Hofiz Ko’haqiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„To’rt asr oldingi Toshkent“[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent-O’zbekiston Sovet Sosialistik Respublikasining poytaxti.Toshkentning ikki ming yillik tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Shahar ko’p asrlar davomida ham gurkiragan, ham inqirozga yuz tutgan vaqtlarni boshidan kechirdi.Shahar o’z umri bo’yi O’rta Osiyo tarixida muhim rol o’ynadi.Bosqinchilarning hujumi, vaqti-vaqti bilan uzoq davom etgan o’zaro feudal urushlar, og’ir feudal zulm, tabiiy ofatlar shahar aholisini, xo’jaligini xonavayron qilgan, qo’shni viloyatlar bilaniqtisodiy, ma’daniy aloqalarning uzulishiga, shaharning umumiy holatiga ta’sir etgan.Toshkent shahri va Toshkent viloyatining nisbatan barqaror siyosiy va iqtisodiy yuksalish davrlaridan biri XV-asrning oxiri-XVI asrning ayrim o’n yilliklariga to’g’ri keladi.Aynan shu yillarda Ko’kaldosh va Baroqxon madrasasi, Qaffol Shoshiy va Yunusxon maqbarasi, Qoratosh rayonida maxusu loyihali hammom singari hashamatli binolar qad ko’tardi. Toshkent tarixi bayon qilinayotgan davrda shaharda qisqa yoki uzoq muddat o’z davrining taniqli shoir va yozuvchilari, jumladan Abdurahmon Jomiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Zayniddin Vosifiylar yashaganlar.XVI-asr olimlari orasida Ulug’bekning shogirdi-Ali Qushchining nevarasi Hofiz Ko’haqiy mashhur bo’lgan. U arab adabiyotini yaxshi bilgan hamda ,, Allomayi Hofiz Toshkandiy’’ faxriy unvoniga ega bo’lgan. Ularning ko’pchiligi foedalizm davridagi Toshkentning iqtisodiy va ma’daniy hayoti haqida qimmatli ma’lumotlarni qoldirgan.

XV-asrning oxiri va XVI-asrda Toshkent[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkentning XV-asrning oxiri XVI-asrga to’g’ri keladigan hujjatlarning ma’lum qismi o’zbek tilida, qolganlari fors tilida bitilgan.Toshkent hokimiga to’lanadigan soliqlarning nomi haqida ,, Maktubot va Asnod’’ qo’lyozma to’plamida o’zbek tilida bitilgan. Bu qo’lyozmada Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qilgan ,,Turkiy xalqlar va tojiklar’’, shuningdek, arablar, qarluqlar urug’I qayd qilingan.Toshkent hokimi Navro’z Ahmadxon nomidan o’zbek tilida bitilgan hujjatlar e’lon qilingan. Hujjatlarda Toshkent shahri aholisining ma’lum qismi ham hunarmandchilik, ham dehqonchilik bilan shug’ullanganligi haqida ma’lumotlar bor. Ular qish vaqtida hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlab, bahor kelishi bilan katta yer egalaridan ijaraga olgan yerlarida ishlash uchun shahar atroflariga chiqib ketar va shu bilan o’z oilalarini ma’lum darajada qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlaganlar. Zayniddin Mahmud Vosifiy o’z asarlarida Toshkent bog’lari, ularda yetishtirilgan mevalar haqida, Toshkent qal’asining mustahkamligi, tosh otadigan ,,Sangandoz’’ mashinasi va boshqa narsalar haqida yozgan. U feruza vat emir konlari, shuningdek, Toshkent viloyatida chuyan qo’yish haqida ham to’xtalib o’tgan. Toshkentda cho’yandan quyilgan qozonlar qo’shni va cho’llardagi viloyatlarga olib ketilgan. Toshkent shahri va uning viloyatlari aholisining feodal ekspluatasiyaga qarshi olib borgan ko’p asrlik kurashi ensiklopedist olim Mahmud Ibn Vali asarida o’z aksini topgan. Toshkent viloyatida turli xalqlar istiqomat qilishiga qaramasdan, Toshkent shahri va uning viloyatlaridagi aholining ma’lum qismi faqat eski o’zbek tilida so’zlashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar va manbalar.

1. 1,,Maktubot va Asnod’’, SSSR FA SHarqshunoslik institutining Leningrad bo’limi qo’lyozmasi, Inv.N0-A-210, 94-95-betlar. 2. 2 Juvonmardiyev A.XVI-XIX-asrlarda Farg’onada yer suv masalalariga doir. Toshkent, 1965; Nabiyev R.N. 3. 5-6Mir Muhammed Amin-I Buxori. Ubaydullo-noma. Toshkent,1957 4. 7 Muhammad Amin Buxoriy.O’sha asar, 163-bet. 5. 8Xo’ja Samandar Termizi. Dastur al-mulk, Faksimile, tarjimasi, so’zboshi, izohlar M.A.Salohiddinova, M.,1971.

Shaharning nomi haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent nomi haqidagi ma’lumotlar XI-asrga taalluqlidir. Toshkent toponimi Beruniy va Mahmud Qoshg’ariy asarlarida uchraydi. Qo’lyozma va manbalarda shaharning qadimgi nomi Shosh (Chosh, Choch) 10 ham deb atalgan.Zahriddin Muhammad Bobur o’z ,,…asarlarida Toshkent nomini Shosh, ba’zan Choch deb yozadilar’’11,-deb qayd qilingan. Bobur boshqa asarlarida o’sha vaqtlarda asosan shahar Toshkent deb atalib: ,,Toshkent va Shohruhiya, Shosh va Binokat nomi bilan ham yuritilgan’’12-deb yozgan. Fazulloh Ibn Ro’zbixon ham ,,Mehmonnoma Buxoro’’ tarixiy-adabiy asarida yuqoridagi fikrni aytgan. U: ,,Toshkent va unga qaram bo’lgan yerlar Shosh viloyati nomi bilan yuritiladi’’13-deb yozadi. 1546-yilgi vaqf hujjatida: ,,Shosh viloyati Toshkent nomi bilan ma’lum bo’lgan’’14,-deb yozilgan. XVII-asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan ensiklopedik olim Mahmud Ibn Vali: ,, Shosh shahri Sayhun daryosining narigi qirg’og’ida joylashgan va Turkistonga qaraydi…; shaharni Choch deb ham ataydilar. Shahar hozirda Toshkent nomi bilan ma’lum’’16,-deb yozadi. Toshkent shahri o’zining 2000-yillik tarixi davomida bir necha xil nom bilan, atalgan, xususan-Shosh, Choch, Binokat va nihoyat Toshkent.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar va manbalar

9 Muhammad Yusuf Munshi.Toshkent 1956.

11 Boburnoma, Toshkent 1958.

12 Boburnoma, 60-bet.

=== Shahar topografiyas ===

Toshkent shahrida XV-asrning oxiri-XVI-asrning boshlarida qator inshootlar barpo etilgan. Ular barchasi davlat muhofazasiga olingan. XV-asrning 50-yillarida masjid va unchalik katta bo’lmagan madrasa qurilgan. 1541-1542-yillarda me’mor usta G’ulom Husayn Qaffol Shoshiy maqbarasini tiklagan. Toshkentning shimoliy chekkalari Zax19 kanali suv bilan ta’minlangan. Shaharning shimoli g’arbida bo’lgan hozirda turar joy massivi bo’lmish Qoraqamish ham o’sha davr qo’l yozmalarida uchraydi. ,,Musaxxir al-bilod’’ning avtori Muhammad Yor bin Arab Qatag’oniy ko’rsatishicha, Qoraqamish Toshkent darvozasidan yarim farsax narida joylashgan. Shaharning shimoliy qismi- Chig’atoy mahallasidan uzoqroqda Xotin ko’prik degan nomad bo’lgan.XVI-asr oxirlarida shaharda qilingan hujumlardan so’ng darvozalardan biri ko’yib ketgan, shundan so’ng darvozalar yog’ochdan ishlangan.Boshqalarga ibrat bo’lishi uchun Toshkent darvozalari tepasiga hokim buyrug’iga binoan dushmanlarning kesilgan boshini osib qo’yishgan.

== Toshkent-hunarmandchilik, savdo va madaniyat markazi ==

Toshkent bu davrlarda ma’muriy boshqarish markazi bo’lgan, aholining talaygina qismini savdogar-hunarmandlar tashkil qilgan.Shahar va uning atrofida karvonsaroylar bo’lgan. Hunarmandlar tayyorlagan mahsulotlar faqatgina shahar aholisi o’rtasidagina emas, qo’shni o’rtoq aholi va dashtda yashovchi ko’chmanchilar o’rtasida ham sotilgan. Shaharda ko’plab savdo rastalari, bozorlar mavjud bo’lgan. Do’konlarning ko’pchiligi bir vaqtning o’zida ham do’kon, ham ustaxona hisoblangan.Korxonaga o’xshash ustaxonalarda mahsulotlar tayyorlanib ularni asosan boshqa joylarda sotishgan. Metall, zargarlik va sopol buyumlar, kiyim-kechak, qurollar do’konlarda sotilgan.Bozorlarda misgarlar, temirchilar, qandolatchilar, nonvoylar va boshqa hunarmandlarning rastasi bo’lgan. Hunarmandlar tayyorlagan mahsulotlarning ma’lum miqdori shaharliklar va qishloq aholisi ehtiyojlarini qondirsa, ba’zi bir mahsulotlar, ya’ni gazlama, poyafzallarning ba’zi turlari, qozon, idish-tovoqlar, qurollar uzoq mamlakatlarga va ayniqsa, ko’chmanchilar yashaydigan cho’lllarga borib sotilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba va havolalar

29 Mahmud Ibn Vali. Ko’rsatilgan asar, 56-bet.


XV-XVI-asrlarda Toshkentdagi siyosiy voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent ko’chmanchi o’zbeklarning xoni Abul Xayr (1428-1468-yillar) tomonidan bosib olingan.XV-asrning oxiriga kelib Yunusxon Toshkentni o’z davlatining poytaxti deb e’lon qiladi.XVI-asrning oxiri –XVII-asrning boshida Toshkentni qozoq sultonlari bosib oladi.Toshkent uchun og’ir damlar boshlanganda Toshkent va uning atrofida yashayotgan xalqlar birgalashib dushman hujumuni bartaraf etganlar37.Qozoqlar, qirg’izlar va qoraqalpoqlar toshkentliklarning dushman hujumini bartaraf etishida va g’alaba qozonishiga yordam berishgan. 1503-yil Toshkent Shayboniyxon tomonidan bosib olinadi va Jonibek Sultonga, Shohruhiya esa ,,Ulug’ amirlaridan biri’’ Qorachin devonning ukasi Yoqubga boshqarish uchun beriladi. Suyunxo’ja Toshkent qal’asini bosib oladi. Ark ichiga Muhammad Qosim Quxburda yashiringan edi.Suyunxo’ja ba’zi bir mudofachilarni jazolaydi.53Suyunxo’ja Shayboniylar dinastiyasi Toshkent shohobchasining asoschisi hisoblanadi.Uning avlodlari Abdullaxon II Toshkentni bosib olgunga qadar Toshkentning mustaqilligi uchun kurashib kelganlar.Suyunxo’ja Sulton hukmronlik (1509-1524-yillar) qilgan yillarda Toshkentning iqtisodiy va ma’daniy markaz sifatidagi roli birmuncha o’sadi. 1524-yilda Suyunxo’ja vafot etgandan so’ng Toshkent taxtiga uning o’g’li Sulton Mahmud o’tiradi.