Hindiston ayollar ligasi
Davlat | Hindiston |
---|---|
Konfederatsiya | AFC, Osiyo mintaqasi futbol konfederatsiyasi |
Futbol tuzilmasidagi oʻrni | Eng yuqori ayollar futbol ligasi |
Tashkil etilgan | 2016 |
Jamoalar soni | 12 ta |
Xalqaro musobaqalar | AFC Womenʼs Club Championship |
Amaldagi chempion | Gokulam Kerala FC (2nd title) |
Eng koʻp marta chempion |
Gokulam Kerala (2 marta) |
TV hamkorlar |
Eurosport India telekanali AIFF (YouTube [ivestreaming) |
Veb-sayt | the-aiff.com |
Joriy mavsum: 2021—2022-yilgi mavsumHindiston ayollar ligasi |
Hero MotoCorp bilan homiylik aloqalari uchun Qahramon Hindiston ayollar ligasi sifatida tanilgan Hindiston ayollar ligasi hind futbolidagi ayollarning yuqori darajadagi professional futbol ligasidir. 2016-yilda tashkil etilgan ushbu ligada hozirda mamlakat boʻylab jami 12ta jamoa ishtirok etadi.
Hindiston ayollar ligasini tuzish 2014-yilda rejalashtirila boshlagan va 2016-yilda tashkil etilgan. Birinchi mavsumga 2016-yil oktabr oyida Cuttack shahrida start berilgan[1]. Liga Hindistonning ayollar uchun birinchi professional futbol ligasi sifatida Hindiston terma jamoasi uchun oʻyinchilar zaxirasini koʻpaytirish maqsadida tashkil etilgan. 2021—2020-yildan boshlab chempion boʻlgan klublarga Osiyoning eng yuqori toifali ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish imkoniyati berildi.
Hozirgacha toʻrtta klub chempionlikni qoʻlga kiritdi: Eastern Sporting Union, Rising Students' Club, Sethu va Gokulam Kerala. Ulardan Gokulam Kerala ikki marta chempionlik kubogini qoʻlga kiritgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yildan beri Hindistondagi eng yaxshi ayollar futbol turniri Butun Hindiston futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan kattalar oʻrtasidagi milliy futbol chempionati hisoblanardi[2]. Birinchi ayollar futbol ligasi Hindiston futbol assotsiatsiyasi (Gʻarbiy Bengal) tomonidan Kalkuttada 1993-yilda Kalkutta ayollar futbol ligasi sifatida tashkil etilgan. 1998 va 1999-yillarda tegishli davlat assotsiatsiyalari tomonidan Mumbay va Goada mintaqaviy ligalar tashkil etilgan[3]. Ammo, afsuski, qoʻllab-quvvatlanmagani sababli, bu havaskorlar ligalari uzoq muddatga saqlanib qolmadi va qisqa muddatdan keyin butunlay tarqatib yuborildi.
2014-yilda Hindiston ayollar terma jamoasining, asosan, SAFF ayollar chempionatidagi muvaffaqiyatidan soʻng, Hindiston Superligasi qatorida ayollar futbol ligasini tashkil etish harakatlari boshlandi[4]. Pune va Bengaluru kabi klublar milliy ayollar ligasiga qoʻshilish istagini bildirishdi[4][5].
Tashkil topishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning 21-aprelida AIFF prezidenti Praful Patel Hindiston ayollar ligasi oktabr oyida boshlanishini, oltita jamoani aniqlashini va 2017-yilgacha sakkizta jamoaga kengayishni maqsad qilganini aytdi[1]. Ikki oydan koʻproq vaqt oʻtgach, 5-iyul kuni AIFF Hindiston ayollar terma jamoasi tarkibini muhokama qilish uchun seminar tashkil qildi va bu munozaralar vaqtida ayollar futbol ligasini tashkil etishni taklif qildi. Seminarda Hindiston Superligasining beshta jamoasi — Dehli Dinamos, Chennaiyin, Kerala Blasters, Pune City va Atletiko de Kolkata hamda I-liganing uchta jamoasi — Bengaluru, Aizawl va Mumbay ishtirok etdi. Ligada sakkizta jamoa ishtirok etishi eʼlon qilindi[6]. Turnirning asosiy maqsadi hindistonlik ayollarning imkoniyatlaridan foydalanish va ularni milliy terma jamoaga tayyorlash, natijada OFK ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi va FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma olish edi[7].
Dastlabki mavsumning dastlabki bosqichi 17-26-oktabr kunlari Cuttack shahrida mamlakat boʻylab 20 ta jamoadan iborat milliy saralash orqali saralashdan oʻtgan 8 jamoa oʻrtasida oʻtkazildi[8].
Keyingi mavsumda AIFF Hero MotoCorp bilan hamkorlikni uzaytirdi va liga Qahramon Hindiston ayollar ligasi deb nomlana boshladi. Tashkilotchilar asosiy oʻyinlarda xorijlik oʻyinchilar bilan shartnoma imzolashga ham ruxsat berishdi[9].
Bugungi holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gokulam Kerala chet ellik futbolchi bilan shartnoma imzolagan birinchi hind klubi boʻldi, chunki ular tarkibida ikki Uganda terma jamoasi oʻyinchilari bor edi: Fazila Ikvaput va Rita Nabbosa[9][10][11][12]. 2018—2019-yilgi mavsumdan boshlab jamoalarning ishtirok etishi tegishli shtat ligalaridagi natijalarga koʻra aniqlanadigan boʻldi va jamoalar soni ham ikki baravar koʻpaytirilib, oʻn ikkitaga yetkazildi.
2019-yildan boshlab OFK va FIFA hamkorlikda ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionatini tashkil qiladi va Hindiston 2021-yilda boʻlib oʻtadigan klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etishga qaror qildi[13]. Shu bois 2019—2020-yilgi mavsum gʻolibi Hindistonning qitʼa turniridagi ehtimoliy vakili boʻlishga qaror qilindi[14]. Turnir finalida Gokulam Kerala butun turnir davomida magʻlub boʻlmagan holda mavsum chempioni boʻldi va shu tariqa erkaklar va ayollar oʻrtasidagi oliy ligada gʻolib chiqqan birinchi klub hamda OFKda oʻynagan birinchi Hindiston jamoasiga aylandi[14]. 2021-2022 -yillarda AIFF formati bitta davradan iborat turnirga oʻzgartirildi va yakunda turnir jadvalining yuqori qismida qoladigan jamoa chempion deb eʼlon qilinadi. Gokulam Kerala mavsumni magʻlubiyatsiz yakunlab, liga chempionligini himoya qilgan birinchi klub boʻldi va shu tariqa ketma-ket ikkinchi marta qitʼa turniriga yoʻllanma oldi.
Chempionlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsumlardagi chempion jamolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Chempion | Ikkinchi oʻrin | Mavsumdagi jami
jamolar soni |
---|---|---|---|
2016-17 | Eastern Sporting Union | Rising Students' Club | 6 |
2017-18 | Rising Students' Club | Eastern Sporting Union | 7 |
2018-19 | Sethu | Manipur Police | 12 |
2021-2022 | Gokulam Kerala | KRYPHSA | 12 |
2020-21 | Covif-19 tufayli mavsum oʻtkazilmadi | ||
2021-2022 | Gokulam Kerala | Sethu | 12 |
Joriy klublar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Manzil | Yutugʻi | Oxirgi mansumda ishtiroki | Eng yaxshi mavsumi |
---|---|---|---|---|
ARA | Ahmadobod, Gujarat | 2022 IWL Qualifier gʻolibi | - | - |
Gokulam Kerala | Kojikode, Kerala | 2021-2022 IWL va 2021-2022 Kerala ayollar ligasi gʻolibi | 2021-2022 (chempion) | Chempion (2021-2022) |
Hans Women | Yangi Dehli, Dehli | 2021-2022 FD Ayollar ligasi gʻolibi | 2018-19 (guruhda 3-oʻrin) | Guruhda 3-oʻrin (2018-19) |
Indian Arrows | Bhubanesvar, Odisha | AIFF Development Group gʻolibi | - | - |
Kickstart | Bangalor, Karnataka | 2021-2022 Karnataka ayollar ligasi gʻolibi | 2021-2022 (guruhda 3-oʻrin) | Guruhda 3-oʻrin (2021-2022) |
Mata Rukmani | Bastar, Chhattisgarh | 2021-2022 Chhattisgarh shtati Ayollar futbol ligasi gʻolibi | - | - |
Odisha Police | Bhubanesvar, Odisha | 2021-2022 Odisha ayollar ligasi gʻolibi | 2021-2022 (guruhda 3-oʻrin) | Guruhda 3-oʻrin (2021-2022) |
PIFA Sports (Colaba) | Mumbay, Maxarashtra | 2021-2022 WIFA Ayollar futbol ligasi gʻolibi | - | - |
SSB | Siliguri, Gʻarbiy Bengaliya | 2021-2022 Kanyashri Kubogi gʻolibi | 2018-19 (Yarim finalchi) | Yarim finalchi (2018-19) |
Sethu | Madurai, Tamilnadu | 2021-2022 Tamil Nadu ayollar ligasi gʻolibi | 2021-2022 (Yarim finalchi) | Chempion (2018-19) |
Sirvodem | Navelim, Goa | 2021 Vedanta Ayollar Ligasi gʻolibi | - | - |
Odisha Sporting | Bhubanesvar, Odisha | 2021-2022 Odisha Ayollar Ligasi ikkinchi oʻrinchisi | - | - |
Chempionlikka erishgan bosh murabbiylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 22-may holatiga ko`ra
Bosh murabbiy | Klubi | Gʻalaba soni | Gʻalabali mavsum |
---|---|---|---|
Oinam Bembem Devi | Eastern Sporting Union | 1 | 2016-17 |
Sukla Dutta | Rising Students' Club | 1 | 2017−18 |
Amruta Aravind | Sethu | 1 | 2018−19 |
Priya PV | Gokulam Kerala | 1 | 2021-2022 |
Entoni Endryus | Gokulam Kerala | 1 | 2021-2022 |
Toʻpurar futbolchilar reytingi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng yaxshi toʻpurar futbolchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 14-iyul holatiga ko`ra
Reyting | Futbolchi | Oʻynagan mavsumlar soni | Gollar |
---|---|---|---|
1 | Ngangom Bala Devi | 2 | 38 |
2 | Sabitra Bhandari | 2 | 31 |
3 | Nongmaithem Ratanbala Devi | 3 | 25 |
Sandhiya Ranganatan | 4 | ||
5 | Yumnam Kamala Devi | 3 | 22 |
6 | Greys Dangmei | 4 | 15 |
Anju Tamang | 4 | ||
8 | Karishma Shirvoikar | 2 | 11 |
9 | Manisha Kalyan | 3 | 9 |
Irom Prameshvori Devi | 4 | ||
MS Kashmina | 3 | ||
12 | Sanju Yadav | 3 | 8 |
13 | Sasmita Malik | 1 | 7 |
Pyari Xaxa | 3 | ||
Soumya Gugulot | 1 | ||
16 | Sabina Xatun | 1 | 6 |
Jabamani Tudu | 3 | ||
18 | Fazila Ikvaput | 1 | 5 |
Heigrujam Daya Devi | 1 | ||
Indumati Kathiresan | 3 | ||
Pradeepa Sekar | 3 | ||
Sumitra Kamaraj | 2 |
Mavsum boʻyicha eng yaxshi toʻpurarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Futbolchi | Klub | Gollari soni |
---|---|---|---|
2016−2017 | Yumnam Kamala Devi | Eastern Sporting Union | 12 |
2017−2018 | Ngangom Bala Devi | KRYPHSA | 12 |
2018−2019 | Ngangom Bala Devi | Manipur Plice | 26 |
2021-2022 | Sabitra Bhandari | Gokulam Kerala | 16 |
2021-2022 | Elshaddai Acheampong | Gokulam Kerala | 20 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Puri, Rohan. „Women's football league from October“. Times of India (21-aprel 2016-yil). 26-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2016-yil. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "21April" defined multiple times with different content - ↑ „India – List of Women's Champions“. RSSSF. 5-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2016-yil.
- ↑ Sachin Madaan. „Indian Football: This One Is For The Ladies“ (2011-yil 23-iyul). Qaraldi: 13-noyabr 2012-yil.
- ↑ 4,0 4,1 Das, Suprita. „Now A Women's Football League?“. NDTV Sports (26-yanvar 2015-yil). 13-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2016-yil.
- ↑ „AIFF Plans to Start Indian Super League-Style Women's Football“. NDTV Sports (17-dekabr 2014-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2016-yil.
- ↑ „AIFF conducts workshop for National Women's League“. Times of India (5-iyul 2016-yil). 9-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyul 2016-yil.
- ↑ „INDIAN WOMEN'S LEAGUE PRELIMS TO KICK-OFF ON OCT 17“. The All India Football Federation (14-oktabr 2016-yil). 19-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2016-yil.
- ↑ „EASTERN SPORTING UNION CROWNED CHAMPIONS OF INDIAN WOMEN'S LEAGUE“. The AIFF. Qaraldi: 3-may 2022-yil.
- ↑ 9,0 9,1 Sudevan, Praveen. „Gokulam Kerala look to accomplish mission impossible in their Indian Women’s League debut“. Scroll (26-mart 2018-yil). Qaraldi: 3-may 2022-yil.
- ↑ Tennyson, Rayson P. „Gokulam rope in two Uganda footballers for Women’s League“. The Times of India (19-mart 2018-yil). Qaraldi: 3-may 2022-yil.
- ↑ „Krishna, Sabina to fly for India today“. thedailystar.net (25-mart 2018-yil).
- ↑ Rohit Paniker. „Tanvie Hans slowly and steadily reaching her football dream“ (en). India Today (21-may 2019-yil). 6-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2021-yil.
- ↑ Joseph. „AIFF keen to host women's league by September in light of continental invite“. The Indian Express. Qaraldi: 3-may 2022-yil.
- ↑ 14,0 14,1 „Gokulam Kerala FC to represent India in AFC Women’s Club Championship“ (en). The Indian Express (2021-yil 15-iyul). Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy veb-sayt, the-AIFF.com (English)