Hikmatli soʻzlar (Navoiy)
Muallif(lar) | Alisher Navoiy |
---|---|
Janr(lar)i | oʻylar, hikmatlar, naqllar, sheʼrlar |
Nashriyot | „Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining nashriyoti“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1985 |
Sahifalar soni | 144 |
„Hikmatli soʻzlar (Navoiy)“ — Alisher Navoiy oʻylari, hikmatlari, naqllari va sheʼrlari toʻplami. Toʻplam Alibek Rustamov hamda Maryam Rahmatillayevalar tomonidan tuzilgan va nashrga tayyorlangan. Kitob 1985-yil Toshkent shahrida „Oʻzbekiston kompartiyasi markaziy komitetining nashriyoti“da chop etilgan.
Navoiy qalamiga mansub hikmatli soʻzlar Sovet Ittifoqi davridan to shu kunga qadar koʻplagan adiblar tomonidan turlicha chop etilgan. Ushbu kitob mazkur nashrlarning mazmunan va shaklan bir oz oʻzgartirilgan variantidir. Toʻplamda hikmatli soʻzlar mavzusi boʻyicha guruhlashtirib berilgan. Har bir guruhga navoiyona iborayu uslub bilan sarlavha qoʻyib chiqilgan.
Toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Aziz Qayumov – muharrir, Fozila Sulaymonova - taqrizchi. Tahrir hayʼati: E. T. Ahmadxoʻjayev, J. J. Jabborov, A. P. Qayumov, B. S. Parmuzin, Sh. Shomuhamedov. Kitob adadi – 45 000 nusxa.