyabr). 2009-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-avgust.
  6. 6,0 6,1 „VfL Bochum“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  7. 7,0 7,1 „SpVgg Unterhaching“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  8. „Herrlich geht, Schromm übernimmt“ (de). kicker.de (2012-yil 25-may). Qaraldi: 2012-yil 9-noyabr.
  9. „Heiko Herrlich neuer U17-Coach“ (de). FC Bayern Munich (2013-yil 21-iyun). Qaraldi: 2013-yil 22-iyun.
  10. „FCB stellt 'wichtige Weichen für die Zukunft'“ (de). FC Bayern Munich (2015-yil 9-iyun). Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  11. „Jahn Regensburg“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2017-yil 25-yanvar.
  12. „Heiko Herrlich Übernimmt!“ (de). SSV Jahn Regensburg (2015-yil 20-dekabr). 2016-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
  13. „Herrlich – Bayer 04 hat neuen Cheftrainer“ (de). bayer04.de (2017-yil 9-iyun). 2022-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  14. „FCA präsentiert Schmidt-Nachfolger: Herrlich übernimmt“ (de). kicker.de. kicker (2020-yil 10-mart). Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
  15. „FCA part ways with Heiko Herrlich – Markus Weinzierl new head coach“. fcaugsburg.de (2021-yil 26-aprel). Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  16. „Heiko Herrlich“ (de). fussballdaten.de. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.