Sergej Barbarez
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 17-sentyabr 1971-yil | ||
Tavallud joyi | Mostar, Bosniya va Gersegovina | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1984—1989 | Velež Mostar | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1989—1991 | Velež Mostar | ||
1992—1993 | Hannover 96 | 18 | (2) |
1993—1996 | Union Berlin | 88 | (46) |
1996—1998 | Hansa Rostock | 59 | (13) |
1998—2000 | Borussia Dortmund | 36 | (6) |
2000—2006 | Hamburger SV | 174 | (65) |
2006—2008 | Bayer Leverkusen | 61 | (11) |
Milliy terma jamoa | |||
1998—2006 | Bosniya va Gersegovina | 47 | (17) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sergey Barbarez (talaffuzi: Sergey Barbares; 1971-yil 17-sentyabrda tugʻilgan) — bosniyalik sobiq professional futbolchi, Bosniya va Gersegovina terma jamoasi va Germaniya Bundesligasining bir nechta klublarida oʻynagan.
Ilk faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolaligida Barbarez futbolga unchalik qiziqmasdi, balki basketbol va yengil atletikaga qiziqardi. Biroq, oʻn bir yoshida, Barbarez maktabdan keyin doʻstlari bilan koʻngil ochish uchun futbol oʻynay boshladi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]19 yoshida Velej bilan shartnoma imzoladi. Biroq, qisqa vaqt oʻtgach, 1991-yilda Zagrebda Yugoslaviya xalq armiyasida xizmat qildi[1]. 1991-yilda Velejga qaytib keldi va koʻp oʻtmay hamma Barbarezning haqiqiy isteʼdod egasi ekanligini angladi.
Barbarez 1991—1992-yillarning ikkinchi yarmida va 1992—1993-yilgi mavsumda „Hannover 96“da oʻynagan. 1993- va 1996-yillar oraligʻida Hansa Rostok bilan shartnoma imzoladi[2]. Klubda 1996—1998-yillarda oʻynagan.
Hamburger SV
Hamburger SV bilan birinchi mavsumda Barbarez 22 gol bilan klubining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2006-yil 17-mayda Barbarez Leverkusenning „Bayer“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2008-yilning iyun oyida klub bilan shartnomasi tugaganidan keyin faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1998-yil 14-mayda Barbarez Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida Argentinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.
Barbarez 2001-yilning 28-martida jahon chempionati saralash bahsida Lixtenshteyn darvozasiga ikkita gol urdi[3].
Barbarez Bosniya terma jamoasining sardori va yetakchisi edi. 2005-yil 13-oktabrda xalqaro futboldagi faoliyatini yakunladi
2005-yil 2-dekabrda terma jamoaga qaytishini eʼlon qildi va UEFA Yevro-2008 saralashida oʻynadi.
2006-yil 12-oktabrda Barbarez rasman xalqaro faoliyatini yakunladi va 2008-yil iyun oyida futboldan butunlay ketdi[4].
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barbarez 2009-yil 14-dekabr kuni UEFA Yevro 2012 saralash bosqichida Bosniya va Gersegovina milliy futbol jamoasiga bosh murabbiy boʻlishni xohlayotganini eʼlon qildi. Biroq Serb Respublikasi futbol assotsiatsiyasi uning kirishiga toʻsqinlik qildi[5] va keyinchalik Safet Sušić Bosniya va Gersegovina terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib saylandi.
2011-yil 5-yanvarda Barbarez Bosniya va Gersegovina futbol assotsiatsiyasining Yablanitsadagi oʻquv muassasasida UEFA Pro litsenziyasini oldi[6].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barbarez oʻzining oʻrta maktabdagi sevgilisi Anaga uylangan, u ham Mostardan. Ikkita oʻgʻli bor: Filip-André (1994-yilda tugʻilgan) va Sergio-Luis (1999-yilda tugʻilgan).
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Hannover 96 | 1992—1993 | 2. Bundesliga | 18 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 19 | 2 |
Union Berlin | 1993—1994 | NOFV-Oberliga | 29 | 15 | 0 | 0 | 0 | 0 | 29 | 15 |
1994—1995 | Regionalliga | 29 | 14 | 1 | 0 | 0 | 0 | 30 | 14 | |
1995—1996 | 30 | 17 | 0 | 0 | 0 | 0 | 30 | 17 | ||
Jami | 88 | 46 | 1 | 0 | 0 | 0 | 89 | 46 | ||
Hansa Rostock | 1996—1997 | Bundesliga | 27 | 2 | 2 | 1 | 0 | 0 | 29 | 3 |
1997—1998 | 32 | 11 | 1 | 0 | 0 | 0 | 33 | 11 | ||
Jami | 59 | 13 | 3 | 1 | 0 | 0 | 62 | 14 | ||
Borussia Dortmund | 1998—1999 | Bundesliga | 22 | 4 | 2 | 0 | 0 | 0 | 24 | 4 |
1999-2000 | 14 | 2 | 1 | 0 | 5 | 1 | 20 | 3 | ||
Jami | 36 | 6 | 3 | 0 | 5 | 1 | 44 | 7 | ||
Hamburger SV | 2000—2001 | Bundesliga | 31 | 22 | 1 | 0 | 8 | 1 | 40 | 23 |
2001—2002 | 24 | 7 | 1 | 0 | 0 | 0 | 25 | 7 | ||
2002—2003 | 24 | 6 | 1 | 0 | 0 | 0 | 25 | 6 | ||
2003—2004 | 32 | 10 | 3 | 0 | 2 | 0 | 37 | 10 | ||
2004—2005 | 30 | 11 | 1 | 0 | 0 | 0 | 31 | 11 | ||
2005—2006 | 33 | 9 | 3 | 3 | 9 | 2 | 45 | 14 | ||
Jami | 174 | 65 | 10 | 3 | 19 | 3 | 203 | 71 | ||
Bayer Leverkusen | 2006—2007 | Bundesliga | 32 | 7 | 2 | 0 | 12 | 3 | 46 | 10 |
2007—2008 | 29 | 4 | 0 | 0 | 10 | 3 | 39 | 7 | ||
Jami | 61 | 11 | 2 | 0 | 22 | 6 | 75 | 17 | ||
Jami | 436 | 143 | 20 | 4 | 46 | 10 | 483 | 157 |
Xalqaro gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ballar va natijalar roʻyxati Bosniya va Gertsegovinaning gollari soni birinchi boʻlib, ball ustuni Barbarezning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 5.09.1999 | Asim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosiniya va Gersegovina | Estoniya | 1-1 | 1-1 | UEFA Yevro 2000 qualifying |
2 | 28.02.2001 | Bilino Polje, Zenica, Bosiniya va Gersegovina | Vengriya | 1-1 | 1-1 | Oʻrtoqlik |
3 | 24.03.2001 | Asim Ferhatović Hase, Sarajevo | Avstriya | 1-1 | 1-1 | 2002 FIFA Jahon chempionati saralashi |
4. | 28.03.2001 | Rheinpark Stadion, Vaduz, Lixtenshteyn | Lixtenshteyn | 1-0 | 3-0 | 2002 FIFA Jahon chempionati saralashi |
5 | 2-0 | |||||
6. | 27.03.2002 | Grbavica Stadium, Sarajevo, Bosiniya va Gersegovina | Shimoliy Makedoniya | 2-0 | 4-4 | Oʻrtoqlik |
7 | 3-0 | |||||
8 | 13.02.2003 | Millennium Stadium, Cardiff, Uels | Uels | 2-1 | 2-2 | Oʻrtoqlik |
9 | 29.03.2003 | Bilino Polje, Zenica, Bosiniya va Gersegovina | Lyuksemburg | 2-0 | 2-0 | UEFA Yevro 2004 saralash |
10 | 2.04.2003 | Parken Stadium, Copenhagen, Daniya | Daniya | 1-0 | 2-0 | UEFA Yevro 2004 saralash |
11 | 10.09.2003 | Stade Josy Barthel, Route d’Arlon, Lyukenburg | Lyuksemburg | 1-0 | 1-0 | UEFA Yevro 2004 saralash |
12 | 4.06.2005 | Stadio Olimpico, Serravalle, San Marino | San Marino | 3-1 | 3-1 | 2006 FIFA Jahon chempionati saralashi |
13 | 3.09.2005 | Bilino Polje, Zenica, Bosiniya va Gersegovina | Belgiya | 1-0 | 1-0 | 2006 FIFA Jahon chempionati saralashi |
14 | 7.09.2005 | LFF Stadium, Vilnius, Litva | Litva | 1-0 | 1-0 | 2006 FIFA Jahon chempionati saralashi |
15 | 31.05.2006 | Azadi Stadium, Tehron, Eron | Eron | 2-0 | 2-5 | Oʻrtoqlik |
16 | 16.08.2006 | Asim Ferhatović Hase, Sarajevo, Bosiniya va Gersegovina | Fransiya | 1-0 | 1-2 | Oʻrtoqlik |
17 | 2.09.2006 | Taʼ Qali National Stadium, Taʼ Qali, Malta | Malta | 1-0 | 5-2 | UEFA Yevro 2004UEFA Yevro 2008 saralash |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinchi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hamburger SV
- DFB-Ligapokal: 2003-yil
- UEFA Intertoto kubogi: 2005-yil
Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofotlar
- Bosniyalik yilning eng yaxshi futbolchisi: 2001, 2002, 2003
- Bundesliganing eng yaxshi toʻpurari: 2000—2001 (22 gol)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Barbarez: "Iz Fudbalskog saveza BiH mi nisu dali karte za Belgiju"“. 24sata.info (14-mart 2009-yil). 2011-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-iyun 2010-yil.
- ↑ Matthias Arnhold. „Sergej Barbarez – Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (21-aprel 2011-yil). Qaraldi: 2-may 2011-yil.
- ↑ Connelly 2002, 142
- ↑ „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 28-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Barbarez bez podrške FS RS“. nezavisne.com (25-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 29-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Profesionalne licence Barbarezu, Piplici i kolegama“ (Bosnian). sarajevo-x.com (5-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 7-avgust 2011-yil.