Kontent qismiga oʻtish

Hikmatnoma: Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hikmatnoma: Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati / Maʻnolar maxzani
Muallif(lar) Shotursun Shomaqsudov va Shuhrat Shorahmedov
Til oʻzbekcha
Nashriyot Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh tahririyati
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1990
2001
2018
Sahifalar soni 528 (1990)
448 (2001)
480 (2018)
ISBN ISBN 5-89890-028-4 (1990)
ISBN 978-9943-07-590-0 (2018)

„Hikmatnoma: Oʻzbek maqollarining izohli lugʻati“ — oʻzbekcha maqollar va hikmatli soʻzlarning izohli lugʻati. Lugʻatni Shotursun Shomaqsudov va Shuhrat Shorahmedovlar tuzgan va nashrga tayyorlagan. Ilk bor 1990-yil Toshkent shahrida Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh tahririyatida chop etilgan.[1] 2001-yil Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyotida „Maʼnolar maxzani“ nomi bilan nashr qilingan. Ayni nashr 2018-yil qayta chop etilgan.[2] Uchala nashr ham kirill yozuvida chop etilgan.

Kitobga oʻzbek xalqining asrlar davomida sayqal topib, shu kungacha yetib kelgan maqol va hikmatli soʻzlarining tarixan qanday shakllangani hamda ularning batafsil izohi kiritilgan. Toʻplamga Erkin Vohidov kirish soʻz yozgan. Toʻplam yakunida bibliografiya keltirilgan.

Ilk nashrni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: N. Toʻxliyev — bosh muharrir, D. A. Shorahmedov — bosh muharrir oʻrinbosari, Z. T. Tohirov — muharrir, A. Bahromov — rassom, H. Mehmonov — badiiy muharrir, M. Saidova — texnik muharrir; nashrga masʼul — ilmiy-metodik ishlar redaksiyasi: M. N. Aminov — mudir, A. Majidov, E. Shermatov — yetakchi muharrirlar, A. Abdurahimov, N. Rozamuhammedova, M. Sharipova — katta ilmiy muharrirlar, B. Abdumalikova, M. Zokirova, X. Nizomova — ilmiy muharrirlar, N. Hamroyeva — bibliograf. Kitob adadi — 150 000 nusxa.

Yangi nashrni Davron Shorahmedov hamda Muradjon Aminov tayyorlagan. Uni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxsalr ishtirok etgan: Alinazar Egamnazarov — maxsus muharrir, Sergey Soin — rassom, Asqar Yoqubjonov — badiiy muharrir, Zulfiya Gʻulomova — musahhih, Andrey Bilyak — komputerda sahifalovchi, Xurshida Abduqaymova — kompyuterda matn teruvchi. Kitob adadi — 5 000 nusxa.

  1. „Hikmatnoma“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.
  2. „„Maʼnolar maxzani“ kitobi sotuvga chiqarildi“. Kun (2018-yil 9-iyul). Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.