Kontent qismiga oʻtish

Hoji Safo Joʻraboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hoji Safo Jo'raboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1873-yil
Buxoro viloyati, Vobkent qishlog'i
Vafoti 1937-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Kasbi
  • jamoat hodimi

Hoji Safo Joʻraboyev (1873-yilda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik jamoat hodimi.

Hayoti va mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hoji Safo Joʻraboyev Buxoro viloyatining Vobkent qishlogʻida oddiy kosib oilasida tugʻilgan. Eski usuldagi maktab va rus-tuzem maktabida oʻqigan. Keyinchalik esa 1904—1905-yillari Turkiyada ham tahsil olgan va oʻsha yillari haj sunnati safarini ado etishga ham muvaffaq boʻlgan. 1909-yildan boshlab „Jamiyati xayriya“ aʼzosi boʻlib ulgurgan.

1914-yilda Chor Rossiyasining maxfiy hizmati topshiriqlarini bajarmaganligi sababidan qamalgan va tezda ozod ham qilingan. Hoji Safo Joʻraboyev oʻzining halol kasbi chilangarlik bilan ham shugʻullanib borgan.

1917-yilgacha Odessa shahrida hajga boruvchilarga vositachilik (dallolik) qilish bila shugʻullangan. Hoji Safo Joʻraboyevning oʻz mehmonxonasi ham boʻlgan. 1914-1917-yillarda Odessadagi zavodda chilangar boʻlib ishlagan va shu yerda firqaga ham aʼzo bolgan. 1917-yildan boshlab esa „Shoʻroyi jamiyat“ aʼzosi deb ham hisoblangan. 1917—1918-yillari Turkiston Muxtoriyati ishlarida jonbozlik koʻrsata olgan.

U Turkiston jumhuriyatining milliy ishlar komisari lavozimida ish yuritgan vaqtlarida xalqni inqilob bilan tabriklagan holda „Ishtrokium“ gazetasida „Mehnatkash birodarlarimizg‘a“ deb booshlagan xatini koʻrishimiz ham mumkin. U bunda mamlakatda xuriyat va ozodlik hukm sura boshlab bechora mehnatkashlar va dehqonlar saodatga yuzlashganidan bag'oyatda mamnun bo'lib o'z fikrlarini to'lib-toshgan holda xalqni qutlash bilan ifoda etadi hamda xatning soʻngi qismini:

„Yashasun butun dunyo inqilobi!“,

soʻzlarini qo'shib tamomlaydi[1].

1918-yildan Turkiston ASSR Milliy ishlar xalq komissari hamda 1919-yildan esa Fargʻona inqilobiy qoʻmitasi raisi etib tayinlangan. Hoji Safo Turkiston Sovetlarining ikkinchi syezdida ruslarga ochiqchasiga qarshi chiqib,

„Jomadoningizni koʻtaring-da, Turkistonni boʻshatib qoʻyinglar“,

degan.

Keyin turli sovet va xoʻjalik ishlarida ishlagan. 1929-yilda shaxsiy nafaqaga chiqib, Moskvada istiqomat qilgan. Ushbu holat NKVD hodimlari tomonidan maxfiy tashkilot sifatida baholangan. 1937-yili 13-sentabrda Hoji Safo Joʻraboyev qamoqqa olingan. 1937-yil 5-noyabrda NKVD Uchligi tomonidan oʻn yilga MTL surgun qilingan[2].

Taqdiri nomaʼlum.

  1. „Hoji Safo Jo'raboyev“. jadidlar.uz. Qaraldi: 9-may 2024-yil.
  2. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635-bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.