Hisorak suv ombori
Hisorak suv ombori | |
---|---|
Hisorak suv ombori | |
Joylashuvi | |
Mamlakat | O‘zbekiston |
Koordinatalar | 39°01′03″N 67°10′09″E / 39.01749°N 67.16914°E |
Hisorak suv ombori — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan 35 km uzoqlikda[1] Miroqi shaharchasida joylashdan suv ombori, yirik gidrotexnika inshooti va tabiat maskani sanaladi. 1988-yil qurilishi tugatilib foydalanishga topshirilgan[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahrisabz tumani Miroqi shaharchasidan 1,5 km uzoqlikda joylashgan. Hisorak yirik gidrotexnika inshooti Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryoning irmogʻi boʻlgan Oqsuv daryosi oʻzanida barpo etilgan. Hisorak suv ombori qurilishi 1983-yilda boshlanib 1988-yillarda yakunlangan. Uni qurishdan maqsad Shahrisabz tumani, Chiroqchi, Kitob tumani va Yakkabogʻ tumanining unumdor yerlaridan foydalanib, qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirish boʻlgan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Foydalanishga topshirilgan yili sugʻorishga bogʻlangan maydon 46,8 ming km² edi. Suv ombori atrofida dam olish hududi tashkil etilgan boʻlib har yili koʻp sayyohlar tashrif buyurishadi[3]. Suv ombor umumiy hajmi 170 mln m³ boʻlib, foydalaniladigan qismi 161,6 mln m³ tashkil etadi. Hisorak suv omborining atrofi deyarli oʻt bilan qoplangan[4]. Suv ombori shimoldan janubga 1,7 km, sharqdan gʻarbga 4,0 km masofani egallaydi.
Tosh-tuproqli toʻgʻoni uzunligi 666 metr, balandligi 138 metr, suv yuzasi 4,2 km², suv chiqaruvchi inshootning suv oʻtkazish imkoniyati 200 m/s, suv tashlama inshootniki 130 m/s ni tashkil etadi. Hisorak suv ombori toʻgʻon, suv chiqarish, suv tashlama inshootlari, suv keltiruvchi va suv chiqaruvchi kanallar, drenaj tarmoqlari bilan jihozlangan.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suv omborining iqlimi sovuq va quruq[5]. Oʻrtacha harorat 12 °C ni tashkil etadi. Eng issiq oy iyul boʻlib, harorat 28 °C ni, eng sovuq oy esa yanvarda harorat −8 °C ni tashkil qiladi[6].
Yogʻingarchilik miqdori
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrtacha yogʻingarchilik yiliga 886 millimetrni tashkil qiladi. Eng yomgʻirli oy aprel boʻlib, yomgʻir 189 millimetr miqdorida, eng quruq oy avgustda esa 6 millimetr miqdorida tushadi[7].
Oʻrganilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil 15–28-mart kunlari Oʻzbekiston elchixonasi va AQSH armiyasi harbiy muhandislar korpusi (United States Army Corps of Engineers, USACE) bilan erishilgan kelishuv doirasida gidrotexnika inshootlari xavfsiz faoliyatini monitoring qilish boʻyicha koʻp yillik amaliy tajribaga ega boʻlgan amerikalik mutaxassislar, Suv xoʻjaligi vazirligi, „Oʻzbekgidroenergo“ AJ, „Davsuvxoʻjaliknazorat“ davlat inspeksiyasi vakillari bilan birgalikda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan „Hisorak“ va „Toʻpalang“ suv omborlarining holatini oʻrganishdi[8].
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 8-iyun kuni suv omborlarini modernizatsiya qilish hamda Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash loyihalariga oid taqdimotida Hisorak va Ohangaron suv omborlarida yillik 22 million kilovatt soat quvvatli 2 ta yangi kichik GES qurilishi belgilangandi[9].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Hisorak suv ombori
-
Hisorak suv ombori va togʻlar
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Hisorak suv ombori“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 9-jild (Toʻychi Hofiz — Sharshara). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 704-bet.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hissorak suv ombori“.
- ↑ „Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi tog‘lar bag‘rida qurilgan Hisorak suv ombori“.
- ↑ „Fotogalereya: Qashqadaryodagi Hisorak suv ombori“.
- ↑ „NASA Earth Observations: Land Cover Classification“. NASA/MODIS. 2016-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30 enero 2016.
- ↑ Peel, M C; Finlayson, B L. "Updated world map of the Köppen-Geiger climate classification". Hydrology and Earth System Sciences 11: 1633-1644. doi:10.5194/hess-11-1633-2007. ISSN 1027-5606. http://www.hydrol-earth-syst-sci.net/11/1633/2007/hess-11-1633-2007.html. Qaraldi: 30 Enero 2016.Hisorak suv ombori]]
- ↑ „NASA Earth Observations Data Set Index“. NASA. 2020-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30 enero 2016.
- ↑ „NASA Earth Observations: Rainfall (1 month - TRMM)“. NASA/Tropical Rainfall Monitoring Mission. 2020-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30 enero 2016.
- ↑ „Amerikalik mutaxassislar suv omborlari xavfsizligini birgalikda baholash uchun Oʻzbekistonga keldi“. 2023-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-avgust.
- ↑ „Suvdan foydalanish sohasidagi loyihalar taqdimot qilindi“.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |