Kontent qismiga oʻtish

Hind laylagi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hind laylagi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Turkum: Laylakdoshlar
Oila: Laylaklar
Turlari: Hind laylagi
Xalqaro ilmiy nomi
Anastomus oscitans (Boddaert, 1783)
Areal

Hind laylagi, Gongal[1] (lotincha: Anastomus oscitans)laylaklar oilasiga mansub qush. U Hindiston va Shri Lankadan Janubi-Sharqiy Osiyogacha boʻlgan tropik Janubiy Osiyoda yashaydi.

Hind laylagi asosan kulrang rangda boʻladi. Koʻpayish mavsumida esa oq rangda boʻlib, qanotlari yaltiroq qora va dumi yashil yoki binafsha rangga ega. Katta yoshli qushlarda tumshugʻining pastki qismi qiyshiq kamon shalkga ega boʻlib ular orasida ochiq joy mavjud. Yosh qushlarda bu boʻshliq yoʻq. Tumshugʻining kesuvchi qirralari choʻtkaga oʻxshash nozik tuzilishga ega boʻlib, bu ularga chigʻanoq va mollyuskalar qobigʻini yaxshiroq ushlab turish imkonini beradi[2]. Dumi oʻn ikki patdan iborat boʻlib, oʻsimta bezi mavjud[3]. Uzoqdan ular oq laylak yoki sharqona laylak kabi koʻrinishi mumkin. Kalta oyoqlari pushti-kulrang, nasldan oldin qizgʻish tusga kiradi. Koʻpaymaydigan qushlarning rangi oq oʻrniga tutunli kulrang boʻladi. Yosh qushlar jigarrang-kulrang va jigarrang mantiyaga ega. Boshqa laylaklarga oʻxshab, Osiyo laylaklari ham keng qanotli uchuvchi qush boʻlib, u doimiy parvoz uchun issiq havo termallari orasida harakatlanadi. Ular odatda gala boʻlib yashaydi, lekin yolgʻiz qushlarni ham uchratosh mumkin. Hamma laylaklar singari boʻynini choʻzib uchadi. U laylak uchun nisbatan kichik va 68 sm balandlikda (uzunligi 81 sm) turadi[4][5][6].

Oziqlanishi va hayot tarzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hind laylaklari kunning issiq qismida termal havoda koʻtariladi va tez ovqatlanish joylariga tushish odatiga ega. Guruhlar sayoz suvda yoki botqoq yerlarda birga ovqatlanishlari mumkin. Ular asosan yirik mollyuskalar, ayniqsa Pila turlari bilan oziqlanadi va ular tumshugʻining uchi yordamida chigʻanoqni tanasidan ajratib oladi. Tumshugʻining pastki qismining uchi koʻpincha oʻngga buriladi. Ushbu uchi mollyuskalarning teshigiga kiritiladi va suv ostida ham tanasidan ajratib ololadi. Jerdonning taʼkidlashicha, ular hatto koʻzlari bogʻlangan holda ham mollyuskalarni ushlay olishgan. Katta mollyuskalarni odatda toshga urish orqali yoradi, kichikroq mollyuskalar esa koʻpincha butunlay yutiladi yoki maydalanadi[7]. Ular suv ilonlari, qurbaqalar va yirik hasharotlar bilan ham oziqlanadi[8].

Koʻpayish davri yomgʻirdan keyin, Hindiston va Nepal shimolida iyuldan sentabrgacha, janubiy Hindiston va Shri Lankada esa noyabrdan martgacha boʻladi[9]. Ular qurgʻoqchilik yillarida naslchilikni oʻtkazib yuborishlari ham mumkin. Ular koʻpincha yarimmi suv ostida boʻlgan daraxtlarga (koʻpincha Barringtonia, Avitsennia va Acacia turlari) shox-shabbalardan qoʻpol uya quradi, odatda ikki-toʻrt dona tuxum qoʻyadi.

  1. Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 26. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
  2. Gosner KL (1993). "Scopate tomia: an adaptation for handling hard-shelled prey?" (PDF). Wilson Bulletin. 105 (2): 316–324.
  3. Beddard, F.E. (1901). "Some Notes upon the Anatomy and Systematic Position of the Ciconiine Genus Anastomus". Proceedings of the Zoological Society of London. 70 (1): 365–371. doi:10.1111/j.1469-7998.1901.tb08551.x.
  4. Ali S, Ripley SD (1978). Handbook of the Birds of India and Pakistan. Volume 1 (2nd ed.). New Delhi: Oxford University Press. pp. 95–98.
  5. Baker, ECS (1929). The Fauna of British India. Birds. Volume 6 (2nd ed.). London: Taylor and Francis. pp. 333–334.
  6. Blanford WT (1898). The Fauna of British India. Birds. Volume 4. London: Taylor and Francis. pp. 377–378.
  7. Kahl MP (1971). "Food and feeding behavior of Openbill Storks". Journal of Ornithology. 112 (1): 21–35. doi:10.1007/BF01644077. S2CID 1484358.
  8. Mukherjee, Ajit Kumar (1974). "Food-habits of water-birds of the Sundarban, 24 Parganas District, West Bengal, India-IV. Stork, Teal, Moorhen and Coot". J. Bombay Nat. Hist. Soc. 71 (2): 188–200.
  9. Sundar, K. S. Gopi (2006). "Flock Size, Density and Habitat Selection of Four Large Waterbirds Species in an Agricultural Landscape in Uttar Pradesh, India: Implications for Management". Waterbirds: The International Journal of Waterbird Biology. 29 (3): 365–374. JSTOR 4132592.
  • Richard Grimmett, Carol Inskipp, Tim Inskipp: Birds of India, Pakistan, Nepal, Bangladesh, Bhutan, Sri Lanka and the Maldives. Christopher Helm, London 1998, ISBN 0-691-04910-6