Kontent qismiga oʻtish

Uwe Rahn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uwe Rahn
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 21-may 1962-yil (1962-05-21) (62 yosh)
Tavallud joyi Mannheim, G'arbiy Germaniya
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Attacking midfielder
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1970—1975 TSV Schönau
1975—1980 Waldhof Mannheim
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1980—1988 Borussia Mönchengladbach 227 (81)
1988—1990 1. FC Köln 43 (13)
1990—1991 Hertha BSC 21 (5)
1991—1992 Fortuna Düsseldorf 15 (5)
1992—1993 Eintracht Frankfurt 12 (3)
1993—1994 Urawa Reds 7 (1)
Milliy terma jamoa
1982-1984 Gʻarbiy Germaniya U-21 3 (0)
1984 Gʻarbiy Germaniya olimpiada jamoasi 5 (4)
1984—1987 Gʻarbiy Germaniya 14 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Uwe Rahn (1962-yil 21-mayda tugʻilgan) — nemis sobiq professional futbolchisi, hujumkor yarim himoyachi sifatida toʻp surgan. Oʻz futbolchilik faoliyati davomida Germaniya klublarida toʻp surgan. Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi safida olimpiada oʻyinlari, Gʻarbiy Germaniya 21 yoshgacha yoshlar terma jamoasi hamda Gʻarbiy Germaniya milliy terma jamoasi safida toʻp surgan futbolchi sanaladi.

Uwe Rahn oʻzining professional faoliyatida Bundesligada 318 ta oʻyin oʻtkazdi[1], Borussiya Myonxengladbax" da sakkiz yil davomida Bundesligadagi 107 ta golining koʻp qismini urdi va u Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi futbolchisiga aylandi va eng koʻp gol urgani uchun Torjagerkanone mukofotini qoʻlga kiritdi. Hujumkor yarim himoyachi oʻsha mavsumda 24 ta gol urdi, oʻn toʻrttasi mavsumning soʻnggi toʻqqiz haftasida. Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng Uwe Rahn 1987-yilda yilning eng yaxshi futbolchisi (Germaniya) unvoniga sazovor boʻldi.

Vaqti-vaqti bilan hujumchi sifatida foydalanilgan Uwe Rahn 1984—1987 yillar oraligʻida Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi safida jami 14 ta oʻyinda maydonga tushgan[2]. Oʻsha oʻyinlarda Uwe Rahn beshta gol urdi, ulardan eng muhimi 1984-yil 17-oktyabrda Jahon chempionati saralashida Shvetsiyaga qarshi debyut oʻyinida Feliks Magatning oʻrniga ikkinchi boʻlimda maydonga tushganidan bir necha soniya oʻtgach ilk golini kiritdi. Jarohat tufayli Uwe Rahn 1986-yilgi FIFA Jahon chempionatida oʻz milliy terma jamoasining bir qismi boʻlgan, ammo turnirda ishtirok etmagan. Uwe Rahn 1984-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida ham Gʻarbiy Germaniya nomidan qatnashgan[3].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro maydonlar va milliy chempionatdagi natijalari[4]
Club Mavsum League National Cup League Cup Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Borussia Mönchengladbach 1980—1981 Bundesliga 14 3 14 3
1981—1982 30 2 30 2
1982—1983 24 3 24 3
1983—1984 31 14 31 14
1984—1985 34 14 34 14
1985—1986 28 9 28 9
1986—1987 31 24 31 24
1987—1988 25 12 25 12
1988-—1989 10 0 10 0
Jami 227 81 227 81
1. FC Köln 1988—89 Bundesliga 20 7 20 7
1989—90 23 6 23 6
Jami 43 13 43 13
Hertha BSC 1990—1991 Bundesliga 21 5 21 5
Fortuna Düsseldorf 1991—1992 Bundesliga 15 5 15 5
Eintracht Frankfurt 1992—1993 Bundesliga 12 3 12 3
Urawa Reds 1993 J1 League 7 1 2 0 4 0 13 1
1994 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 7 1 2 0 4 0 13 1
Umumiy 325 108 2 0 4 0 331 108
Terma jamoa oʻyinlar soni va gollar soni
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Germaniya 1984-yil 2 1
1985-yil 7 3
1986-yil 2 1
1987-yil 3 0
Jami 14 5
  1. Matthias Arnhold. „Uwe Rahn - Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 5-fevral). Qaraldi: 2015-yil 13-fevral.
  2. Matthias Arnhold. „Uwe Rahn - International Appearances“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 5-fevral). Qaraldi: 2015-yil 13-fevral.
  3. „Uwe Rahn Biography and Statistics“. Sports Reference. 2020-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 28-oktyabr.
  4. Uwe Rahn National-Football-Teams.com saytida